10
Yog‘ochlarni tabiiy holda quritish eng oddiy, oson va arzon usul
hisoblanadi. O‘quv ustaxonasida ishlatiladigan yog‘och materiallari ham
ko‘pincha tabiiy usulda quritiladi. Buning uchun quritiladigan yog‘och
materiallar maktab sharoitiga qarab bostirmalarda, ombor, chordoqlarda
maxsus tagliklar ustiga taxlab saqlanadi (2-rasm). Qish faslida yog‘och
materiallar tezroq qurishi uchun ulardan keragicha qirqib olinib, o‘quv
ustaxonalarida saqlanadi, ba’zan isitish tarmog‘idagi batareyalar ustiga
yoki pechkalar yoniga terib qo‘yiladi. Yog‘ochlarni sun’iy quritish
kameralarda olib boriladi. Bu usulda quritiladigan material kameraga
terib taxlanadi va issiq havo yuboriladi. Kamerada quritish tabiiy
quritishga qaraganda qator afzalliklarga ega.
Kamerada yog‘och juda qisqa vaqt ichida quriydi va katta maydonni
talab etmaydi. Kamerada yog‘ochni xohlagan namlik darajasigacha
quritish mumkin. Kamerada haroratning yuqori bo‘lishi tufayli chirituvchi
zamburug‘lar rivojlanmaydi.
Yog‘ochlar kamerada quritilganda yorilish va tob tashlashning oldi
olinadi. Haroratning yuqori bo‘lishi natijasida ignabargli yog‘ochning
smolasi qotib qoladi, u keyinchalik buyum sirtiga chiqmaydi.
Dostları ilə paylaş: