O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar



Yüklə 150 Kb.
səhifə4/14
tarix17.04.2023
ölçüsü150 Kb.
#99522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar (2)

Labchali transpirasiya. Barg og'izchlari (labchalari) suv bug'i, CO2 va O2 uchun asosiy o'tkazuvchi yo'l hisoblanadi. Barg og'izchalari uning ikki tomonida yoki faqat bir tomonida bo'lishi mumkin. Masalan, karam barglarining ustki epidermisida barg og'izchalarining soni 14100 donaG’sm2 bo'lsa pastki tomonida 22600 donaG’sm2 atrofida bo'ladi. Boshqa o'simliklar uchun ushbu ko'rsatkichlar qo'yidagicha bo'lishi mumkin:
Ustki epidermisda Pastki epidermisda
Kartoshka bargida 5100/sm2 16100/sm2
Beda bargida 12700/sm2 24900/sm2
Makkajo'xori bargida 5200/sm2 6800/sm2
Suli bargida 2500/sm2 6800/sm2
Bug'doy bargida 3300/sm2 4100/sm2
Ammo shuning bilan birgalikda labchalar faqat bargning bir tomonida joylashgan o'simliklar ham mavjud. Masalan, barbaris (2200 dona/sm2), olcha (24000 dona/sm2), dub (14000 dona/sm2), qora yong'oq (46000 dona/sm2), siren (33000 dona/sm2), tut (48000 dona/sm2), olma (40800 dona/sm2) kabi o'simliklarda barg og'izchalari faqat bargning pastki qisimida joylashgan.
Umuman labchalarning barg yuzasidagi ulushi 0,52-5,28% atrofidadir. Masalan bug'doy bargida labchalar uning umumiy maydonidan 0,52% ni tashkil qilsa, loviyada ushbu ko'rsatkich 3,13%,t kungaboqar va olma barglarida 5,28% atrofidadir.
Agar labchalar bargning ikki tomonida ham joylashgan bo'lsa bunday barglar amfistomatik barglar deyiladi. Pastki epidermisda joylashgan bo'lsa gipostomatik va ustki tomonda joylashgan bo'lsa epistomatik barglar deyiladi.
Barglardagi transpirasiya jarayonining jadalligi har xil ammo, labchali transpirasiyaning eng ko'p miqdori suvda suzuvchi va botqoqlik o'simdiklarida kuzatiladi. Er o'simliklari orasida eng ko'p miqdordagi labchali transpirasiya quyoshli joylarda o'suvchi o't o'simliklarda kuzatiladi. Soya parvar o'simliklar ularga nisbatan ikki baravar kam suv bug'lantiradi. Butalar va daraxtlar esa bulardan ham kam suv yo'qotadi.
O'simlik gullarida labchalar juda kam bo'lganligi tufayli nisbatan oz miqdorda suv bug'lantiradi ular uzib oligan hoda ham suvli muhitda uzoq vaqt o'z holatini saqlab qolishi mumkin.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin