Tavsiya etilgan adabiyotlar.
Misty E Vermaat, Susan L Sebok, Steven M Freund. Discovering Computers (C)2016 (2016 edition). Textbook.USA, 2016
Brian P. Hogan. HTML5 and CSS3 Level Up with Today's Web Technologies country. Tutorial. USA, 2013
M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalar, O‘quv qo‘llanma, T.: “Noshir”, 2009
Федотова Е.Л. Информационные технологии и системы. Учебное пособие.- Форум – Forum INFRA- M, 2013 г. -426 стр.
MUSTAQIL TA’LIM № 9.
Mavzu № 9. Qishloq xo‘jalik ekin turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tuzish.
Ishning maqsadi: “Qishloq xo‘jalik ekin turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tuzish” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: insho yozish, doklad tayyorlash.
Bajarish vaqti: 6 soat
1-Topshiriq. Adabiyotlarni oʻqib, “Qishloq xo‘jalik ekin turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tuzish” mavzusida insho yozish.
Insho yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar:
1. Insho mavzusini yuzasidan kalit so‘zlarini aniqlash.
3. Insho mavzusi yuzasidan atama va tushunchalarni tushunish.
4. Inshoning asosiy g'oyasini aniqlash.
5. Adabiy materialni tanlash.
6. Inshoning asosiy semantik qismlari va ularning mazmunini aniqlash (reja tuzish, garchi uni to‘liq qayta yozishda kerak bo‘lmasa ham).
7. Inshoning tuzilishi va tarkibi haqida fikr yuritish.
8. Qoralama bo‘yicha insho matnini yozish.
9. Tahrirlash, qayta yozish va tuzatish.
2-Topshiriq. “Qishloq xo‘jalik ekin turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tuzish” mavzusida ma’ruza tayyorlash.
Ma’ruza tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar:
1) mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish. Bunda bibliografik ma'lumotlarning uchta manbasini ajratib ko‘rsatish zarur:
- birlamchi (maqolalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqalar);
- ikkilamchi (bibliografiya, ilmiy jurnallar, grafik-sxemalar, diagrammalar va boshqalar);
- uchinchi darajali (sharhlar, kompilyatsiya ishlari, ma'lumotnomalar va boshqalar);
2) tanlangan mavzuga mos to‘liq mantiqiy ochib bera oladigan reja tuzish;
3) quyidagi talablarga rioya qilgan holda doklad yozish:
- ma'ruza tuzilishi jihatdan quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: muammoning dolzarbligini asoslovchi qisqacha kirish; asosiy matn; o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha xulosalar; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
- ma'ruza mazmunan umumiy qoidalar mustahkamlanishi va aniq misollar bilan tushuntirilishi kerak; darslik yoki o‘quv qo‘llanmaning alohida boblarini qayta aytib bermaslik, balki ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan o‘z fikrini bayon etish, o‘z takliflarini bildirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |