158
6 Ish shartlari
Laboratoriya ishi o‘tkazilganda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
atrof muhithavo harorati 20 ±5
o
S;
atmosfera bosimi sim.ust. (630-800) mm;
xavo namligi 80% dan ko‘p emas;
ta’minot tarmog‘ining kuchlanishi 220V;
ta’minot tarmog‘ining chastotasi 50 Nz.
7 Ishni o‘tkazishga tayyorgarlik
Laboratoriya ishini o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorlov ishlarini o‘tkazish
zarur:
- saqlagich mavjudligini tekshirish;
- asbob korpusini erga ulash;
- asbobning mexanik nolini tekshirish va zarur bo‘lganda
uni old panelning
markazida joylashgan korrektor bilan o‘rnatish;
- o‘lchash chegarasining qayta ulagichini 300 V holatiga o‘rnatish;
- asbobni tarmoqqa ulash va 15 min. isitish.
SHundan so‘ng asbob o‘lchashlar o‘tkazishga tayyor.
8 Ish tartibi
Asbobga o‘lchash kabeli qo‘shimcha qilingan.
Millivoltmetr ishlashida o‘lchanayotgan signal
mavjud emasligida asbob
strelkasi nol holatida bo‘lmaydi. 1mV kichik diapazonda strelkaning joiz og‘ishi
asbobning qisqartirilgan kirish joyida 0,05 mV ni tashkil qiladi.
9 Laboratoriya ishini o‘tkazish
9.1 Tashqi ko‘rik va sinab ko‘rish
Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda quyidagilarni aniqlash zarur:
- asbobda mexanik shikastlar bo‘lmasligi kerak;
- kirish ajratgichining sozligi;
- o‘lchash chegaralari qayta ulagichining sozligini tekshirish.
9.2 Metrologik tavsiflarni aniqlash
1kNz darajalash chastotasida asosiy xatolikni aniqlash
Asbobning asosiy xatoligini aniqlash uchun 1-rasmga muvofiq V1-4 uskunaning
chiqish joyidan V3-38 millivoltmetrning kirish joyiga signal uzatish zarur.
V3-38
1-rasm
V1-4 voltmetrini CHiq
Kir V3-38 millivoltmetr
qiyoslash uskunasi
100 mV va 300 mV kichik diapazonlarda xatolik shkalaning barcha raqamli
belgilarida
aniqlanadi, qolgan kichik diapazonlarda tekshirish faqat shkalaning
oxirgi belgilarida o‘tkaziladi.
CHiqish kuchlanishini rostlash yordamida V1- 4
uskunaning chiqish joyidan
signal berilganda voltmetr strelkasi qiyoslash belgisiga aniq o‘rnatiladi.
V1-4 uskunada o‘rnatiladigan kuchlanish qiymati qiyoslash bayonnomasida
ko‘rsatilgan. O‘lchash xatoligi foizlarda V1-4 uskuna shkalasidan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: