Orkestri faoliyatining yoshlar tarbiyasida tutgan


Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash



Yüklə 310,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü310,08 Kb.
#122085
1   2   3   4   5
doni-zokirov-nomidagi-ozbek-xalq-cholgulari-orkestri-faoliyatining-yoshlar-tarbiyasida-tutgan-orni-va-ahamiyati

Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
11 
hisoblanadi. O‟zbek xalqining boy musiqa merosini o‟rganish va uni keng omma 
ichida targ‟ib qilish ishlari san‟atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir 
ijrochilari zimmasida bo‟lmog‟i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan 
ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o‟tishida tabarruk zotlar 
ko‟prik vazifasini o‟tash bilan birgalikda, o‟zlarining ijodlari bilan ham namuna 
bo‟lganlar. 
O„zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, 
kompozitor Doni Zokirov ajoyib qo„shiq, roman, musiqali drama, balet, simfonik va 
xalq 
cholg„ulari 
orkestri 
uchun 
bastalagan 
musiqiy 
asarlari 
bilan
XX asr o„zbek musiqa madaniyatini boyitdi. 
O„zbekistonda ko„p yillardan beri salmoqli ijod qilib kelayotgan Doni Zokirov 
nomidagi “O„zbek xalq cholg„ulari orkestri” faoliyatiga nazar tashlab, ular ijrosidagi 
musiqalarni tahlil qilib ko„rsak bu ijrolardagi nafislik, umumiy jo„rnavozlik, 
dinamika, sozandalarning o„zaro bir-birlarini va musiqani qanchalik teran his 
qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday jamoada uzoq vaqt ishlagan sozandalar 
faqat mohir sozandalargina bo„lib qolmasdan, o„zbek xalq musiqasi, bastakorlarimiz 
asarlarining puxta bilimdoni bo‟lib yetishganliklarining guvohi bo„lamiz. 
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, o'zbek va qoraqalpoq xalqlari qadim 
zamonlardan buyon birodarlikda yonma-yon yashab kelayotganining guvohi 
bo'lamiz. O'zbek zaminida paydo bo'lgan va taraqqiy etgan har bir san‟at turi borki, 
qoraqalpoq zaminida ham mazkur san‟at turiga xos ham mazmunan ham shaklan bir 
xil voqe‟likni guvohi bo'lish tabiiydir. Shu ma'noda o'zbek va qoraqalpoq milliy 
musiqa san‟ati ham bir-birini to'ldiruvchi va o'zaro chambarchas bog'liqdir. 
Doni Zokirov nomidagi “O'zbek xalq cholg„ulari orkestri” bilan birga 2003 
yildan boshlab o‟z ijodimni boshlaganman va orkestr bilan eng birinchi ijro etgan 
qo‟shig‟imiz ustoz san‟atkor Dashitbay Qayipov repertuarlaridan O‟mirbay Xojanov 
so‟zi, Marxabay Jiyemuratov musiqasiga “Sag‟inish” qo‟shig‟i bo‟ldi. Bu qo‟shiq 
xalqimiz qalbidan joy olgan lirik janrdagi qo‟shiq bo‟lib, “o„zbek xalq cholg„ulari 
orkestri” bilan birinchi marta yangicha sayqal berilib ijro qilingani, asarning yangicha 
usulda dunyoga kelganini bildiradi va biz bundan yanada kuch olib yangi asarlar 
ustida ishlay boshladik, Qoraqalpoq klassik shoiri Ajiniyoz so‟zi, Abdireyim 
Sultanov musiqasiga “Ko‟zlerim”, Tolibay Qabulov so‟zi, Avazbek Mallaboyev 
musiqasiga “Qaraqalpaqstan bul”, Farida Afruz so‟zi, Hikmat Rajabov musiqasiga 
“O‟zbekiston o‟zimniki”, Halima Axmedova so‟zi, Qahramon Komilov musiqasiga 
“Tutash tomirlar” asari, shuni alohida aytib o‟tish lozimki “Tutash tomirlar” asari 
o'zbek va qoraqalpoq xalqlarining bir-biri bilan o'zaro bog'liqligini ifodalaydi va 
yuqorida aytilgan so'zimizning dalilidir. 



Yüklə 310,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin