Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish



Yüklə 145,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix02.01.2022
ölçüsü145,04 Kb.
#38806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Ko`krak yoshi davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu

davrda me`da-ichak, nafas a`zolari, tomoq-quloq kasalliklari ko`proq uchraydi.Shuning

uchun ularni shamollashdan, gripp va shunga o`xshash kasalliklardan asrash

kerak.Ayniqsa, me`da-ichak kasalliklarini oldini olishda idish-tovoqlarning tozaligi,

ovqatlantirish tartibiga rioya qilish muhimdir.

Bola 1 oylik bo`lgunicha bir kecha-kunduzda 22 soat, 2 oyligida-20 soat, 3 oyligida 18-19

soat uxlaydi.

Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 800 ml sut qabul qilishi kerak. Undan keyin har oyda

bir kecha-kunduzda bola qabul qiladigan sutning miqdorini 50 ml ga ko`paytirib boriladi.

Lekin 1 yoshgacha bo`lgan bolaning bir kecha-kunduzda qabul qiladigan suti 1 litrdan

oshmasligi kerak.

Bola o`sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi a`zolari, nerv sistemasi, tayanch-

harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko`rish a`zosining faoliyatini

yaqqol kuzatish mumkin, ya`ni u o`yinchoq qimirlagan tomonga ko`z soqqasini

harakatlantiradi.

Uch oylik bola 18-19 soat uxlaydi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi,

kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda

oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi,

qiyqiradi, 7 oylikda bemalol o`tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan



tura boshlaydi, 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi, 12

oylikda o`zi yura boshlaydi va ayrim oson so`zlarni ayta oladi.

Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham

belgilanadi.Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta tishi

bo`lishi kerak.Bola boshning ensa va tepa suyaklari o`rtasidagi kichik liqildoq (bo`sh

joy)-5-7 oyligida, peshona va tepa suyaklari o`rtasidagi katta liqildoq-10-12 oyligida bitadi.

Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak.

D vitamini yetishmasa bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut

tishlarining chiqishi kechikadi. To`sh, qovurg`a, qo`l-oyoq suyaklari yumshab egiluvchan

bo`lib qoladi.

Chaqaloqning umurtqa pog`onasi tekis bo`ladi, ya`ni unda fiziologik egriliklar

bo`lmaydi.U 8-10 haftalik bo`lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa

pog`onasining bo`yin qismida oldinga tabiiy egilish hosil bo`ladi. Bola 5 oyligida o`tira

boshlaydi va uning umurtqa pog`onasi ko`krak qismida tabiiy egilma hosil bo`ladi.Bir

yoshga kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon tabiiy egilma

hosil bo`ladi.

Xalqimiz qadimdan ko`krak yoshidagi bolani beshikda boqqan. Buning ijobiy tomonlari

shundaki, bola beshikda yotsa o`rni, kiyimi quruq, toza saqlanadi. Bu esa uni

shamolashdan saqlaydi.Uning qo`l-oyoqlari va tanasini bog`lab qo`yish suyaklari, ayniqsa

umurtqa pog`onasi to`g`ri o`sishi va shakllanishiga imkon beradi.Ammo shuni ta`kidlash

kerakki, ayrim yosh, tajribasiz onalar bolani beshikka noto`g`ri belaydi.Ular bolani juda

qisib bog`lashi natijasida uning nafas olishi qiyinlashadi, qo`l va oyoqlari og`riydi,

natijada uyqusi buziladi. Shuning uchun tajribali onalar va buvilar yosh juvonlarga bolani

parvarish qilish, beshikka belash qoidalarini o`rgatishlari kerak.




Yüklə 145,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin