Translyatsiya vaqtida maʼlum aminokislotaga yoki boshlash/toʻxtatish signaliga toʻgʻri keluvchi uchta nukleotid ketma-ketligi.
Transkripsiya
RNK molekulasini hosil qilish uchun genlarning DNK ketma-ketligi koʻchirib olinishi
Translyatsiya
i-RNK molekulasidan foydalanib aminokislotalardan polipeptid zanjirini hosil qilish jarayoni
Mutatsiya
Genetik ketma-ketlikdagi oʻzgarish
RNKning tuzilishi DNKning oʻzi genlar ekspressiyasini amalga oshira olmaydi. DNKdagi koʻrsatmalarni bajarish uchun unga RNK kerak.
DNKga oʻxshab RNK ham nukleotidlardan iborat boʻlib, nukleotidlar oʻz navbatida 5-halqali riboza monosaxaridi, fosfat guruhi va azot asoslaridan tashkil topgan. Shunga qaramay, DNK va RNK oʻrtasida uchta asosiy farq bor:
RNKda dezoksiriboza emas, balki riboza boʻladi.
RNK ikki zanjirli emas, balki bir zanjirli boʻladi.
RNKda timin oʻrniga urasil boʻladi.
Bu farqlar hujayra fermentlariga DNKni RNKdan ajratishda yordam beradi.
Bir zanjirli RNK bilan qoʻsh zanjirli DNKni oʻzaro taqqoslaydigan rasm.
RNK va DNK molekulalarini taqqoslash. Rasm Wikimedia, CC BY-SA 3.0 asosida oʻzgartirildi.