O‘zbek alifbosi Aa, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, II, Jj, Kk, LL


G‘g‘ harfi g‘oz, bag‘ir, tog‘ kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 29. X x



Yüklə 185,43 Kb.
səhifə4/4
tarix03.06.2023
ölçüsü185,43 Kb.
#124456
1   2   3   4
3-mavzu (1)

G‘g‘ harfi g‘oz, bag‘ir, tog‘ kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
29. X x harfi xabar, xo‘roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix kabi so‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
30. H h harfi hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht kabi so‘zlarda d, t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.
32. — tutuq belgisi:
1) alo ba’zan , ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, sh’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi;
2) in’om, san’at, qa’iy, mas’ul kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan oddin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi

Lotin alifbosidagi imloviy o‘zgarishlar:


juft so‘zlar orasida bog‘lovchi bo‘lib kelgan yuklamalar o‘zi bog‘langan so‘zdan chiziqcha bilan ajratiladi: do‘st-u dushman, kecha-yu kunduz;
yil, oyni ko‘rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo‘yiladi: 1995-yil 24-avgust, 1-sentabr;
-ga qo‘shimchasi g‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda asliga muvofiq yoziladi: bog‘+ga=bog‘ga, tog‘+ga=tog‘ga;
ayrim so‘zlar esa oldin fonetik yozuv bo‘yicha yozilgan bo‘lsa, yangi alifboda morfologik yozuvga ko‘ra(ya’ni asliga ko‘ra) yoziladi: ertalabki emas, ertalabgi.
Yüklə 185,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin