Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Differensial diagnostikasi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə10/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Differensial diagnostikasi
Qator hollarda ayniqsa trofik buzilishlar yuzaga kelgan bosqichda birlamchi varikozni ikkilamchi varikozdan: posttromboflebitik kasalligidan, Klippel-Trennone, Parks-Veber-Rubashov sindromidan, yonbosh venalarning o‘smalar, kistalar va homiladorlik sababli bosilishi oqibatida kuzatiladigan ikkilamchi kompensator varikoz kengayishidan farqlash zarur.
Davolash
Venalarning varikoz kengayishini davolashda 3 ta usul qo‘llaniladi: 1.Konservativ; 2. Sklerozlovchi; 3.Operativ.

  1. Konservativ davolash ushbu kasalliklardan holi qilmaydi, balki asorat-larning oldini olib zo‘rayib ketishdan saqlaydi. Bu operatsiyaga monelik bo‘lgan hollarda, ya’ni og‘ir yurak, jigar buyrak xastaliklarida, yiringli – destruktiv kasalliklarida, homiladorlarda, keksalarda, bemor operativ davolashni rad etganda qo‘llaniladi. Konservativ davo kompleksiga elastik paypoq kiyish, zararlangan oyoqqa elastik bint o‘rab yurish, davolash fizkulturasi, bemorlarni yengil ishga o‘tkazish, og‘ir yuk ko‘tarmaslik va uzoq vaqt tik turmaslik kiradi.

  2. Skleroterapiya qat’iy ko‘rsatmalar asosida qo‘llanilib bunda varikotsid, vistarin, sotradekol, trombovar, fibroveyn, etoksisklerol, natriy tetraden-sulfat kabi qator preparatlardan foydalaniladi. Vena ichiga sklerozlovchi eritma yuborilgandan so‘ng intima destruksiyasi vujudga keladi, kengaygan vena devorlari bir-biriga yopishib, obliteratsiyalanadi va shu sohada qattiq fibroz tizimcha hosil bo‘ladi. Bemorning vertikal yoki o‘tirgan holatida vena punksiya qilinib oyoqqa darhol gorizontal yoki ko‘tarilgan holat berilib bo‘shagan vena bo‘shlig‘iga sklerozlovchi eritma yuborilib inyeksiya o‘rni doka sharcha bilan bosib,elastik bint bilan o‘raladi va bemorga 2-3 soatga yurish tavsiya etiladi.

Skleroterapiyaga ko‘rsatma:

  1. Varikoz kasalligining dastlabki bosqichlarida, Troyanov-Trendelenburg sinamasi manfiy bo‘lganda, kengaygan alohida tugunlar va sohalarni obliteratsiyaga uchratish uchun;

  1. Boldir va sondagi ancha yirik tarmoqlar bartaraf qilinganidan

so‘ng, qolgan alohida tugunlar va mayda venalarni obliteratsiyaga
uchratish uchun;

  1. Teri osti venalarining yonbosh tarmoqlarining sklerozga uchratish maqsadida.

Vena bo‘shligi keskin kengaygan bemorlarda, tromboflebit, qon tomir-larning obliteratsiyalovchi, yiringli-destruktiv xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarda skleroterapiyani qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin