О‘zbekiston r espublikasi



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

3-rasm. 
Yog‘och turlari va teksturasi ichki tuzilishi.
a
) ignabargli 
daraxt 
yog‘ochining 
ichki tuzilishi;
b
) yaproqbargli 
daraxt 
yog‘ochining ichki 
tuzilishi.


13
Shuningdek, ayrim yog‘ochlarning xo‘jalikdagi ahamiyati ortib 
bormoqda. Oq qayin yaqin yillargacha faqat o‘tin sifatida ishlatilib 
kelingan bo‘lsa, hozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va 
sanoatning boshqa sohalarida qimmatbaho material hisoblanadi.
O‘sib turgan daraxtlarning turini ularning po‘stlog‘iga, shoxlarining 
tuzilishiga va barglariga qarab farqlash mumkin. Qurilish va duradgorlikda 
ishlatiladigan xoda, to‘sin va taxta holidagi yog‘och materiallarning turi 
ularning rangiga, tabiiy guliga, hidiga, tovlanishiga qarab aniqlanadi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Daraxtdan olinadigan yog‘ochlar qanday farqlanadi?
2. Yog‘ochning teksturasi nimalarni aniqlashga imkon beradi?
3. Yog‘ochning ishlatilish sohasiga qarab turlarga ajratish nima uchun 
kerak?
Amaliy mustaqil ishlar 
Yog‘ochlar va ularga ishlov berish materillarini turlarga ajrating va 
xususiyatlarini aniqlang. 
Jihozlar
Yog‘och namunalar 
Ishni bajarish tartibi
1. Yog‘och namunalarining teksturasiga qarab turlarga ajrating.
2. Har bir yog‘och namunasining qaysi daraxtdan olinganligini aniqlang.
3. O‘sib turgan daraxtning ishlatilish sohalari, yaroqlilik xususiyatlarini 
aniqlang.
Muammoli topshiriq 
Yog‘och va yog‘och materiallarining qurishi jarayonida bukilib, bura lib 
ketishini oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim? Muammo-
ning yechimini o‘ylab toping va amaliy bajarishga harakat qilib ko‘ring. 
Muammoni bartaraf etish usullari: 
1. Quritish qoidalariga to‘liq rioya qilish lozim.


14
2. Quritish jarayonida yog‘ochni bosib turish uchun ustidan og‘ir buyumlar 
qo‘yiladi.
3. Quritish jarayonida yog‘ochlar quyosh nuri tikka tushmaydigan pana 
joylarga taxlanadi.
4. Yog‘ochlarni quritishda yuqori qavatdagi taxtalar pastki qavatdagilarga 
soya beradigan qilib taxlanadi.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin