O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
constitution oz

IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar 
41-modda. 
Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. 
Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros 
huquqi qonun bilan kafolatlanadi. 
42-modda. 
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena 
talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday 
kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan 
tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish 
huquqiga ega. 
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini 
ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi. 
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan 
bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 
43-modda. 
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek 
kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. 
Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda 
rag‘batlantiradi. 
44-modda. 
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan 
boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. 
Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy 
rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday 
shakllari taqiqlanadi. 
45-modda. 


Har kim dam olish huquqiga ega. 
Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va 
ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali 
ta’minlanadi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin