“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 203,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix15.08.2023
ölçüsü203,27 Kb.
#139428
  1   2   3   4   5   6
unFsc5cctqqpDGATrwQKqufXuVHZD9YmUs5EF2H1



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
 moduli bo‘yicha 
 
 
Fizika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan 
foydalanish 
o‘quv kursining 
Fizika darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanishning afzalligi 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Xamidova Zaynura Ramazonovna 
 
Toshkent
 


5-Mavzu: Fizika darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanishning 
afzalligi
 
 Reja: 
1.
 
Tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha 
xalqaro tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot 
2.
 
TIMSS 2019 Tabiiy fanlar
3.
 
TIMSS topshiriqlaridan namunalar 
TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – 
o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish 
darajasini baholash dasturi hisoblanadi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘rta 
maktab o‘quvchilarining matematik va tabiiy-ilmiy fanlarni o‘qitish darajasi va 
sifatini, shuningdek milliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni aniqlash 
va taqqoslash imkonini beradi. Ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro 
Assotsiatsiya tomonidan milliy markazlar ishtirokida yetakchi xalqaro ilmiy 
tashkilotlar konsortsiumda amalga oshiriladi. Xalqaro muvofiqlashtiruvchi tadqiqot 
markazi Boston kolleji (International Study Center, Boston College, AQSh) 
hisoblanadi. Tadqiqot 1995 yildan boshlab, to‘rt yillik sikllarda amalga oshiriladi 
va o‘rta ta’lim sohasida eng nufuzli xalqaro tadqiqotlardan biri hisoblanadi. 
Tadqiqot dasturi bilan qamrab olingan mamlakatlar soni asta-sekin o‘sib 
bormoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimiga ega bo‘lgan 
mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar siklidan 4- va 8-sinf o‘quvchilarining 
tayyorgarligini qiyosiy baholash, shuningdek, o‘quvchilar yutuqlarining turli 
darajalarini belgilaydigan ta’lim tizimlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
Tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. 2019 yilda tadqiqotning yettinchi sikli 
o‘tkazildi. Avvalgi tadqiqotlar 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015-yillarda 
o‘tkazilgan. 2019-yil TIMSS tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etdi. 
Tadqiqotning maqsadi turli ta’lim tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlarda 
o‘rta maktab o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha umumta’lim 
tayyorgarliklarini qiyosiy baholash va bu ta’lim tayyorgarlik darajasiga ta’sir 
qiluvchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uning 
natijalari har to‘rt yilda bir marta 4-sinf o‘quvchilari 8-sinf o‘quvchilariga 
aylanganda ta’limning matematik va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi an’analarni 
kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishtirokchi mamlakatlarda matematik 
va tabiiy fanlar ta’limi mazmunining va o‘quv jarayonining o‘ziga xos 
xususiyatlari, shuningdek, ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ular 
oilalarining xususiyatlari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. 
Tadqiqotning metodologik asosi bir tomondan rejalashtirilgan va amalga 
oshiriladigan ta’lim darajasining o‘zaro bog‘liqligini, boshqa tomondan esa 


erishilgan ta’lim darajasini (ta’lim natijalari) tahlil qilish imkonini beruvchi 
o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholashning kontseptual modeli hisoblanadi. 
Ushbu model doirasida ta’lim uchta daraja vaziyatidan ko‘rib chiqiladi: 
* Rejalashtiriladigan daraja – ta’lim muassasasiga ijtimoiy buyurtma. 
Rejalashtirilgan darajada ta’limning rasmiy maqsadlari va jamiyatda to‘plangan 
pedagogik va uslubiy g‘oyalar to‘plami shakllantiriladi, bu o‘quv dasturlari va 
o‘quv qo‘llanmalarida o‘z aksini topadi. 
* Amalga oshiriladigan daraja – ta’lim muassasasining haqiqiy o‘quv 
jarayoni. Amalga oshirilayotgan darajada ta’lim muassasasi o‘qituvchisi real 
(haqiqiy) ta’lim jarayonida ta’limning rejalashtirilgan mazmunini shakllantiradi. 
* Erishilgan daraja – ta’lim muassasasida ta’lim natijalari. O‘quvchilarning 
ta’lim yutuqlari, bilimlari, ko‘nikmalari va munosabatlari erishilgan darajada 
baholanadi. 
Tadqiqot xalqaro muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ishlab chiqilgan va 
barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun yagona hisoblanadigan yo‘riqnomalarga 
muvofiq 
amalga 
oshiriladi. 
Tadqiqotning 
barcha 
bosqichlari 
(tadqiqot 
ishtirokchilarining saralashni shakllantirish, material (topshiriq yoki tadqiqot 
vosita) larni tarjima qilish va moslashtirishdan, test jarayonini o‘tkazish va 
sinovdan oldingi hamda undan keyingi ma’lumotlarni anketalashtirishgacha) 
xalqaro ekspertlarning bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi. Har bir 
mamlakatda milliy tadqiqot koordinatori tayinlanadi, u ishtirokchi mamlakatning 
ta’lim vazirligi va ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro uyushma o‘rtasida 
ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida aniqlanadi. Shunday qilib, 
mamlakat qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun tegishli infratuzilma va resurslarning 
mavjudligini kafolatlaydi.
Tadqiqot vositalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida “TIMSS Assessment 
Frameworks and Specifications” ning maxsus ramka hujjati qo‘llaniladi. Bu 
hujjatda o‘quvchilarning tabiiy-matematik tsikldagi ta’lim 
yutuqlarini 
baholashning umumiy yondashuvlari va test topshiriqlarini ishlab chiqish, 
o‘quvchilarning topshiriqlarni bajarishda namoyish etishi kerak bo‘lgan bilim 
faoliyati turlari, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalarini tavsiflovchi 
asosiy omillar ro‘yxati, tahlil qilish uchun so‘rovnoma jarayonida to‘planadigan 
ma’lumotlar, topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Turli mamlakatlar 
o‘quvchilarining ta’limdagi yutuqlarini taqqoslash uchun asos bo‘ladigan 
maksimal obyektiv test sinovini o‘tkazishda tadqiqotda ishtirok etayotgan 
mamalakatlar ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. 
Shuning uchun ushbu hujjat ishtirokchi mamlakatlar vakillaridan tuzilgan maxsus 
ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi va shundan so‘ng tekshirilayotgan 
mazmunning ishtirok etuvchi mamlakatlarning o‘quv dasturlari mazmuniga 


muvofiqligi ekspertizadan o‘tkaziladi. Bu shuni anglatadiki, xalqaro taqqoslash 
natijalariga tayanib, mamlakatlar o‘zlaridagi matematik va tabiiy-ilmiy ta’limning 
kuchli va zaif tomonlarini aniqlashlari mumkin. 
Tabiiyki, bolalarda atrof-olam va unda o‘zlarining o‘rni haqida 
qiziquvchanlik bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar ta’limi bolalarning 
bunday qiziquvchanligiga asoslanadi va ularni o‘zlari yashayotgan dunyoni 
muntazam tadqiq etish yo‘liga boshlaydi. Quyi sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar 
haqidagi tushunchalari shakllanib borar ekan, ularning o‘zlari va dunyolari 
to‘g‘risida qarorlarni ongli ravishda qabul qila olish ko‘nikmalari rivojlanib boradi, 
natijada, ular voyaga yetganda ilmiy haqiqatni to‘qib chiqarilganidan ajrata 
oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarning ilmiy asosini tushunishda 
qodir fuqarolar bo‘lishadi. 
Iqtisodiy rivojlanish va hayot sifatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan 
innovatsiyalarning rivojlanishiga turtki beradigan tabiiy fanlar, texnika va 
muhandislik sohalarida faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan insonlarga butun dunyoda 
talab ortib bormoqda. Ushbu talabni qondirish uchun mazkur sohalar bo‘yicha 
o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash juda muhimdir. 

Yüklə 203,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin