O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
constitution oz

XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari 
69-modda. 
Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat 
notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari 
fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi. 
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi. 
70-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, 
xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy 
uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari 
sifatida e’tirof etiladi. 
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish 
faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.
71-modda. 
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, 
O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, 
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquqlari va erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy 
partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga 
ko‘ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati 
taqiqlanadi. 
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi. 
72-modda. 
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya 
etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar 
yaratadi. 
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga 
aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar 
faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
73-modda. 
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda 
etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir. 
74-modda. 
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va 
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda 
ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida O‘zbekiston 


Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan 
tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar. 
75-modda. 
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy 
tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi. 
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining 
erkinligini kafolatlaydi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin