Oliy malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi



Yüklə 92,35 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü92,35 Kb.
#192951
1   2   3   4   5   6   7   8
Oliy malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash

3-bob. Dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish va dissertatsiyalar mavzularini chop etish uchun sarf-xarajatlarni to‘lash tartibi va miqdorlari
11. OAKda ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun sarf-xarajatlarni to‘lash quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
talabgor mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki dissertatsiya bajarilgan tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida o‘qish davrida qabul qilingan taqdirda;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorning o‘z mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida o‘qish muddati tugaganidan so‘ng qabul qilingan taqdirda.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
12. OAK tomonidan quyidagi to‘lov miqdorlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
OAKda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyada plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
OAKda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyada plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
OAKda ilmiy darajalar olish uchun dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini e’lon qilish uchun to‘lov OAKning budjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda kirim qilinadi.

Yüklə 92,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin