15
a) b) d)
4-rasm.
Arra turlari: a – burcharra; b – g‘o‘labo‘rarra; d – dastarra.
Qo‘larralarning burcharra, burama yoyarra deb
ataladigan turlari mavjud
Burcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash
ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun
kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa
tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi.
Moslamaga o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2
ta quloq,
2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat.
Bu arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir
orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash
kerak. Burcharralar kashakliarra, yoyarra deb ham ataladi.
Burama yoyarralar taqasimon tutqichga mahkamlanadi. Ular
yupqa, ensiz va kaltaarra tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib,
faner, yupqa taxta va boshqa materiallardan shakldor buyumlar yasash
uchun ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6–1,25
mm
eni
2–10
mm
, uzunligi 200–350
mm
gacha bo‘ladi. Burilma arralar lobzik
yoki qilarra deb ham ataladi.
bo‘lib, ularning asosiy qismi po‘latdan tayyorlanadi. Arra tanasining
uzun tomoni yonidan tish chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra
uzun
va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng,
tor, ingichka va qilarra turlarga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra
bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining
kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu arralar
faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi.
16
Sarjinarra yog‘och g‘o‘lalarini 2 kishi bo‘lib qirqish uchun ishlatiladi.
Bu arralarning tanasi uzun va keng bo‘lib, uning ikki uchiga yog‘och
dastalar o‘rnatiladi. Bu dastalarning o‘q chizig‘i
arra tanasi bilan bir
xil tekislikda bo‘ladi. G‘o‘labo‘rarra yo‘g‘on yog‘ochlardan ikki kishi
bo‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu arradan foydalanishda yog‘ochni
taxta tiluvchilarning biri uning ostida, ikkinchisi ustida turib arralashlari
uchun maxsus tayyorlangan joyga mahkamlanadi. G‘o‘labo‘rarraning
dastalari uning tanasi tekisligini ikki yoniga tik chiqib turadigan holatda
o‘rnatiladi.
Arralar vazifasiga ko‘ra qirquvchi, tiluvchi arralarga bo‘linadi. Bu
arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi.
Qirquvchi arralar yog‘ochni ko‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi.
Ularning tishlari teng yoki uchburchak shaklda bo‘lib, ular arra tanasining
davomidan o‘tkir uchlari tashqariga tik yo‘nalgan holda chiqariladi.
Tiluvchi arralar yog‘ochni bo‘yiga arralab tilish uchun ishlatiladi.
Ularning tishi o‘tkir burchakli bo‘lib, ular arra tanasi davomidan
tashqarida tik yo‘nalgan uchburchak shaklda chiqariladi.
Duradgorlik iskanalari. Yog‘och materiallardan
turli xil buyumlar
tayyorlashda ularning qismlari ko‘pincha «tirnoq» chiqarish yo‘li bilan
biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari bajariladi. Bu maqsadda har xil
duradgorlik iskanalaridan foydalaniladi.
Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi
iskanalarga bo‘linadi (5-rasm).
Dostları ilə paylaş: