Mavzu: Kostitutsiya huquqlarimiz poydevori



Yüklə 18,46 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü18,46 Kb.
#193969
4.labaratoriya loyihalashdannnnnn


4---- Labaratoriya ishlanmasi

Sinf_ Sana­_

Mavzu: Kostitutsiya huquqlarimiz poydevori.
Dars maqsadi:O’quvchilarga mavzu bo’yicha tushuncha berish.

Ta’limiy maqsad:O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiya qabul qilinish jarayoni haqida haqida malumot berish.


Tarbiyaviy maqsad:Mavzu bilan birgalikdaKonstitutsiya belgilangan normalar ,,moddalarni o’rganish.
Rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarda Konstitutsiyada belgilangan huquq-erkinliklarini tushuntirish.
Darsning jihozlari: Darslik , : darslik, proektor, komputer bilan jihozlangan auditoriya.
DARSDA QO’LLANILADIGAN METOD:BBB, Yo’nalish berish , Interfaol savol- javob tarzida.
DARSNING BORISHI: ( darsga ajratilgan vaqt 45 minut)
Tashkiliy qism: (3 minut)

  1. Sinfni darsga tayyorlash.

  2. O’quvchilarni davomatini tekshirish.

c)Ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash.
UYGA VAZIFALARNI SO’RASH VA TEKSHIRISH: ( 12MINUT)

  1. O’bekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilishda qanday hujjatlar , xalqaro hujjatlardan foydalangan

  2. Konstitutsiya tuzib chiqish qancha muddatda bo’lgani haqida sozlang.

  3. Huquq va erkinliklar tog’risida malumot bering.

Yangi mavzuni bayoni (20 minut) .


Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy totuvlikni ta’minlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subyektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi.
„Mustaqillik Deklaratsiyasi“ qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990- yil 20- iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991- yil 12- aprelda bo‘lgan yig‘ilishida komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991- yil 31- avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va „O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Òemur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi. Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo‘lgan XI sessiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. „Shuni alohida ta’kidlashimizkerakki, — degan edi Prezident I. A. Karimov sessiyada so‘zlagan nutqida, — yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Òashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Òurkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi“. (I. A. Karimov. Asarlar, t.1, 127- bet.) Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8- dekabr umumxalq bayrami — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin. 8- Dekabr dam olish kuni hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarordan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U „Mustaqillik Deklaratsiyasi“, „O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi.
Hur O‘zbekistonimizning tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish — jumhuriyatimizning yangidan tug‘ilishidir, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Qabul qilingan Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar. Islom Karimov.

Darsni yakunlash (3 minut)


O’tilgan mavzu yuzasudan o’quvchilar bilim, malaka ko’nikmalariga (DTS asosida) qarab baholash.Dars jarayonida o’z fikrlarini erkin aytaolgan va yaxshi qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
Uyga vazifa berish.

  1. Konstitutsiya kitobni o’qib o’rganish .

  2. Konstitutsiyaga oxirgi kiritilgan o’zgarishlarni izlab toppish , o’qish

c)’’Konstitutsiya ---asosiy qomusimiz ‘’ mavzusida esse yozish
Yüklə 18,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin