MUSTAQIL TA’LIM № 2.
Mavzu № 2. Qishloq xo‘jalik sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari.
Ishning maqsadi: “Qishloq xo‘jalik sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari.” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: tavsif yozish, tushunchalar glossariysini tuzish.
Bajarish vaqti: 6 soat.
1-Topshiriq. Qishloq xo‘jalik sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari-ta’lim tushunchasini ilmiy tahlili bilan tanishish.
Tavsif yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar:
1. Tavsif yozishdan maqsadni aniqlash.
2. Matnning asosiy semantik qismlarini ajratib ko‘rsatish.
3. Mavzuning xususiyatlari, o‘ziga xosliklarini yoritib berish.
4. Tushuntirishni talab qiladigan tushunchalarni ajratib ko‘rsatish.
5. O‘rganilayotgan materialning muhim jihatlarini izchil va qisqacha bayon qilish.
6. Asosiy qoidalar bo‘yicha xulosalar, aniq faktlar va misollar tavsifga kiritilishi lozim.
7. Mazmunni vizual aks ettirish usullaridan foydalanish (tagiga chizishning turli usullari, turli rangdagi qalamlar).
8. Iqtibos keltirish qoidalariga rioya qilish.
2-Topshiriq. “Qishloq xo‘jalik sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari” mavzusi boyicha tushunchalar glossariysini tuzish.
Qishloq xo‘jalik sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari mavzusi bo’yicha savollar va javoblar tayyorlash.
Mavzu bo’yicha test topshiriqlari tayyorlash.
Tushunchalar glossariysini tuzish bo‘yicha metodik tavsiyalar:
1) mavzuni diqqat bilan o‘qish;
2) eng keng tarqalgan tushunchalarni aniqlash;
3) umumiy mavzu bilan birlashtirilgan tushunchalar ro‘yxatini tuzish
4) tushunchalarni alifbo tartibida joylashtirish;
5) tayanch tushunchalarga izoh yozish:
- tushunchaning aniq ta’rifini berish;
- tushunchaning ma'nosini kengaytirish.
Baholash mezonlari:
1. Berilgan tavsif tushunchalar mazmuning aniqligi.
2. Tavsif va tushunchalar mazmuning to‘liqligi (xususiyati, o‘ziga xosliklarining ifodalanganligi)
3. Tushunchaning aniq ta’rifini berish.
4. Dalillarni keltirish va shaxsiy munosabatining asoslanganligi
5. Mavzuning xususiyatlari va o‘ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
Dostları ilə paylaş: |