Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish


Uchinchi sog`liq guruhiga



Yüklə 145,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix02.01.2022
ölçüsü145,04 Kb.
#38806
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Uchinchi sog`liq guruhiga – qandaydir surunkali kechayotgan kasalligi bo`lgan bolalar

va o`smirlar kiradi.Masalan, tonzillit, revmatizm, yurak porok kasalligi, loringit,

traxeobronxit, bronxial astma, gepatit, xoletsistit, piyelonefrit, gastrit, enterit, kolit, asab

tizimi kasalliklari va hokazo.Ammo, bu surunkali kasalliklar ayni paytda xuruj qilmagan

(kompensatsiya) davrida bo`ladi.Bu bolalar va o`smirlarning ish bajarish imkoni deyarli

normal bo`ladi;



To‘rtinchi sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalliklari bo`lib, ayni paytda u yengil

xuruj qilgan (subkompensatsiya) davrida bo`ladi.Bola va o`smirning ish bajarish imkoni

ma`lum darajada pasaygan bo`lib, poliklinikaga qatnab, uyida davolanish zaruriyati

tug`iladi;



Beshinchi sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalligi bo`lib, ayni paytda u og‘ir

xuruj qilgan (dekompensatsiya) davrida bo`ladi. Bola va o`smirning ish bajarish imkoni

yo`qoladi, uning shifoxonada yoki uyida shifokor nazoratida ko`rpa-to`shakda yotib

davolanishi shart bo`ladi.



Izoh: Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi sog`liq guruhiga kirgan bolalar va o`smirlar 15

yoshgacha bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr-shifokori, 16-18 yoshdagi o`smirlar-

kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`ladilar va vaqti-vaqti

bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkazib turiladi. Maktab va boshqa o`quv

muassasalarida jismoniy mehnat bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarda ularga yengillik

beriladi.

Bular mahalliy pediatr va o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`lish bilan birga

surunkali kechayotgan kasallikning turiga ko`ra, tor mutaxassis shifokorlarning

nazoratida ham bo`lib, ularning tavsiyasiga muvofiq vaqti-vaqti bilan davolanib turadilar.


Yüklə 145,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin