Orkestri faoliyatining yoshlar tarbiyasida tutgan


Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash



Yüklə 310,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü310,08 Kb.
#122085
1   2   3   4   5
doni-zokirov-nomidagi-ozbek-xalq-cholgulari-orkestri-faoliyatining-yoshlar-tarbiyasida-tutgan-orni-va-ahamiyati

Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
13 
tashkil etildi. Albatta, bunday tadbirlarni o'tkazishdan asosiy maqsadimiz o'zbek, 
qoraqalpoq va jahon klassik musiqasi durdonalari bilan tanishtirish va talaba 
yoshlarning o'z ustida ko'proq ishlashi, izlanishi uchun saviyasini oshirishdan 
iboratdir. 
O'zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali talabalari uchun mahorat 
darslari 
va 
maxsus 
mashg'ulotlarni 
o'tkazish 
maqsadida 
2021-yil
2-6-noyabr kunlari O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, 
O'zbekiston davlat san‟at va madaniyat instituti professori, "Shuhrat" medali sohibi, 
dirijyor, bastakor va mohir sozanda Rajabov Hikmat Jumayevich filialga tashrif 
buyurdi. Tashrif davomida Hikmat Jumayevich filial talabalari uchun mahorat 
darslari va maxsus mashg'ulotlarni va 5-noyabr kuni filialning “Musiqa san'ati” 
fakulteti 
“Cholg‟u 
ijrochiligi” 
kafedrasi 
talabalaridan 
tashkil 
topgan 
“Xalq so‟zlari” orkestri bilan birga “So‟z va so‟z sehri” nomli konsert dasturini 
tashkil qildi. Konsert davomida dirijyor Hikmat Rajabov “Xalq so‟zları” orkestri 
bilan birga O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Gulxatisha Ayimbetova, 
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Qoraqalpog'iston xalq artisti Bazargúl 
Karimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Aygúl Nadirovalar tomonidan 
Abdireyim Sultanov, Boris Giyenko “Qaraqalpaq syuitası”, Qarmıs Dosanov sózi, 
Nájimatdin Muxammeddinov musiqasi “Xalqım bar meniń”, Roza Dúysemuratova 
sózi, Ziywatdin Lepesov musiqasi “Seni oylayman”, Ajiniyaz sózi, Abdireyim 
Sultanov 
musiqasi 
“Kózlerim”, 
Uzeyr 
Gadjibekov 
“Arshin
mal-alan” musiqali komediyasidan “Gúlchehra ariyasi”, Manas Leviyev musiqasi
“Mahallada duv-duv gap” kinofilmidan “Oq lolalar”, Mutal Burxonov musiqasi 
“So'zsiz qo'shiq”, Jorj Bize “Xabanera”, Suleyman Aleskerov “Mangu harakat”, 
Vittorio Monti “Chardash”, Jolmurza Aymurzaev sózi, Sharapatdin Paxratdinov 
musiqasi “Tashkent aqshami”, Z.Jabborzada sózi, Said Rustamov musiqasi 
“Surayyo” asarlari ijro etildi.
Aytish joizki, talaba yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, 
ularning ma'naviy, estetik dunyoqarashini kengaytirish maqsadida H.Rajabov filialga 
o‟quv qo‟llanmalarini taqdim qildilar va Rajabov Hikmat Jumayevich bilan biz o'tgan 
davr mobaynida turli festival va tadbirlarda ishtirok etib ko‟plab konsertlar tashkil 
qildik, Mazkur festival va konsertlardan, 2019-yil 25-26-may kunlari Buxoro 
shahrida o'tkazilgan Xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivaliga qatnashib, “Ark” 
qo„rg„oni, “Labi hovuz” majmuasida festivalning tantanali ochilish va yopilish 
marosimiga bag„ishlangan gala-konsert dasturlarida ishtirok etib, mahorat darslari 
o`tkazildi.
Mamlakatimizda musiqa san`atini yanada rivojlantirish, ayniqsa, jonli ijroni 
rag`batlantirish, yosh avlodni milliy va jahon musiqasining nodir namunalaridan keng 



Yüklə 310,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin