O‘zbek alifbosi Aa, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, II, Jj, Kk, LL



Yüklə 185,43 Kb.
səhifə1/4
tarix03.06.2023
ölçüsü185,43 Kb.
#124456
  1   2   3   4
3-mavzu (1)


6. O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI. UNLI VA UNDOSH HARFLAR IMLOSI


Tayanch so‘z va iboralar: juft so‘z, takror so‘z, qo‘shimchalar, ko‘makchi fe’l, yuklama, tartib son, yetakchi fe’l , unli va undosh harflari.


O‘zbek alifbosi
Aa, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll,
Mm, Nn, Oo, Pp,Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Xx, Yy,
Zz, O‘o‘, G‘g‘, Sh sh, Ch ch, Ng ng, ‘(tutuq belgisi).

O‘zbek tilida 6 ta unli tovush bor: a, o, i, u, e, o‘.


O‘zbek tilida 23 ta undosh harf, 24 ta undosh tovush tovush bor

- b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng




Unlilar imlosi



  1. A a harfi:

1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, vahm kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi.
2. O o harfi
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. I i harfi
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.
4. U u harfi
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
5. O‘ o‘ harfi o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi; bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodapash uchun yoziladi.
6. E e harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi:
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
v) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
g) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
d) ea: teatr, okean, laureat kabi;
2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda, ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.

Kirill alifbosidagi yozuvdan farqli ravishda lotin alifbosida quyidagi so‘zlar fonetik tamoyilga asoslangan holda yoziladi:


  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin