Oliy malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi



Yüklə 92,35 Kb.
səhifə5/8
tarix24.12.2023
ölçüsü92,35 Kb.
#192951
1   2   3   4   5   6   7   8
Oliy malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash

4-bob. Yakunlovchi qoida
13. OAK ekspert kengashlari a’zolari mehnati uchun ish haqi miqdori, ular bajargan ish hajmidan kelib chiqib, to‘g‘ri va asosli belgilanishi yuzasidan mas’uliyat OAK ekspert kengashlari raislari va mas’ul xodimlari zimmasiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son qaroriga
2-ILOVA
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik uchun;
ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish va yuborish uchun;
boshqa shaharlik opponentlarning yo‘lkira, yashash xarajatlari va sutkalik pullarini to‘lash uchun sarf-xarajatlarni qoplash uchun;
ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar himoyasini stenografiya qilish uchun.
3. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
talabgor mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki dissertatsiya bajarilgan tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida o‘qish davrida qabul qilingan taqdirda;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning o‘z mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida o‘qish muddati tugaganidan so‘ng qabul qilingan taqdirda.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik hamda boshqa shaharlik opponentlarning yo‘lkira, yashash xarajatlari va sutkalik to‘lovlari uchun sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablag‘lar, kelgusida ushbu xarajatlar to‘lanishi uchun, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasaning budjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Yüklə 92,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin