153
2.1. Qiyoslashga tayyorgarlik
2.1. Qiyoslashni o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorlov ishlari bajarilishi kerak:
E2 klassidagi toshlar kistochka bilan changdan
tozalanadi yoki benzinda
xo‘llangan salfetka bilan artiladi.
Tozalangan E2 klassidagi toshlar tortish xonasida kamida 3-4 soat saqlab
turiladi.
2.2. Qiyoslashni o‘tkazish
3.1. Tashqi ko‘rik
Tashqi ko‘rikda toshlarning quyidagi talablarga mosligi aniqlanishi kerak:
-qoplam sifati, shakli, markasi, butligi va toshlar to‘plamining
tarkibi GOST
7328-2001 talablariga mos bo‘lishi kerak. Toshlar yuzasida tirqish, uchgan joy,
korroziya izi, ezilgan, qirilgan joy va dog‘lar bo‘lmasligi kerak.
3.2. E2 klassidagi toshlar massasi III - razryaddagi namunaviy tarozilarda III -
razryaddagi namunaviy toshlar bo‘yicha 1 marta solishtirish usuli bilan
aniqlanadi.
3.3. Toshlar massasini teng elkali tarozilarda toshlar massasini aniqlash quyidagi
tarzda (Bord usuli) amalga oshiriladi:
Tarozining o‘ng pallasiga tegishli namunaviy tosh qo‘yiladi va u o‘ng pallaga
qo‘yiladigan
tara bilan tenglashtiriladi, so‘ng namunaviy tosh o‘ng palladan
olinadi va uning o‘rniga qiyoslanayotgan tosh qo‘yiladi. Agar qiyoslanayotgan
tosh namunaviydan engil bo‘lsa, unga massasi bo‘yicha qiyoslanayotgan tosh -
joiz toshning nominal massasidan yo‘l qo‘yilgan og‘ishiga teng bo‘lgan tosh
qo‘shilishi lozim. Agar qiyoslanayotga tosh namunaviydan og‘irroq bo‘lsa, joiz
tosh chap pallaga (tara yoniga) qo‘yiladi.
3.4. E2 klassidagi toshlar massasi aniqlanganda
III - razryaddagi namunaviy
toshlarga bo‘lgan tuzatmani hisobga olish lozim. E2 klassidagi toshlarning
nominal massasidan og‘ishi GOST 7328-2001 da ko‘rsatilgan joiz qiymatlardan
oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: