O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
constitution oz

27-modda. 
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. 
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, 
qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas. 
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l 
qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas. 
Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari 
tushuntirilishi shart. 
28-modda. 
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda 
oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi 
bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha 
imkoniyatlar ta’minlanadi. 
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, 
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi 
kerak. 
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas 
va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin. 
Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. 
Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb 
topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. 
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda 
inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. 
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari 
huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas. 
29-modda. 
Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan 
hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi. 
Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning 
harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat 
yordamidan foydalanish huquqiga ega. 
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari 
to‘g‘risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning 
so‘roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega. 
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori 
turuvchi sud tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni 
yengillashtirish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega. 
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat 
jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan 
zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin