O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
constitution oz

50-modda. 
Har kim ta’lim olish huquqiga ega. 
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim 
tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. 
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. 
Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir. 
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim 
va tarbiya ta’minlanadi. 


51-modda. 
Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga 
haqli. 
Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish
tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega. 
52-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, 
sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy 
salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. 
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va 
moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. 
53-modda. 
Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish 
huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. 
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi. 
X bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari 
54-modda. 
Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir. 
Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlaydi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin