O’quv yili


Tarbiyaviy:Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə9/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

Tarbiyaviy:Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Matematik topshiriqlarni bajarish orqalio’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. TK2 ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarni o‘qiy olish, tushunish va foydalana olish.
Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.
Metod: Ma’ruza, blits – so’rov , “ Klaster” lardan foydalanish,taqdimot, suhbat, tushuntirish, bahs- munozara.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Darsning borishi:I.Darsni tashkil etish.
II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash. О'quvchilarni o'tiigan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida turli mashg'ulotlar o'tkazish mumkin. Masalan: «Teskarisini ayt» o'yinini o'tkazish mumkin. O'qituvchi balandda desa, o'quvchi pastda deb javob beradi; agar o'qituvchi ortiq desa, o'quvchi kam deydi; o'quvchi chapda desa, o'quvchi o'ngda deydi; o'qituvchi oldin desa,
o’quvchi keyin deydi; o'qituvchi uzun desa, o'quvchi qisqa deb aytadi va hokazo. Shu tariqa o'yinni bir necha marta takrorlash mumkin.
III.Yangi mavzu ustida ishlash. O'quvchilarga oldida, orqasida,
yonida, o'ngda, chapda iboralari haqida tushuncha berish uchun
o'qituvchi o'quvchilardan bir nechtasini doska oldiga chiqarib:

  • Qani, bolajonlar, rasmda nima tasvirlangan? Kimlarni ko'ryapsiz?

Maktab zalida bolalar raqsi tasvirlangan, unda o’g’il bola childirma chalib qizlar raqsga tushyaptilar

  • Dilshodning yonida kirn bor?

-Dilshodning yonida sinfdoshi "Nafisa bor. Nafisa raqsga tushyapti, Dilshodning esa qo'lida childirma bor.
O'quvchilarning o'zlaridan doska oldiga chiqarib, oldin, keyin,orasida, yonida iboralarini ishlatgan holda suhbat o'tkazish mumkin. Rasmga qarab quyidagicha savol-javob otkazish mumkin:

  • Raqsga tushayotgan qizlar soni ko'pmi, o’g il bolalar ko'pmi?

  • Raqsga tushayotgan qizlar 3 ta, childirma chalayotgan o'g'il bola 1 ta. Qizlar o'g'il boladan ko'p ekan deb sanab aytib berishlari lozim. Yoki o'g'il bola qizlardan kam ekan.

Rasmdagi bolalarga ism qo'yib, suhbat o'tkazilsa chiroyliroq bo'ladi. Masalan Dilshod childirma chalyapti, Gulnoza, Dilnoza, raqsga tushyapti, deb so'zlab berishlari kerak. O'quvchilarning musiqa faniga qiziqishlarirxi orttirish uchun o'qituvchi turli ustunlardan o'rinli foydalana bilishi darkor.
2 ta likopcha bor, uning birinchisida sabzavot, ikkinchsida esa, mevalar bor. Bolajonlarni har ikkala likopchadagi narsalarni taqqoslab, qaysi birida ko'p, qaysi birida kam jnarse borligint aytib berishga o'rgatiladi. Shuningdek, ikkita likopchadagi sabzavotlardan qaysi birida nimadan nechta ortiq yoki kam ekanligini sanab, aytib berishlari so'raladL «Uy-ro'zg'or anjomlaridan yana nimalarni bilasiz va ular qaysi vaqtlarda ishlatiladi?» deb so’rash mumkin.


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin