O’quv yili


Darsning borishi:I.Tashkiliy qism



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə2/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

Darsning borishi:I.Tashkiliy qism:
a)o’quvchilar diqqatini darsga jalb etish.b)davomatni aniqlash
II.Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar diqqati doskadagi narsalarga qaratiladi.(rasmda nimalarni ko’ryapsiz?) –Parta ustida-chi? Matematika kitobining 3-sahifasida-chi?
Bularning hammasi narsalar hisoblanadi. Biz ulardan foydalanamiz.
Masalan kitoblarni o’qiymiz,daftarga esa yozamiz, qalam, ruchka bizga yozish,chizish uchun kerak. Maktab portfeliga esa biz o’quv qurollarini solish uchun foydalanamiz. Demak hamma narsalar biz foydalanish uchun yaratilgan Afsuski ba’zi bolalar narsalarni isrof qilib ulardan oqilona foydalana olmaydi. Kitoblarga yozib yirtib, boshqa narsalarni ham isrof qilib ketadilar. Uyda ham hamma narsalardan oqilona foydalaning. Barcha narsalar bir biriga o’xshamaydi va o’xshaydigani ha bo’ladi, masalan olma behiga o’xshamaydi.
III.Daftar bilan ishlash:O’quvchilar darslikdagi narsalar bilan tanishadilar, qanday foydalanishimizni aytib berishlari kerak. Matematika daftariga rasmlarni bo’yab chiqishlari aytiladi.
D ars davomida qiynalgan o’quvchilarga yakka tartibda yordam beriladi.


IV.Dam olish daqiqa:
Biz yozdik,yozdik,yozdik
Qo’llarimiz dam olsin.
Chiroyli yoz,yozsang xat,
Chunki bu ham zo’r san’at.
Darsni yakunlash:
Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
V.Uyga vazifa:Uydagi, uygacha bo’lgan barcha narsalarni kuzatib ularni ajratish.

Fan:Matematika


Sana:_____ ____________20__yil.
2.Mavzu:Narsalarning rangi,shakli, o’lchami
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:O’quvchilarga narsalarni rangi,shakli,o’lchami haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy:O’quvchilarga narsalardan unumli foydalanish kabi hislatlarini uyg’otish.
Rivojlantiruvchi:Tabiatda narsalarni ajrata olish ko’nikma malakalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.TK4 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish; TK2 ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarni o‘qiy olish, tushunish va foydalana olish.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin