Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja



Yüklə 154,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü154,33 Kb.
#166282
  1   2
Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari



Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda 
matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja 
Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda 
matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja: 
1. To’la jamlanmagan maktablar haqida.
2. To’la jamlanmagan maktabda o’quv ishini tashkil etishning xususiyatlari.
3. To’la jamlanmagan maktabda dars o‘tishning taxminiy rejasi.
1. To’la jamlanmagan maktablar haqida
Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik va uzoq aholi 
yashaydigan punktlar mavjud bo‘lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam 
bo‘lgan 7 yoshli bolalar bo‘lganda To’la jamlanmagan maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki, 
unda bir o’qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha 
o’quvchi bo‘lishi mumkin. Bir o’qituvchi hamma (I–IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab 
bir komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o’qituvchi, uchta (ba’zan to‘rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab 
deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu 


variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2 - sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda 
birinchi sinf bilan uchinchi sinf o’qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir 
komplektga birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi.
2. To’la jamlanmagan maktablarda ishlash o’qituvchi va o’quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar 
va to‘siqlar bilan bog‘liq:
1. O’qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o‘tishi kerak. 
To’la jamlanmagan maktablarda darslar bo‘yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan 
ishlashdagiga qaraganda ko‘p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta 
reja ustida ishlash qiyingina bo‘lmay, balki bularni o‘zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab 
qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan 
ham qiyindir. Bularning hammasi o’qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal 
darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi.
2. O’quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin.
3. O’qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug‘ullanishga, darsning 
qolgan vaqtida o’quvchilar mustaqil ishlashiga to‘g‘ri keladi.
4. O’quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o’qituvchidan yordam olish niyatidan 
mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o’qituvchi boshqa sinf bilan band bo‘ladi.
5. Bir sinf o’quvchilari, ayni vaqtda o’qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o’quvchilarining 
xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak.


Shunga qaramay to’la jamlanmagan maktab o’quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud.
1.Sinf o’quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2–3 ta o’quvchi). Bu o’qituvchiga tez-tez so‘rab turish, 
o’quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. To’la jamlanmagan maktablarda o’quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u budaftarlar 
orqali o’quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi.
3.To’la jamlanmagan maktablar maktab xususiyatiga ko‘ra o’quvchi darsning taxminan 1/3 qismida 
mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Buning o’quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati 
ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklarni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.
4. Yuqori sinf o’quvchilari quyi sinf o’quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni 
bir sinfxonasida birga bo‘lishadi.
3. Darslarni rejalashtirish ham to’la jamlanmagan maktablarada ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi 
omillardan biridir. Bu rejalashtirish esa har xil ishlarni bir necha sinf bir vaqtda bajarishni 
ta’minlashdan iborat.
Dars jadvali tuzish to‘g‘risidagi keng tavsiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunga binoan 1-yarim 
yillikda har kuni oldingi 1–2 dars faqat 1-sinf bilan o‘tkaziladi. Bunga kundalik darslar sonini 6 taga 
yetkazish yo‘li bilan erishib bo‘ladi. Buning uchun darslar vaqtini 30 minutgacha qisqartirish kerak 
bo‘ladi.
Masalan, bir komplektli maktablarda dushanba kuni uchun dars jadvali quyidagicha. Demak, 1- 
sinflar ikki darsni oldin o’qiydi va ikki dars oldin tugatadi.


O’qituvchi uchun eng og‘ir soatlar 3 chi va 4 chi soatlardir.
O‘z komplektli maktablarda o’quv ishini rejalashtirish tegishli metodik qo‘llanmalar orqali 
o’qituvchilarga yetkazilmoqda.
Uch sinfda bir vaqtda o‘tkaziladigan bir predmetli (matematika) darsining taxminiy rejasini 
keltiramiz: 1-sinfda «sondan yig‘indini ayirish» (mustahkamlash); 2- sinfda «21 dan 100 gacha 
bo‘lgan sonlarni og‘zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish), 3- sinfda «1000 ichida og‘zaki 
raqamlash» (ya’ni tushuncha berish). (L.Sh. Levenberg va boshqalar. «Boshlang‘ich sinflarda 
matematika o’qitish metodikasi»).
Dars 
bosqichlari
vaqti
Ishni sinflar bo‘yicha tashkil qilish
I sinf
II sinf
III sinf
1.
10 
min
Mustaqil. 
Sondan 
yig‘indini 
Mustaqil.20 
gacha 
bo‘lgan son-
O’qituvchi 
boshchiligida 
yangi mavzu 


ayi-rishga 
doir misollar
larni yozib, 
ular ustida 
qo‘shish 
misollari.
bilan 
tanishtirish, 
mustahkamlash. 
Mustaqil 
beriladigan 
topshiriqni 
tushuntirish.
2.
15 
min
Mustaqil. 
Darslikdan 
misol 
masalalar 
berish.
O’qituvchi 
boshchiligida 
mustaqil 
ishni 
tekshirish. 
Yangi 
mavzuni 
tushuntirish. 
Mustaqil 
ishga 
Mustaqil. 
Darslikdan misol 
masalalar 
yechish.


ko‘rsatma. 
Uyga vazifa
3.
15 
min
O’qituvchi 
boshchiligida.
Mustaqil 
ishni 
tekshirish va 
og‘zaki 
mashq 
bajarish. 
«Jim» o‘yini, 
uyga vazifa 
berish.
Mustaqil. 
Darslikdan 
misol-
masalalar 
ko‘rsatiladi.
Mustaqil.Oldingi 
topshiriqlar 
davom 
yetkaziladi.
4.

min
Mustaqil. 
Darslikdan 
misol - 
Mustaqil.
Oldingi 
topshiriqlar 
O’qituvchi 
boshchiligida 
mustaqil ishlar 


masalalar 
ko‘rsatiladi.
davom 
yetkaziladi
tek-shiriladi. 
Uyga vazifa 
beriladi
Hamma narsadan oldin to’la jamlanmaganmaktablarda sinf doskasi o‘lchamini kattalashtirish kerak. 
Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan bir necha topshiriq 
materiallari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar 
umumiy maktabdagiga qaraganda to‘laroq bayon qilinadi. Chunki, o’quvchilar ulardan 
o’qituvchining tushuntirishlarisiz foydalanishlari kerak. To’la jamlanmaganmaktablar ish tajribasida 
bu maqsadlarda qo‘shimcha yengil ko‘chma, osma (yoki tagliklarga o‘rnatilgan) doskalar, 
uzaytirilgan sinf doskalaridan (tortib turiladigan pardalar bilan taminlangan), olib qo‘yiladigan 
(ochiladigan qopqoqli) maxsus doskalardan foydalaniladi.
To’la jamlanmaganmaktabda o’quvchilarni o’qitishda har xil jadvallar ham muhim rol o‘ynaydi. 
Bunda asosan umumiy ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan jadvallarning (spravochnik, instruktiv, 
o‘rgatuvchi jadvallarning) o‘zidan foydalanish mumkin.
To’la jamlanmaganmaktablar uchun ma’lumotlari o‘zgartiriladigan jadvallarning ahamiyati ayniqsa 
katta. Masalan, sodda masalalarning (murakkab masalalarning) qisqa yozuvlari namunalarini o‘z 


ichiga oladigan jadvallarni cho‘ntakli qilib tayyorlash maqsadga muvofiq, bu cho‘ntaklar son 
ma’lumotlarni unga teskari masala bilan almashtirish natijasida maqsadni amalga oshirish imkonini 
beradi.
To’la jamlanmaganmaktabda algoritmik jadvallarga, ya’ni algoritmik qoidalarni o‘z ichiga olgan 
jadvallarga katta o‘rin berish kerak.
Тarqatma-didaktik materiallardan foydalanish ham mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishga 
imkon beradi. Ko‘pchilik hollarda bular topshiriqli kartochkalardan iborat bo‘ladi.
O’qituvchi ikkita yoki uchta sinf bilan mashg‘ulot olib boradigan maktab bir komplektli maktab deb 
ataladi. Ikkita o’qituvchi uchta yoki to‘rtta sinf bilan mashg‘ulot olib boriladigan maktab ikki 
komplektli maktab deb ataladi.
Kam komplektli maktablar barcha maktablar uchun belgilangan dasturlar bo‘yicha ishlaydigan va 
asosan boshqa maktablarga o‘xshash usullardan foydalanadilar, lekin bu yerda darsning tashkil 
etilishida muhim farqlar bor. Kam komplektli maktabda bolalarni o’qitish va tarbiyalash 
o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi.
Ikkita sinf bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni rejalashtirishda o’qituvchi quyidagi masalalarni hal 
etishi kerak:
1) O’qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan mashg‘ulot vaqtini qanday taqsimlash kerak;
2) O’quvchilarning mustaqil shug‘ullanishlarini qanday tashkil etish kerak;
3) mustaqil ishlarni qachon va qanday tekshirish kerak;


4) bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishni qanday amalga oshirish kerak.
Bu masalalarni hal etish uchun o’qituvchi dars jadvalida matematika darsining o‘rnini, darsning 
turini belgilab olishi, darsning minutlar bo‘yicha taqsimlangan puxta va aniq rejasini tuzib olishi 
lozim.
Dars jadvalida matematika odatda birinchi yoki ikkinchi soatga qo‘yiladi. Matematika darsini 
boshqa sinfdagi xuddi shu dars bilan birgalikda bo‘lishi eng maqbuldir.
To’la jamlanmaganmaktablarda darsning mazmuni va turiga qarab mashg‘ulotlarni birgalikda olib 
borishning ushbu to‘rt turi farq qilinadi: 
1) barcha sinflarda yangi material o‘rganiladi;
2) bir sinfda yangi material o‘rganiladi, ikkinchi sinfda esa mashqlar bajariladi;
3) ikkala sinfda malakalarni mustahkamlash va rivojlantirish darsi o‘tkaziladi;
4) ikkala sinfda amaliy ishlar yoki ekskursiya o‘tkaziladi.
1–3 sinflarda darsni tashkil qilish turlaridan birini ko‘rib chiqamiz, u ikkinchi yarim yillik uchun, 
birinchi sinf bolalari mustaqil ishlash malakasiga ega bo‘lganlaridan so‘ng tavsiya qilinadi.
Darsning bunday tuzilishi ushbu turga mos keladi:
Bir sinfda yangi materialni tushuntirib, qolgan ikki sinfda o‘rganilgan materialni mustahkamlash.
Uchta sinf bir vaqtda shug‘ullanganida hamma sinflarda yangi materialni bir vaqtda o‘rganishdan 


qochish kerak.
Bir necha sinflar bir vaqtda shug‘ullanganida o’quvchilar-ning mustaqil ishlari alohida o‘rin tutadi.
Darsda mustaqil ishlashning mazmuni quyidagicha:
– darsda yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, oldin o‘tilgan materialni darslik yoki 
boshqa manba bo‘yicha mustaqil takrorlash;
– darsda o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun mashqlar;
– olingan bilimlarni amaliy qo‘llaniladigan turli xildagi mashqlar.
Mustaqil ishni to‘g‘ri tashkil etishda o’quv topshiriqlarining mufassal ishlanmalarini eslatmalar 
yordamida beradi.
Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o’qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab 
tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo‘ladi. Masalan, 
“Sen ham shunday qil” o‘yini.
Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz O’quvchilarning 
materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon 
yaratadi.

Yüklə 154,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin