Название Viii-bo`lim. Onalik va bolalikni muhofaza qilish



Yüklə 145,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix02.01.2022
ölçüsü145,04 Kb.
#38806
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3-Mavzu Bolaning o`sishi va rivojlanishi - Viii-bo`lim

Yassioyoqlik. Odam oyog`ining tovon – kaft yuzasi tayanch-harakatlanish tizimining

muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini

bajarishga moslashgan.

To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz

shaklida bo'ladi. Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoqning tovon va kaft

qismlariga bara var taqsimlanishini ta'minlaydi.

Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining gumbaz qismi kengayib, o'yiq (chuqur) qismining

sathi kamayadi, ba'zida esa oyoq yuzasining butun sathini gumbaz qism egallaydi va

tovon-kaft yuzasi tekis bo'lib qoladi. Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va



quyidagi noqulayliklar yuzaga keladi:

- bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko'proq yurganda, yugurganda, og'ir yuk

ko'targanda oyog'ining tovon-kaft va boldir muskullarida og'riq paydo bo'ladi;

- yassioyoqlik umurtqa pog'onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning

buzilishiga sabab bo'ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to'g'ri tuta olmaydi;

- yassioyoq odam yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo'llarini yon tomonlarga silkitib,

lapanglab yuradi, chunki, yurgan vaqtda tanasining massasi oyoq yuzasiga baravar

taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og'riq seziladi;

- bunday odam uzoqroq vaqt tik turganda va yurganida, oyog'ining tovon-kaft yuzasi

yanada ko`proq kengayadi va ertalab mos bo'lgan poyafzal, kunning ikkinchi yarmida

oyoqni siqa boshlaydi;

- yassioyoqlikda tananing massasi ko'proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning

uchun bunday odamlarning poyafzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga

kelib qoladi.

Yassioyoqlik tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Tug'ma bo'lishi ota-onaning naslida

bo'lishi bilan bog`liq, yoki homilaning rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi

muhitning noqulay ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin.

Yassioyoqlikning tug'ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:

- bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt davomida

oyog'ida tik turg'izish;

- yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyafzal kiygizish;

- o'quvchilar kun bo'yi poshnasiz sport poyafzalida yurishi (sport poyafzalini faqat

mashg'ulot vaqtida kiyish kerak);

- poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo'lgan poyafzallarda uzoq vaqt

yurish;

- uzoq vaqt davomida og'ir yuk ko'tarish ham yassioyoqlikni yuzaga kelishiga sabab

bo'ladi.


Yüklə 145,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin