Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish



Yüklə 145,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix02.01.2022
ölçüsü145,04 Kb.
#38806
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Lordoz qad-qomat. Tik turganda ko'krak va qorin oldinga bo`rtib chiqadi, orqasi

yassilashadi.



Kifoz qad-qomat. Tik turganda yelkalari oldinga osilgan, orqasining yuqori qismi

do'ppaygan va yumaloqlashgan, ko'krak qafasi ichiga kirgan, boshi oldinga egilgan,

qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Kifoz qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin va

bel qismidagi oldinga egilishlari normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishi

esa ko'p bo'lishi tufayli yuzaga keladi.

Kekkaygan qad-qomat. Tik turganda orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi.

Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasi ning hamma tabiiy egilishlari normaga nisbatan




kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.

Skolioz qad-qomat. Tik tirganda yelkalarning biri baland, biri past, kuraklarni biri

baland, biri past bo`ladi. Ko`ylaksiz, yalong`och holatda ko`rganda, umurtqa

pog`onasining o`ng yoki chap tomonga egrilanganini ko`rish mumkin.

Umurtqa pog`onasining egrilanishini oz yoki ko`p bo`lishiga ko`ra skolioz 3 darajada

bo`ladi:

birinchi daraja skoliozda odam kuylaksiz tik turgan vaziyatda ikki qo`lini boshining

orqasiga qo`ysa, umurtqa pog`onasining egrilangan qismi tekislanadi, ya`ni skolioz

vaqtincha yo`qoladi.Bunda umurtqa pog`onasi muskullarining tarangligi pasaygan

bo`ladi;

ikkinchi daraja skoliozda odam yuqoridagi vaziyatda turganda skolioz vaqtincha

yo`qoladi. Bunda umurtqa pog`onasi muskullarini tarangligi pasayishdan tashqari, paylar

ham cho`zilgan bo`ladi.

uchinchi daraja skoliozda umurtqa pog`onasining egrilanishi odamning ko`ylaksiz

(yalang`och) holatida yaqqol ko`rinib turadi. Umurtqa pog`onasining bukilib, dumboq

hosil qilgan tomonidagi qovurg`alar ichiga botadi, qarama-qarshi tomondagi qovurg`alar

esa bo`rtib chiqadi.Turnikka osilganda skolioz yo`qolmaydi. Bunda umurtqa

pog`onasining muskullari va paylari tarangligini pasayishidan tashqari, umurtqalar

orasidagi tog`aylar va umurtqa suyaklari ham o`zgaradi.




Yüklə 145,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin