O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar



Yüklə 150 Kb.
səhifə8/14
tarix17.04.2023
ölçüsü150 Kb.
#99522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar (2)

Kserofitlar o'zlarining evolyutsion rivojlanishi davrida tuproqda nam va yog'ingarchilik yetarli bo'lmagan sharoitda o'sish va rivojlanishga moslashgan, nisbatan quruq iqlim o'simliklaridir.
Kserofitlar asosan, dasht, cho'l va chala cho'llarda o'suvchi o'simliklardir. Ular uch guruhga ya'ni sukkulentlar, sukkulent bo'lmaganlar va efimerlarga bo'linadi.
Sukkulentlar semiz o'tlar deb ham ataladi. Ular ikki xil bo'ladi ya'ni poyador va bargdor sukkulentlar. Poyador sukkulentlarga kaktus, Afrika sutlamasi o'simliklarini misol qilish mumkin. Bargdor sukkulentlarga agava, aloe, semizak va boshqalar misol bo'la oladi. Ularning yer ustki organlari seret va semiz bo'lib o'zlarida ko'p miqdorda suv saqlaydigan o'simliklardir. Ildiz tizimi ko'pchilik hollarda tuproqning yuzasida joylashgan. Sersuvligi hamda suv bug'latuvchi sirtining kamligi tufayli bunday o'simliklar quruq, qumloq tuproqlarda, cho'llarda va qoyalarda o'sa oladi.
Sukkulent bo'lmagan kserofitlar o'zlarida boradigan transpirasiya jarayoni tufayli 4 guruhga bo'linadi. Bular: haqiqiy kserofitlar, yarim kserofitlar, cho’l kserofitlari va poykilokserofitlardir.
Haqiqiy kserofitlarga shuvoq, itgunafsha kabi o'simliklar kiradi. Bu o'simliklar hujayralarida osmotik bosim yuqori bo'lib transpirasiya miqdori kam bo'ladi.
Yarim kserofitlarga g'ozoyoq, marmarak kabi o'simliklar kiradi. Ular hujayralarining sitoplazmasi yopishqoqligi kam, ildizlari juda ham chuqur ketib sizot suvlarigacha etib boradi. Barglarida boradigan transpirasiya jarayoni kuchli bo'ladi.
Cho'l kserofitlariga chalov kabi boshoqdoshlar oilasining cho'lda o'sadigan ayrim turlari kiradi. Ular yoz yomg'iri suvlaridan yaxshi foydalanishadi, ammo faqatgina qisqa suv etishmasligiga chidashi mumkin.
Poykilokserofit o'simliklarga lishayniklar kabi suv etishmagan sharoitda anabioz holatiga o'tuvchi o'simliklar kiradi.
Efimerlar. Bular bir yillik cho'l, chala cho'l va qisman dasht o'simliklaridir. Ularning o'sish, rivojlanish va urug' tugish davri juda qisqa, asosan bahor va kuz paytlarida o'sadi. Qurg'oqchilik boshlanishi bilan ular o'sishdan tuxtaydi. Efimer o'simliklarga lolaqizg'aldoq, taroqbosh, chitir, qarg'atirnoq kabi o'simliklar kiradi.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin