Oliy malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi


-bob. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish



Yüklə 92,35 Kb.
səhifə6/8
tarix24.12.2023
ölçüsü92,35 Kb.
#192951
1   2   3   4   5   6   7   8
Oliy malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash

2-bob. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish
5. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlarni tayinlash tartibi, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
6. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga ish haqi to‘lash soatbay asosda quyidagi hisobda amalga oshiriladi:
har bir opponent uchun 8 soatdan — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan bir dissertatsiyaga opponentlik qilish uchun;
har bir opponent uchun 6 soatdan — falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan bir dissertatsiyaga opponentlik qilish uchun.
7. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdori, rahbar kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari (kurslari) tinglovchilariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadigan shaxslar uchun to‘lanishi nazarda tutilgan soatbay ish haqi miqdoriga tenglashtiriladi.
8. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga soatbay haq to‘lash, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, tuzilgan mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish va yuborish
9. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini tayyorlash tartibi, avtoreferatlarning talab qilingan nusxalari miqdori, shuningdek, ular yuboriladigan muassasalar va tashkilotlar ro‘yxati, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
10. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish nashr etuvchi tashkilotlar tomonidan ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar talabnomalari asosida, ushbu tashkilotlarda belgilangan narxlar (tariflar) bo‘yicha amalga oshiriladi.
11. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini yuborish, pochta xizmati bo‘linmalari tomonidan ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar talabnomalari asosida, ushbu pochta xizmati bo‘linmalarida belgilangan narxlar (tariflar) bo‘yicha amalga oshiriladi.
12. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish va yuborish uchun sarf-xarajatlarni to‘lash, mablag‘larni belgilangan tartibda bevosita tegishli nashriyot muassasalari va pochta xizmati bo‘linmalariga o‘tkazish (kirim qilish) orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 92,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin