MUSTAQIL TA’LIM № 6.
Mavzu № 6. Korporativ axborot tizimlari.
Ishning maqsadi: “Korporativ axborot tizimlari” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: konspektlashtirish, tavsif yozish.
Bajarish vaqti: 6 soat.
1-Topshiriq. Korporativ axborot tizimlari mavzuga doir internet ma’lumotlarni o’qib , quyidagi masalalarni yozma bayon etish:
-dasturiy platformalar oʻqitishning sinf-dars tizimining boshqa taʼlim tizimlaridan farqi nimada?
-nostandart darslarga tavsif yozish.
Tavsif yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar:
1. Tavsif yozishdan maqsadni aniqlash.
2. Matnning asosiy semantik qismlarini ajratib ko‘rsatish.
3. Mavzuning xususiyatlari, o‘ziga xosliklarini yoritib berish.
4. Tushuntirishni talab qiladigan tushunchalarni ajratib ko‘rsatish.
5. O‘rganilayotgan materialning muhim jihatlarini izchil va qisqacha bayon qilish.
6. Asosiy qoidalar bo‘yicha xulosalar, aniq faktlar va misollar tavsifga kiritilishi lozim.
7. Mazmunni vizual aks ettirish usullaridan foydalanish (tagiga chizishning turli usullari, turli rangdagi qalamlar).
8. Iqtibos keltirish qoidalariga rioya qilish.
Baholash mezonlari.
1. Yozma bayon etish tuzilishining to‘g’riligi (uning barcha bo‘limlarini aks ettirish).
2. Tavsif matnining to‘liqligi (hajmning yetarliligi).
3. Mavzuning xususiyatlari va o‘ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
4. Asosiy qoidalar bo‘yicha xulosalar, aniq fakt va misollarning mavjudligi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar.
Misty E Vermaat, Susan L Sebok, Steven M Freund. Discovering Computers (C)2016 (2016 edition). Textbook.USA, 2016
Brian P. Hogan. HTML5 and CSS3 Level Up with Today's Web Technologies country. Tutorial. USA, 2013
M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalar, O‘quv qo‘llanma, T.: “Noshir”, 2009
Федотова Е.Л. Информационные технологии и системы. Учебное пособие.- Форум – Forum INFRA- M, 2013 г. -426 стр.
Dostları ilə paylaş: |