O‘zbek alifbosi Aa, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, II, Jj, Kk, LL


Sh harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga (’)



Yüklə 185,43 Kb.
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü185,43 Kb.
#124456
1   2   3   4
3-mavzu (1)

Sh harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga (’) tutuq belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
18. J j harfi
1) jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi so‘zlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) jurnal, projektor; gijda, ajdar, garaj, tiraj kabi o‘zlashma so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
19. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
20. R r harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi so‘zlarda til oldi ovozdor titroq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
21. L l harfi lola, loyiq, la’l, iloj, mahal kabi so‘zlarda sirg‘aluvchi ovozdor yon undoshni ifodalash uchun yoziladi.
22. N n harfi
1) non, nomus; ona, tana; bilan, tomon kabi so‘zlarda til oldi ovozdor burun undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda n tovushi ba’zan m aytilsa ham, n yoziladi.
23. G g harfi gul, go‘zal, ega, gugurt; teg, eg kabi so‘zlarda til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
24. K k harfi ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak kabi so‘zlarda til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
25. Y u harfi yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
26. Ng ng harflar birikmasi yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; tong, ming, teng kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi.
27. Q q harfi qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
28.
Yüklə 185,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin