Nordic international university



Yüklə 38,5 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü38,5 Kb.
#119969
  1   2   3
Zarbulmasal asari tahlili


NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY




Fanidan 2-topshiriq javobi
MBT-123 guruh
Mavzu: Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tahlili

Bajardi: Orifjonova Nishonoy




Mavzuning dolzarbligi. Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhim fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur „Zarbulmasal" asarini yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va „..bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aqlu donishing yetishicha tartib ver"„— deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob beradi: „Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) „Alar (ya'ni xon) aydilarki, ,,O'zbekning bir maqoli bordurki, „Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy „amirning amrlarini vojib bilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yapaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasali “avommunos”ni bayon qiladi.
Badiy asarning mohiyati.Qo‘qon adabiy hayotida Gulxaniy o‘zining o‘zgacha uslubda, ya’ni xalq maqollardan foydalgan holda yaratilgan "Zarbulmasal" asari bilan kitobxonlar e’tiboriga tushdi. Ijodkor o‘z asarida maqollardan tashqari she’riy parchalardan ham keng foydalanadi. Bu asar yaralishi jarayonida Gulxaniy yuksak iqtidori va salohiyatini namoyon etgan.
Chunonchi, u maqollarni nasriy usul bilan bayon etish bilan birgalikda asarning ta’sirchanligini oshirish maqsadida bir baytli va ikki baytli she’riy maqollardan ham foydalanadi.
“Dala-tuzni suv olsa, o‘rdak, qozni to‘shidin
Quloqsizga so‘z aytsang, qulog‘ini toshidin”
Ushbu maqolning birinchi qismi tushunarli, lekin ikkinchi qismiga ahamiyat berib qarashimiz kerak. “Quloqsizga so‘z aytsang qulog‘ini toshidin”. Ikkinchi qismda aytilmoqchiki, quloqsiz, bebosh, tarbiyasiz insonlarning yaxshi yo‘lga kirishiga, birovlarga yomonlik qilmasdan hayotini ezgulik bilan yuritishga undash juda og‘ir.

  1. Sabr qilsang g‘o‘radin halvo bitar,

Besabrlar o‘z ayog‘idin yitar.



  1. Yamon otga yol bo‘lsa, yoniga tursuq bog‘latmas,

Yomon erga mol bitsa, yoniga qo‘shni qo‘ndirmas



  1. Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo‘lmas,

Riyozat chekmaguncha yor vasliga yetib bo‘lmas.
Bu maqolni izohlaydigan bo‘lsak, tikansiz gul, sadafsiz dur, bo‘lmaganidek, mehnat qilmasdan turib biror bir hunarga erishib bo‘lmasligi yoki ikkinchi ma’noda muhabbat dardiga mubtalo bo‘lgandan so‘ng yorining vasliga erishish uchun g‘am-qayg‘u, mushkulotlarga duchor bo‘lishi mumkinligi yoritilgan.

  1. Er boshiga ish tushsa o‘tuk birlsa suv kechar,

Ot boshiga ish tushsa suvluq birla suv ichar.



  1. Monandi arra bosh dar ilmi maosh,

Gohi suyi xud mekash, gohi meposh
Yuqorida kuzatganlarimizdan biri forsiy maqol bo‘lib, bu orqali o‘sha davrda Qo‘qonda turkiy adabiyot bilan birga forsiy adabiyotning ham bovasta ekanligi namoyon bo‘ladi. Buning yana bir tasdig‘i sifatida asarda uchraydigan forsiy she’riy parchalarni ham kuzatishimiz mumkin.
"Zarbulmasal" asaridagi she’riy parchalarga e’tibor berar ekanmiz, ushbu parchlarning deyarli barchasi Ko‘rqush tomonidan bayon etiladi. Gulxaniy "Zarbulmasal"ni yozish davomida mumtoz shoirlarning baytlaridan ham foydalanadi. Bunga misol qilib:
Darkori xayr hojati hech istihola nest.
Abdurahmon Jomiy
Uzulmas solmani bo‘yningga solma,
Agarchi olmadur ruxsori olmas
Nasihat tinglamas dil faxtu mahjub,
Ko‘karmas toshqa yomg‘ir yog‘sama ham ko‘p.
So‘fi Olloyor
“Zarbulmasal”dagi she’riy misralarga e’tibor qaratar ekanmiz, ularni pand-nasihat, sabr-toqat, saxiylik va baxillik, shirinso‘zlik, sevgi muhabbat kabi ma’noviy guruhlarga bo‘lishimiz mumkin:

Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin