O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar


O‘simlik kasalliklarining klassifikatsiyasi



Yüklə 150 Kb.
səhifə14/14
tarix17.04.2023
ölçüsü150 Kb.
#99522
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar (2)

O‘simlik kasalliklarining klassifikatsiyasi. O‘simlik kasal holda sog‘lom o‘simlikdan tashqi belgilari bilan farq qiladi, bu belgilar har – xil bo‘ladi: so‘lish, chirish, dog‘lanish, g‘uborlar, yostiqchalar, shishlar, shakl o‘zgarishi va h.q.
O‘simlik kasalliklarining ko‘pgina klassifikatsiyalari tavsiya etilgan, ular turli belgilarga asoslangan holda tuzilgan:

  1. Tashqi ko‘rinishiga qarab klassifikatsiyalash.

  2. Kasalliklarni qayerda poydo bo‘lganiga qarab klassifikatsiyalash (mahalliy) diffuzniy.

  3. Kasallikning davom etishiga qarab klassifikatsiyalash (urug‘, chigit kasalligi).

  4. O‘simlik organlari bo‘yicha klassifikatsiyalash.

  5. Zararlangan o‘simliklar bo‘yicha klassifikatsiyalash.

  6. Etiologik –kasalliklarni kelib chiqishiga qarab klassifikatsiyalash.

Kasallikning kelib chiqishiga qarab, bir guruhga parazitsiz yoki yuqumsiz kasalliklar birlashtirilgan, ikkinchi guruhga esa yuqumli yoki parazit kasalliklar birlashtirilgan.
Yuqumsiz kasalliklar. Bu kasalliklar bir o‘simlikdan ikkinchisiga o‘tmaydi, shuning uchun yuqumsiz deyiladi.
Tiplarga qarab quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:

  1. O‘simlikning o‘sishi uchun talablarga javob bermaydigan yoki qoniqarsiz sharoit tufayli yuzaga kelayotgan namlikni ortiqcha yoki kam bo‘lishi, tuproqqa oziqa moddalarni kam yoki ortiqcha bo‘lishi va boshqalar.

  2. Noqulay ob-havo sharoitini ta’siri natijasida vujudga keladigan (yuqori va past harorat va boshqalar).

  3. Mexanik ta’sir tufayli vujudga keladigan kasalliklar.

  4. Havodagi zararli kimyoviy aralashmalar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar.

  5. Ionlashgan nurlar yordamida yuzaga keladigan kasalliklar.

Tuproqdagi oziqa moddalarini yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Tuproqdagi oziqa moddalarini yetishmasligi o‘simliklarda ma’lum bo‘ladi.
AZOT YETISHMASLIGI: Tuproqda azot yetishmasa o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi. O‘simlik bargida fotosintez tezligi va mahsuldorligi kamayadi, quyosh nuridan foydalanish koeffitsiyenti va hosildorligi tushadi.
KALIY YETISHMASLIGI: Kaliy o‘simliklarni kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshiradi. Kaliy yetishmaganda o‘simliklar poyasi va novdasi ko‘pincha qiyshayib o‘sadi.
FOSFOR YETISHMASLIGI: Fosfor yetishmaganda o‘simliklar rivojlanishi yomonlashadi. Poyalari, novdalari, ildizlari nimjon bo‘lib, sekin o‘sadi.
KALSIY YETISHMASLIGI: o‘simliklarda kalsiy yetishmasligi tufayli uchki kurtak va ildiz uchi quriydi. Barglar soni ko‘payib, maydalashadi, ildizlar sershox bo‘ladi.
TEMIR YETISHMASLIGI: Temir o‘simliklarning xlorofillini hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Shuning uchun bu elementning yetishmasligi tufayli o‘simliklarning yashil rangi yo‘qolib, rangsizlanishi, ya’ni xloroz kasalligi vujudga keladi.
MARGANETS YETISHMASLIGI: Marganets mikroelement sifatida o‘simlik uchun juda zarur. U xlorofil sintezi uchun kerak. Marganets yetishmasa barg tomirlari orasida har yerda yashil rang yo‘qolib, xloroz vujudga keladi.
SUV TANQISLIGI YOKI ORTIQCHALIGI TUFAYLI YUZAGA KELADIGAN KASALLIKLAR: O‘simlikning umumiy fiziologik aktivligi suvning normal miqdoriga bog‘liq. Suv tanqisligi o‘simliklarda har xil kasalliklarni yuzaga keltiradi. Suv yetishmasligi tufayli o‘simliklar turgor holatini yo‘qotadi, bundan tashqari: donli ekinlarni qurishi, daraxtlarni uchini qurib qolishi, barglarni bevaqt to‘kilishi, makkajo‘xorini so‘tasini oq tusga kirishi, bargning mevaning taqir bo‘lishi, kartoshka tuganagining qo‘shimcha mayda tuganaklar hosil qilishi kasalliklarini vujudga keltiradi.
Suvning tuproqda keragidan ortiqcha bo‘lishi o‘simlikni kuchsizlanishiga, barglarni sarg‘ayishiga sababchi bo‘ladi.
YUQORI HARORAT NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR: Yuqori harorat natijasida kelib chiqadigan kasalliklar quyidagilar:

  1. bargning quyosh ta’sirida kuyishi,

  2. po‘stloqning quyosh ta’sirida kuyishi,

  3. donsiz boshoqlash kasalligi,

  4. ildiz bo‘g‘zidan kasallanish.

PAST HARORAT NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR:

  1. Novdani pishib yetilmaganligi,

  2. daraxt tanasining suvsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik,

  3. sovuq urishi natijasida vujudga keladigan shishlar, ya’ni rak kasalligi,

  4. sovuq urishi natijasida daraxtlarda o‘zak qismi va po‘stlog‘ida hosil bo‘ladigan yoriqlar,

  5. kuzgi ekilgan ekinlarni sovuq urishi, donni sovuq urishi.

MEXANIk TAASSUROTLAR NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR. O‘simliklarda bu kasallikni meteorologik faktor –shamol, muz ko‘chishi, bo‘ron keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ekinni parvarish qilish davrida hamda hayvonlarni, hasharotlarni va boshqalarni o‘simlikka mexanik ta’siri tufayli ham kasallik kelib chiqishi mumkin.
Mexanik shikastlanish natijasida o‘simlikning ayrim to‘qima va a’zolari yemiriladi, bunda esa ko‘pincha patologik protsess amalga oshib va hatto o‘simlik nobud bo‘ladi.
YUQUMLI KASALLIKLAR. O‘simliklarni biridan biriga yuqadigan kasalliklari yuqumli kasalliklari deyiladi.
Yuqumli kasalliklar zamburug‘lar, aktinomitsentlar, bakteriyalar, viruslar, mikoplazmalar, gulli parazitlar orqali kelib chiqishi mumkin.
PARAZITIZM VA UNING SHAKLLARI. Ma’lumki butun o‘simliklar oziqlanishiga ko‘ra avtotrof va geterotrof organizmlarga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiluvchi organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi.
Mineral moddalardan organik moddalarni hosil qila olmaydigan va tayyor organik moddalar hisobiga yashaydigan organizmlar geterotrof organizmlar deyiladi.
Tayyor organik moddalar bilan oziqlanishiga ko‘ra geterotrof organizmlar saprofit va parazit organizmlarga bo‘linadi.
O‘lik organik moddalar hisobiga yashaydigan organizmlar saprofit organizmlar deyiladi.
Butun hayoti faoliyati yoki hayotining ma’lum bir qismi boshqa tirik organizmlar hisobiga o‘tadigan va oziqani tirik hujayradan oluvchi organizmlar parazit organizmlar deyiladi. (Hamma patogenlar).
PATOGENLARNI SPETSIALIZATSIYASI. Patogenlar yashashi organlarga, to‘qimalarga, o‘simliklarga qarab bir necha turga bo‘linadi.:

  1. Filogenetik – yoki parazitlar faqat aniq guruh o‘simliklarda yashaydi.

  2. Organotrop – parazit aniq organlarda yashaydi.

  3. Gistotrop – parazitlar aniq to‘qimalarda yashaydi.

  4. Ontogenetik – patogenlar o‘simliklarni ma’lum bir yoshda zararlantirishi mumkin.

INFEKSION JARAYON. Patogen (kasalliklar tug‘diruvchi) organizmlarni o‘simlik to‘qimasi ichida kirishidan kasallik yuzaga kelib, uning rivojlanishi infeksion jarayon deyiladi. Infeksion jarayon o‘simliklarda 4 ta bosqichga bo‘linadi:

  1. O‘simlik ichiga kirish.

  2. Infeksiya davri.

  3. O‘simliklarni zararlanishi.

  4. O‘ziga xos belgilariga ega bo‘lgan kasalliklarni yuzaga kelishi.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin