156
Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda quyidagilarni aniqlash lozim:
- asbobda korpus, strelka (pero) shtutseri, shisha
va siferblatning mexanik
shikastlari bo‘lmasligi kerak;
korpus bilan tutqich biriktirilishi mustahkam bo‘lishi, korpus siljishiga yo‘l
qo‘ymasligi kerak;
-siferblat shishasi va himoya qoplamasi toza bo‘lishi va ko‘rsatishlarni to‘g‘ri
hisoblashga halaqit beruvchi nuqsonlarga ega bo‘lmasligi kerak.
9.2. Metrologik tavsiflarni aniqlash
Asosiy xatolik va variatsiya, asbobning nazorat
srelkasi yuqori chegaradan
o‘tkazilganda aniqlanadi.
Nazorat strelkasini o‘rnatish qurilmasiga ega bo‘lmagan asboblar uchun oxirgisi
yopiq asbobda qiyoslash jarayonida o‘rnatilishi kerak.
Strelkani (pero) nol belgisiga (diagrammaning nolli hisob chizig‘iga)
o‘rnatishdan, yoki nol belgisida (diagrammaning nolli hisob chizig‘i) strelkaning
(pero) holatini tekshirishdan avval asbob yuqori o‘lchash chegaralarining
(90÷100) % chegarasida 1÷2 min davomida bosim ostida ushlab turilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: