Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish


Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari



Yüklə 145,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix02.01.2022
ölçüsü145,04 Kb.
#38806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari.

Chaqaloqning bo`y uzunligi normada 45-54 sm.gacha bo`lsa, u to`liq tug`ilgan

hisoblanadi.O`rtacha 50 sm bo`ladi.Bo`y uzunligi 45 sm.dan kam bo`lsa, chaqaloq chala

tug`ilgan hisoblanadi.

Bola bir yoshga kirgunicha har oyda o`rtacha 2 sm o`sadi.Bir yoshga to`lgan bolaning

bo`yi 75 sm bo`ladi.

2 yoshdan 15 yoshgacha bola va o`smirning bo`yi har yili 5 sm.ga ko`payadi. Shu yoshdagi

bolalarning bo`y uzunligi qancha bo`lishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:




Bo`y uzunligi = 75 + (5 x n)

75 sm – bir yoshlik bolaning bo`y uzunligi

5 sm – bir yilda bo`y o`sish

n – bola yoshining soni

Masalan, 5 yoshli bolaning bo`yi 100 sm bo`ladi (Formuladagi “n” o`rniga 5 quyiladi).

O`gil va qiz bola bo`yi 10 yoshgacha bir xil o`sadi.11-12 yoshda qizlarning o`sishi biroz

tezlashadi.13-14 yoshda o`gil bolalarning o`sishi tezlashadi.15 yoshda ularning bo`yi

tenglashadi.16 yoshdan boshlab yigit o`smirlar bo`yini o`sishi tezlashadi. Qizlarni o`sishi

18 yoshda yigitlarning o`sishi 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini

o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin bo`lsada

davom etishi mumkin.


Yüklə 145,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin