Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish


Maktabgacha tarbiya yoshi davri



Yüklə 145,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/22
tarix02.01.2022
ölçüsü145,04 Kb.
#38806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Maktabgacha tarbiya yoshi davri 2-6 yoshlarni o`z ichiga oladi. Bola 2 yoshligida

jismoniy va ruhiy jihatdan tez rivojlanadi, tanasining og`irligi har oyda 200-250 g dan

ortib boradi, bo`yi 1 sm dan o`sadi.Uch yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg,

bo`yi 7-8 sm ga ortadi.Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3 yosh oxirida so`z

boyligi 1000 tagacha yetishi mumkin. 2-3 yoshdagi bolalarning xarakterli xususiyati

shundaki, ular juda harakatchan, tinib-tinchimas bo`ladi.Shuning uchun bu yoshdagi

bolalarda shikastlanish, har xil kimyoviy moddalar, kattalar iste`mol qiladigan dorilar

bilan zaharlanish hollari tez-tez uchrab turadi.Shu tufayli bu yoshda ularni bir daqiqa ham

qarovsiz qoldirmaslik kerak.

4-5 yoshli bolalarning og`irligi har yili 1,5-2 kg.ga ortadi, bo`yining o`sishi bir oz

sekinlashib, 1 yilda 4-6 sm ni tashkil etadi; 6-7 yoshda bo`yining o`sishi tezlashib, bir yilda

8-10 sm ga yetadi, massasi 2,5 kg ga ortadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar suyagining ko`p qismi tog`aydan iborat bo`lib,

ular yumshoq, egiluvchan bo`ladi.Shuning uchun bolaning noqulay vaziyatda bo`lishi,

ya`ni uzoq vaqt tik turishi, qimirlamay yoki qiyshayib o`tirishi, stol-stulning bo`yiga mos

bo`lmasligi, to`shagining juda yumshoq, bo`lishi, og`ir yuk ko`tarishi kabilar uning

umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-

qomatining buzilishiga sabab bo`ladi. 




Yüklə 145,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin