151
- barcha toshlarni qiyoslashda material zichligi R toshlar = 8,0x10
3
kg/m
3
(materialning shartli zichligi)ga teng deb qabul qilinadi.
2. Qiyoslashga tayyorgarlik
2.1. Qiyoslashni o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorlov ishlari bajarilishi kerak:
M1klassi (4 klass) dagi toshlar kistochka bilan
changdan tozalanadi yoki
benzinda xo‘llangan salfetka bilan artiladi.
Tozalangan M1klassi (4 klass) dagi toshlar tortish xonasida kamida 3-4 soat
saqlab turiladi.
3. Qiyoslashni o‘tkazish
3.1. Tashqi ko‘rik
Tashqi ko‘rikda toshlarning quyidagi talablarga mosligi aniqlanishi kerak:
-qoplam sifati, shakli, markasi, butligi va toshlar to‘plamining
tarkibi GOST
7328-2001 talablariga mos bo‘lishi kerak. Toshlar yuzasida tirqish, uchgan joy,
korroziya izi, ezilgan, qirilgan joy va dog‘lar bo‘lmasligi kerak.
3.2. M1 aniqlik (4 klass)dagi toshlar massasi
III - razryaddagi namunaviy
tarozilarda III - razryaddagi namunaviy toshlar bo‘yicha 1
marta solishtirish
usuli bilan aniqlanadi.
3.3. Toshlar massasini teng elkali tarozilarda toshlar massasini aniqlash quyidagi
tarzda (Bord usuli) amalga oshiriladi:
Tarozining o‘ng pallasiga tegishli namunaviy tosh qo‘yiladi va u o‘ng pallaga
qo‘yiladigan
tara bilan tenglashtiriladi, so‘ng namunaviy tosh o‘ng palladan
olinadi va uning o‘rniga qiyoslanayotgan tosh qo‘yiladi. Agar qiyoslanayotgan
tosh namunaviydan engil bo‘lsa, unga massasi bo‘yicha qiyoslanayotgan tosh -
joiz toshning nominal massasidan yo‘l qo‘yilgan og‘ishiga teng bo‘lgan tosh
qo‘shilishi lozim. Agar qiyoslanayotga tosh namunaviydan og‘irroq bo‘lsa, joiz
tosh chap pallaga (tara yoniga) qo‘yiladi.
3.4. M1 aniqlik (4 klass)dagi toshlar massasi aniqlanganda
III - razryaddagi
namunaviy toshlarga bo‘lgan tuzatmani hisobga olish lozim. M1 aniqlik (4
klass)dagi toshlarning nominal massasidan og‘ishi GOST 7328-2001 da
ko‘rsatilgan joiz qiymatlardan oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: