150
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHNING UMUMIY TARTIBI.
1.
Laboratoriya ishlarini bajarish qoidalari.
1.1 Laboratoriya ishini bajarishga nazariy kursning tegishli qismini o‘rganib
chiqish talablari qo‘yiladi.
Aks xolda, ular o‘qituvchi belgilagan kun,
soatda
qayta sinovdan o‘tib, ishga qo‘yiladi.
1.2 Ish bajarishga ruxsat olgan talabalar laboratoriya uskunasida berilgan
sxemani yig‘ishadi. Sxema to‘g‘riligini o‘qituvchi tekshirgandan so‘ng, talabalar
tajribani boshlaydilar. Bunda oldindan tayyorlangan jadvalga olingan o‘lchash
natijalari to‘ldiriladi.
1.3 Talabalar ishning natijalarini mustaqil taxlil qilishadi va shu asosda xisobot
tuzishadi. Xisobotda elektr sxemalarining elementlari GOST bo‘yicha chizilishi
shart. Hamma bog‘lanishlarning egri chiziqlari millimetrli qog‘ozda leykalalar
yordamida bajarilishi kerak.
1.4 Har bir talaba keyingi mashg‘ulotga kirishdan oldin, o‘tkazilgan laboratoriya
ishining
xisobotini tayyorlab, uni topshirgan bo‘lishi shart. Aks xolda, u
laboratoriya mashg‘ulotiga qo‘yilmaydi.
1.5 Laboratoriya uskunasiga etkazilgan moddiy zarar uchun talabalar to‘la
javobgardirlar.
2. Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizlik qoidalari.
2.1. Talabalar laboratoriya mashg‘ulotiga kirishdan
oldin texnika xavfsizligi
qoidalarini o‘rganishlari shart. Texnika xavfsizligi qoidalari o‘qituvchi
tomonidan o‘rgatiladi va bu kafedraning maxsus daftariga qayd etiladi.
2.2. Elektr sxemalari faqat ximoyalangan o‘lchovchi simlar yordamida yig‘iladi.
Ochiq simlardan foydalanish qa’tiy man etiladi.
2.3. Laboratoriya uskunasiga kuchlanishni faqat o‘qituvchi ulashi mumkin.
2.4. O‘qituvchi tekshirmagan elektr sxemani, asbobni
ulash mutlaqo mumkin
emas.
2.5. Tajriba paytida elekt zanjir elementlarining ochiq qismlarini ulash mumkin
emas.
2.6. Laboratoriya tajribasi tugagandan keyin kuchlanish albatta uzilishi kerak va
buni o‘qituvchi tekshiradi.
Dostları ilə paylaş: