Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Teri elektrotermometriyasi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə8/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Teri elektrotermometriyasi: - varikoz kasalligini aniqlashda qo‘shimcha usul bo‘lib, bemor oyoqlarini osiltirib o‘tirganda varikoz venalar va tugunlar ustidagi harorat bilan boshqa sohalardagi harorat 0.3-3.5°S ga farq qiladi bu apparatda qayd qilinadi.
Termografiya: qo‘shimcha usul – birmuncha kulrang fonda oqish uchastkalar ko‘rinishidagi varikoz kengaygan venalarni aniqlab beradi.
Venoz qon oqimi tezligini o‘lchash qo‘shimcha yordamchi usul bo‘lib, vena qon oqimi tezligini o‘lchash uchun lobelin sinamasi yoki kalsiy xlorid eritmasi bilan qilinadigan sinamalar qo‘llaniladi: Ushbu preparatlar panja lateral venalardan birortasiga yuboriladi va bunda yuboriladigan 1% li lobelin eritmasi yoki kalsiy xloridning 10% li eritmasi bemorning har 10 kg massa 2 mg dan hisoblanib yuboriladi. Usulning mohiyati shundan iboratki, ushbu eritmalar karotid sinusga yetib borib uni qitiqlashi oqibatida qisqa vaqtli hansirash, yo‘tal paydo bo‘ladi. Normada bu vaqt 11-25 s tashkil qilsa, varikoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda 45.3-46.5 sek posttromboflebitik bemorlarga 63.1-66.2 sek ga teng bo‘ladi.
Flebotonometriya - zararlangan oyoq venalaridagi bosimni aniqlash uchun qo‘llaniladigan usul bo‘lib, bosimni o‘lchashning vena orqali va suyak orqali o‘lchash turlari farqlanadi. Flebotonometriyaning vena ichi turida zararlangan oyoq tovonining yuzaki venalardan birortasiga nina yoki kateter kiritilib Valdmanning suvli monometriga ulanadi. Normada tovon yuzaki venalarida suvli monometriga ulanadi. Normada tovon yuzaki venalarida bosim 100-120 mm.suv.ust.idan 800 mm.suv.ustiga ko‘tariladi. Flebotono-metriyaning suyak ichi turida ham nina yoki kateter analog yo‘l bilan poshna suyagining g‘ovaksimon qismiga kiritilib suvli monometrga ulanadi. Sog‘lom kishilarda suyak ichi bosimi 82-92 mm.suv.ust.iga teng bo‘lib,oyoqda venoz qon aylanishning holati suyak ichi vena qon tomirlari tonusi o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Chuqur venalar klapan yetishmovchiligida suyak ichi bosimi birdaniga 25-30 mm suv ustunidan oshib ketadi va 25-30 sek. ichida o‘zining avvalgi darajasiga qaytadi.


Flebografiya: varikoz kasalligini aniqlashda asosiy usullaridan biri bo‘lib, ayniqsa funksional sinamalar chuqur venalar o‘tkazuvchanligi va kommunikant venalar holati haqida aniq tasavvur bermagan hollarda qimmatli ma’lumotlar beradi. Distal va proksimal flebografiya tafovut qilinadi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin