О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə102/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

10-MAVZU:

MUSTAQILLIK YILLARIDA QUROLLI KUCHLAR, ICHKI ISHLAR VA DAVLAT XAVFSIZLIK,
FAVQULOTDA VAZIYATLAR XIZMATLARI TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR.



Reja:

  1. O„zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari tizimida amalga oshirilgan islohotlar.

  2. Xalq manfaatlariga xizmat qilish O„zbekiston Respublikasi Ichki ishlar tizimi xodimlarining bosh maqsadi.

  3. Davlat xavfsizlik xizmati va favqulotda vaziyatlar tizimidagi islohotlar.



Tayanch tushunchalar: Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vatan himoyachilari kuni, Ichki ishlar vazirligi, Qurolli kuchlar, Mudofaa Doktrinasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik kengashi, Milliy gvardiya, Diniy ekstremizm, Fundamentalizm, Ijtimoiy barqarorlik.

О‗zbekiston davlat mustaqilligini qо‗lga kiritgach, eng muhim dolzarb masalalardan biri davlat suverenetetining kafili bо‗lgan qurolli kuchlar, mudofaa, ichki ishlar va boshqa harbiy tuzilmalarni qayta tashkil etish va mazmunan sifat bosqichiga olib chiqish bо‗lgan edi. Chunki soha uchun kadrlar masalasi juda nochor ahvolda edi. Buni masalan, 1990-yilda mahalliy ofitserlar yurtimizdagi harbiy kadrlarning atigi 0,6 foizni tashkil etgani ham tasdiqlab turibdi.


O‗zbekiston Prezidentining 1990-yil 4-sentabrdagi Farmoniga binoan 1990- yil kuzgi chaqiriqdan boshlab o‗zbekistonlik yigitlarni O‗zbekistondan tashqarida joylashgan harbiy qurilish qismlariga chaqirish to‗xtatildi.
1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskva shahrida ro‗y bergan davlat to‗ntarishiga urinish (GKCHP) sharoitida O‗zbekiston o‗zi tanlagan mustaqillik yo‗lini mustahkamlash, notinch siyosiy o‗yinlar boshlangan bir paytda mamlakat hududiy yaxlitligi, aholi tinchligi va osoyishtaligini qurolli himoya qilish yo‗lida yangi qadamlar tashladi. O‗zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi Farmoni asosida O‗zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi komitetining respublika tasarrufiga o‗tishi, SSSR Ichki ishlar vazirligining yurtimizdagi qo‗shinlari respublika Prezidentiga bo‗ysundirilishi, huquq-tartibot organlarida, Ichki ishlar vazirligining hamda Turkiston harbiy okrugining O‗zbekistonda joylashgan qo‗shinlarida partiya tashkilotlarining tugatilishi ana shunday birinchi qadamlardan bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qo‗mondoni etib tayinlandi. Shu yili Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.
O‗zbekiston Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qaroriga binoan, sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining respublika hududida joylashgan qismlari, qo‗shilmalari, birlashmalari, harbiy o‗quv yurtlari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa harbiy tuzilmalari qonuniy asosda O‗zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Mazkur qaror qabul qilingan kun 14-yanvar O‗zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi Qonuniga muvofiq, ―Vatan himoyachilari kuni‖ deb e‘lon qilindi.
1992-yilda Respublika Milliy Xavfsizlik xizmati qoshida Chegara qo‗shinlari boshqarmasi tashkil etildi. Ushbu yilda shuningdek, O‗zbekiston hududida joylashgan havo desanti qo‗shinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qo‗shinlari, ta‘minot qismlari hamda havo hujumiga qarshi harbiy qismlar, kimyoviy harbiy qismlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. Mudofaa vazirligi tasarrufida quruqlikdagi qo‗shinlar, harbiy havo hujumidan mudofaa qo‗shinlari, harbiy havo kuchlari, maxsus va muhandislik quruvchilik qo‗shinlari, Milliy gvardiya tashkil etildi. Ayni vaqtda har bir qo‗shin turining aniq vazifalari belgilandi.
O‗zbekiston Qurolli Kuchlari faoliyatining huquqiy negizini yaratish maqsadida 1992-yil 3-iyulda ―Mudofaa to‗g‗risida‖gi, ―Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‗g‗risida‖gi, ―Muqobil xizmat to‗g‗risida‖gi qonunlar qabul qilindi.
Konstitutsiyamizning XXVI-bobi Mudofaa va xavfsizlik deb nomlanib, uning 125-moddasida: ―O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‗zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi, deb belgilanishi davlat Qurolli Kuchlarining asl maqsad va vazifalarini dunyo hamjamiyati oldida yana bir bor namoyon etdi. Konstitutsiyamizning 52-moddasida ―O‗zbekiston Respublikasini himoya qilish O‗zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir‖ deb mustahkamlab qo‗yildi.
Shu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri tugadi. Endi asosiy e‘tibor O‗zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini sifat jihatdan mustahkamlash va kadrlar tayyorlash tizimini yо‗lga qо‗yishga qaratildi. 1993-yilda Toshkent elektrotexnika va aloqa institutining maxsus fakulteti, 1994- yilda Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, 1995-yilda O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi ochildi. 2000-2001-yillarda Markaziy va Toshkent harbiy okruglarida, Sharqiy va Janubi-g‗arbiy maxsus harbiy okruglarida, 2007- yilda Shimoli-g‗arbiy harbiy okrugida serjantlar tayyorlash maktablari tashkil etildi. Bu maktablarda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, chegara qo‗shinlari uchun mutaxassislar tayyorlash yo‗lga qo‗yildi, zamonaviy uslublar asosida modellashtirish jarayonlarini o‗z ichiga olgan yangi ta‘lim usullari joriy etildi.
Sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida 2017-yil 24- yanvarda ―O‗zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi to‗g‗risida‖gi Prezident Qarori (PQ-2738) qabul qilindi.
Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha qo‗shin turlarining tuzilma va vazifalari qayta ko‗rib chiqildi. Armiya va xalq birligini ta‘minlash maqsadida, barcha hududlarda harbiy-ma‘muriy sektorlar tashkil etildi. 2018-yil 9-yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‗g‗risida‖gi qonun globallashuv sharoitida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar kengayib borayotgan vaziyatda geosiyosiy qarama-qarshilik, kuch ishlatish, shu jumladan, ommaviy qirg‗in qurolini qo‗llash ehtimoli oshganligi, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makonida o‗zaro kurash kuchayganligiga qarshi munosib tura olish masalalarini kafolatlaydi.
2016-2019-yillar davomida mamlakatimizdagi qator harbiy shaharchalar zamonaviy qiyofaga ega bo‗ldi. 8 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar oilalarini qulay va shinam kvartiralar bilan ta‘minlash uchun 275 ta ko‗p qavatli uy-joy barpo etildi. Harbiy xizmatchilarning ayollari uchun qariyb 600 ta yangi ish o‗rinlari yaratildi. 1 ming 900 nafar harbiy pensioner ishga joylashtirildi.
Amalga oshirilgan bu ishlar Qurolli Kuchlarni har tomonlama takomillashtirdi, unga jangovarlik baxsh etdi, shaxsiy tarkibni jipslashtirdi, harbiy xizmatchilarning mavjud harbiy-siyosiy vaziyatda mas‘ul vazifalarni bajarishga qodirligini oshirdi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a‘zolari ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirdi, kadrlar tayyorlash tizimini jahon andozalari darajasiga ko‗tardi, armiyani mamlakatda hamda mintaqada tinchlik va barqarorlik kafolatiga aylantirdi.
1980-yillarning oxiri - 90-yillar boshlarida ichki va tashqi xavfsizlikni ta‘min- lash tizimining parchalanishi natijasida jamiyatda huquqiy bo‗shliq vujudga kelgani, millatlar va dinlararo, hududiy va turli guruhlar, urug‗-aymoqlar o‗rtasidagi ziddiyatlarning avj olib ketishi xavfi, radikal kayfiyatlarning, ayniqsa, yoshlar o‗rtasida kuchayishi g‗oyat jiddiy xatarga aylangan edi. Tub ildizlari markazga borib taqaladigan ichki va tashqi mojarolardan mamlakatimizni asrab qolish talabi o‗ta keskin bo‗lib turar edi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ichki ishlar idoralari mamlakat bo‗ylab turli nizolar bo‗lmasligi uchun barcha choralarni ko‗rdi. Hamdo‗stlikka kirgan mustaqil davlatlardan birinchi bo‗lib Rossiya, Belarus va Qozog‗istonda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning tezlashtirib yuborilgani, to‗g‗rirog‗i, bu ishni har tomonlama uyg‗unlashtirib olib bormay, narx-navolar ko‗tarilgani xalqning mashaqqatli turmushini yanada og‗irlashtirdi. Nisbatan arzonroq bahoda tovar xarid qilish maqsadida O‗zbekistonga boshqa respublikalardan kelayotgan kishilar soni haddan ziyod ko‗payib ketdi. Bu respublikaning ta‘minot balansini izdan chiqardi. Bozor qimmatlashib, narx qisqa davr ichida 3-4 baravar oshib ketdi. Eng zarur mahsulotlar do‗konlar peshtaxtalarida ko‗rinmay qoldi.
Bu vaqtda O‗zbekistonda hufyona iqtisodiyotda savdo mafiyasi boshliqlarining, moddiy va moliya resurslarini taqsimlash tarmog‗idagi nahanglarning, yashirin jinoiy guruh yetakchilarining ―nufuzi‖ juda baland edi. Bu kuchlar birlashib, har lahzada har qanday jarayonga ta‘sir o‗tkazishi mumkin edi. Respublikada huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning qonuniy asoslari to‗liq shakllanmagan edi. Masalan: ―Bojxona‖, ―Chegara qo‗shinlari‖, ―Prokuratura‖,
―Mudofaa‖, ―Sud‖, ―Milliy xavfsizlik‖, ―Milliy gvardiya‖ to‗g‗risidagi hujjatlar qabul qilinmagan edi. Shu sababli respublika chegaralarini mustahkamlash va uni qo‗riqlash ichki ishlar idoralariga topshirildi.
Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi ayovsiz kurash natijasida, 1993-yilda O‗zbekistonda oxirgi yillar ichida birinchi marta jinoyatchilikning o‗sishini to‗xtatish va hatto uning umumiy sonini kamaytirishga erishildi. Ichki ishlar tizimidagi xodimlarning fidokorona mehnatlari tufayli mamlakatimizda yildan yilga tartib-intizom, fuqarolarning tinch-osuda yashashlari va eng muhimi ijtimoiy- siyosiy barqarorlik ta‘minlandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi asosida tizimni tubdan takomillashtirish, ichki ishlar organlarini aholiga o‗z vaqtida va sifatli yordam ko‗rsatadigan, har bir xodim tomonidan
―Xalq manfaatlariga xizmat qilish‖ni o‗z xizmat burchi deb biladigan ijtimoiy yo‗naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga qaratilgan keng ko‗lamli islohotlar davri boshlandi. 2016-yil 16-sentabrda mustaqil O‗zbekistonning 25 yillik tarixida ilk bor ―Ichki ishlar organlari to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilinib, unda ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, faoliyatining yo‗nalish va tamoyillari belgilab berildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli farmonida keyingi yillarda ichki ishlar organlari faoliyatida to‗planib qolgan jiddiy kamchilik va muammolar tahlil qilinishi barobarida, ularni bartaraf etish, ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning eng muhim yo‗nalishlari hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor ichki ishlar organlari rahbarlarining parlament, deputatlar va keng jamoatchilik oldida o‗z vazifalarining bajarilishi yuzasidan hisobot berish tartibi belgilab berildi. Farmon bilan ―Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturi‖ ham tasdiqlandi.
Qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta‘minlash maqsadida qisqa davr ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. Bunda, eng avvalo, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga faqatgina ichki ishlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi deb emas, balki barcha davlat organlari va aholi qatlamlarining vazifasi, ya‘ni umumdavlat va umumxalq ishi sifatida qarash, bu borada barcha davlat va nodavlat tashkilotlari va keng jamoatchilikning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish, aholining barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday ko‗rinishiga murosasizlik muhitini yaratish yo‗li bilan huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinishini ta‘minlashga e‘tibor qaratildi.
Jazoni o‗tayotgan shaxslarning haq-huquqlarini ta‘minlash borasidan ham ulkan ishlar qilindi. Bu borada ularning jazo o‗tash sharoitlari yaxshilandi. Zamonga mos kelmaydigan eski koloniyalar o‗rniga mahkumlar mehnat qilishlari uchun erkin iqtisod talablariga to‗la javob beradigan ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi, jamoatchilik o‗rtasida salbiy nom qozongan ―Jasliq‖ koloniyasi tugatildi. Ilg‗or xorijiy tajribalarga mos ravishda, shuningdek, Konstitutsiyamiz talablari
asosida mahkumlarga parlament va joylardagi xalq deputatlarini saylash imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, mahkumlarga qarindoshlari bilan qo‗shimcha uchrashuvlar va telefon so‗zlashuvlarini amalga oshirish, ularning ijtimoiy sug‗urta va pensiya ta‘minotini olish kabi huquqlari doirasi kengaytirildi. 2019-yilga kelib nomigagina faoliyat ko‗rsatayotgan ―Mahalla posboni‖ lavozimi tugatilib, uning o‗rniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‗yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi.
Bugungi kunda IIV tasarrufidagi o‗quv muassasalari (O‗zR IIV Akademiyasi, O‗zR IIV Akademik litseylari, O‗zR IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati, O‗zR IIV ―Temurbeklar maktabi‖ harbiy-akademik litsey) sohani professional kadrlar bilan ta‘minlashda katta o‗rin tutadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida yuz bergan o‗zgarish va yangilanishlarda, yuksalishlarda ichki ishlar xodimlarining ham o‗ziga xos o‗rni va xissasi bor, albatta. Ichki ishlar idoralari huquq-tartibot xizmatlari bilan hamkorlikda el-yurt osoyishtaligi, bunyodkorlik mehnati, xaq- huquqi himoyasini mustahkam ta‘minlab kelmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi mamlakat milliy xavfsizligini ta‘minlash borasida davlat siyosatini amalga oshira borar ekan, mazkur sohaning eng ishonchli posboni bo‗lgan idora tashkil etilishi zarurligini anglar edi. 1991-yilning 26-sentabrida sobiq Ittifoq Davlat xavfsizlik qo‗mitasining O‗zbekistondagi idorasi negizida O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi davlat tuzumini himoya qilish, razvedka va kontrrazvedka faoliyati deb belgilandi. Xavfsizlik boshqarmasi zimmasiga iqtisodiy vazifalar ham yuklatildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 24-martdagi Farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufida Chegara qo‗shinlari boshqarmasi tashkil etildi. 1993-yil 26-aprelda davlat chegaralarini mustahkamlash, qo‗shinlarni boshqarishni mukammallashtirish va ularning xavfsizligini oshirish maqsadida Boshqarma O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‗shinlari Bosh boshqarmasiga aylantirildi va uning zimmasiga davlat chegarasini himoya qilish va qо‗riqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini
ta‘minlash vazifasi yuklandi.
Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash bо‗yicha Respublika markazi 1992-yili tashkil etilib, u 1996-yilgacha faoliyat kо‗rsatgan. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 1995-yil 16-avgust kuni Favqulodda Vaziyatlar Vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilindi va 1996-yilning 4-martida "O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etildi.
1995-yilning may oyida davlat va jamiyat xavfsizligini ta‘minlash, mamlakat milliy xavfsizlik strategiyasini shakllantirish va uni izchil hayotga tatbiq etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy xavfsizlik kengashi tuzildi.
1992-2010-yillar O‗zbekiston uchun xavfsizlik borasida murakkab yillar bo‗ldi. Bu davrda dniy-ekstremistik tashkilotlar va jinoiy guruhlarning rahbarlari
asosiy e‘tiborlarini О‗zbekistonga qaratishgan edi. Ularning maqsadi О‗zbekistondagi siyosiy va ijtimoiy vaziyatni keskinlashtirish, yurtimizni terroristik-ekstremistik guruhlarning makoniga aylantirish edi. 1992-1997-yillarda Tojikistondagi fuqarolar urushi, 1996-2002-yillarda Afg‗onistondagi siyosiy jarayonlar, 1999-yil 16-fevralda Toshkent shahridagi terroristik harakatlar, shu yilning avgust oyida Qirg‗iziston va Tojikiston bilan tutashgan janubi-sharqiy chegaralarimizdagi notinch vaziyat, 2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani tog‗li hududlariga Tojikiston orqali jangarilar guruhi kirib kelishi, 2004-yilning 29-30-mart va 1-aprel kunlari Buxoro viloyati va Toshkent shahrida portlashlar va 2005-yilning may oyida Andijon shahrida terroristik va diniy-ekstremistik kuchlar o‗zlarining navbatdagi jinoyatkorona xatti- harakatlarini amalga oshirgan paytida mamlakatimiz milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar maxsus bо‗linmalari yana bir bor sinovdan о‗tdi.
2018-yil 10-yanvarda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining ilk bor kengaytirilgan, ochiq, videokonferensiya shaklidagi yig‗ilishi bo‗lib o‗tdi. Unda O‗zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar holatga shayligi ilgarigi 5 kundan bugungi kunda 3 soatga yetkazilganligi ta‘kidlandi.
Respublika hukumati mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta‘minlash masalasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va barqarorlikning holati bilan bevosita bog‗liq ekanini yaxshi anglar edi.
2018-yil 14-martda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi (PF-5379), 2018-yil 5-aprelda ―O‗zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilinib, ushbu sana ―Davlat xavfsizligi kuni‖ etib belgilandi. Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb qayta nomlandi.
O‗zbekiston o‗z tashqi siyosatida doimo milliy manfaatlar ustuvorligi mezonlariga asoslangan holda, ―ochiq qo‗l‖ siyosatini yurgizib kelmoqda. Mamlakat o‗z milliy xavfsizlik strategiyasini izchillik bilan amalga oshirar ekan, O‗zbekiston hukumati sobitqadamlik bilan bunyodkorlik yo‗lidan bormoqda. Qurolli Kuchlarning, Milliy xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlarining, binobarin, mamlakat xavfsizligini ta‘minlashga mas‘ul barcha idora va jamoat tashkilotlarining istiqlolimizning bardavomligini ta‘minlash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, chegaralarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini saqlash, davlat qurilishi tizimini mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi mavqelari kundan-kun ortib bormoqda.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin