O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


 Malakaga bo‘lgan talablar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

5. Malakaga bo‘lgan talablar 
NO‘V (Namunaviy o‘lchov vositalari) va O‘V (O‘lchov vositalari) foydalanish 
hujjatlarini o‘rgangan shaxslarga ishni o‘tkazishga ruxsat beriladi.
6. Ish shartlari
Laboratoriya ishini o‘tkazishda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: 
- o‘rab turgan havo harorati 20 ±5
0
S; 
havo namligi 85% dan ko‘p emas.
7. Ish o‘tkazishga tayyorgarlik 
Laboratoriya ishini o‘tkazishdan avval quyidagi tayyorgarlik ishlarini o‘tkazish 
lozim: 
- bosim hosil qilish uchun, asbob qurilmaga ulangan bo‘lishi va asbobda 
mavjud bo‘lgan belgilarga hamda hujjatlardagi ko‘rsatmalarga mos bo‘lgan 
holatda bo‘lishi kerak.
- agar ish holatining belgilari mavjud bo‘lmasa, u holda qiyoslashda asbob 
shunday o‘rnatilishi kerakkki, bunda siferblat tekisligi ±5 joiz og‘ishga vertikal 
bo‘lishi ( agar MTX aksincha bo‘lmasa), raqam va belgilar esa og‘ishsiz 
joylashtirilishi kerak. 
- namunaviy asboblarning ishchi muhitlari ularning hujjatlariga mos bo‘lishi 
kerak.
Bundan so‘ng asbob o‘lchashlarni o‘tkazishga tayyor. 
8. Ish tartibi
Asboblarni qiyoslash quyidagi usullardan birida o‘tkazilishi kerak: 
a) berilgan bosim namunaviy asbob bo‘yicha belgilanadi, ko‘rsatishlar esa 
qiyoslanayotgan asbob bo‘yicha hisoblab chiqiladi. 
b) qiyoslanayotgan asbob strelkasi (pero) shkalaning (diagrammaning hisob 
chizig‘i) tekshirilayotgan belgisiga o‘rnatiladi.
9. Laboratoriya ishini o‘tkazish 
9.1. Tashqi ko‘rik va sinab ko‘rilishi 


156 
Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda quyidagilarni aniqlash lozim: 
- asbobda korpus, strelka (pero) shtutseri, shisha va siferblatning mexanik 
shikastlari bo‘lmasligi kerak; 
korpus bilan tutqich biriktirilishi mustahkam bo‘lishi, korpus siljishiga yo‘l 
qo‘ymasligi kerak; 
-siferblat shishasi va himoya qoplamasi toza bo‘lishi va ko‘rsatishlarni to‘g‘ri 
hisoblashga halaqit beruvchi nuqsonlarga ega bo‘lmasligi kerak. 
9.2. Metrologik tavsiflarni aniqlash 
Asosiy xatolik va variatsiya, asbobning nazorat srelkasi yuqori chegaradan 
o‘tkazilganda aniqlanadi. 
Nazorat strelkasini o‘rnatish qurilmasiga ega bo‘lmagan asboblar uchun oxirgisi 
yopiq asbobda qiyoslash jarayonida o‘rnatilishi kerak. 
Strelkani (pero) nol belgisiga (diagrammaning nolli hisob chizig‘iga) 
o‘rnatishdan, yoki nol belgisida (diagrammaning nolli hisob chizig‘i) strelkaning 
(pero) holatini tekshirishdan avval asbob yuqori o‘lchash chegaralarining 
(90÷100) % chegarasida 1÷2 min davomida bosim ostida ushlab turilishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin