2.3.
ZARDUSHTIYLIK (AVESTO)DAGI
IQTISODIY G‘OYALAR
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari
(ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj
topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan
biri – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
hisoblangan
«Avesto»
ham isbotlaydi. Olingan
ma’lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi
Zardusht (m. av. 589
–
512-y.)
bo‘lganligi qayd
etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat
ko‘rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va
tabiatshunos olim bo‘lgan.
Respublikamiz olimlarining tadqiqotiga
ko‘ra, zardushtiylik dining muqaddas kitobi
bo‘lgan “Avesto”, ya’ni “Hayot yo‘riqnomasi”
(asli “Ovasto”)da muhim iqtisodiy fikrlar bayon
etilgan
31
. Jumladan, sun’iy sug‘orish asosida
dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash,
hayvonlarni asrash, ularni noo‘rin so‘ymaslik,
ularga zug‘um qilmaslik, tuproq sharoitini
yaxshilash masalalari yoritilgan.
29
Bu muhokama Guan Szining W.Allyn Ricket tomonidan nashr qilingan asarlari (A Conside History of
Chinese Economic Thought, 1998).
30
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 47-b.
31
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 11-б.
33
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi
uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’i
nazar ularning ro‘shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok
insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Unda
xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari,
olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o‘z
aksini topgan. «Avesto»da yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning
atrofi okeanlar bilan o‘ralganligi haqida yozilgan. Unda 16
mamlakatning nomi ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan to‘qqiztasi (masalan,
Sug‘diyona, Marg‘iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar)
Markaziy Osiyo hududida joylashgan.
«Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana
bordi. Ko‘chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush
tarzi o‘rnini o‘troq yashash egallay boshladi, sug‘oriladigan
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi.
Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo‘lishi o‘troq
yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‘rsata bordi. Ana shu
o‘troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan
ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini
ko‘rsatib berilishida «Avesto»ning ahamiyati kattadir.
“Avesto”da, jumladan, O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik
viloyatlarida asosan ziroatchilik, hunarmandchilik va savdogarchilik
bilan shug‘ullanuvchi sug‘dlar, baqtriyaliklar va xorazmliklar
yashardilar. Ular atrofida, dashtlik va tog‘oldi hududlarda chorvador
qabilalarning yaylov-manzilgohlari joylashgan edi. Shuningdek,
“Avesto”da mamlakatning chorvador aholisi – “tur”lar deb atalib, ular
yashaydigan yurt esa Turon nomi bilan tilga olinadi.
Akademik A.Asqarov
32
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyo
sharoitida dastlabki sinfiy jamiyatning asosiy harakatlanuvchi kuchlari,
erkin dehqon jamoalar – kashovarzlar, ozod shahar hunarmandlari –
ozodkorlar va savdo-sotiq jamoalari – guvakorlardan tashkil topgan.
Dastlab mulkka egalik qilish matriarxat davrida umumiy edi, so‘ng
patriarxat davrida erkin ishlab chiqarish jamoasi a’zolariga tegishli
xususiy mulk shakllandi.
Mulkiy tabaqalanish kuchayib borishi tufayli, kashovarzlarning
boyib ketgan qatlami badavlat dehqonzodalar tabaqasini tashkil etsa,
32
Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – Т.: “Университет”, 2007.
34
ularning yer mulkidan ajralgan kambag‘al qismi kadivarlar tabaqasiga
aylandi. Kadivarlar dehqonzodalarga qaram korandalarga – ijarachilarga
aylandi. Shunday tabaqalanish hunarmand va savdogarlar orasida ham
kuzatildi.
Chorvador jamoasi esa, badavlat chorvadorlarga, aslzoda
harbiylarga, kambag‘al avom va xizmatkorlarga bo‘lingan. Arablar
O‘rta Osiyoga kirib kelgunga qadar, ya’ni zardushtiylik dini
hukmronligi davrida xususiy, jamoa, vagize (ibodatxonalarga tegishli)
mulklar tarkib topdi. Vagize mulki islom davrida masjid va
madrasalarning vaqf mulkiga aylandi.
Muqaddas kitobda, shuningdek, ko‘chmanchi xalqlarning asosiy
boyligi bo‘lgan mollar sonini saqlash qo‘llab-quvvatlanadi, ularni
bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Uy hayvonlarini asrash,
ko‘paytirish, ayniqsa, semirtirishga alohida urg‘u berilgan. Ana shu
maqsadda yaxshi yaylov, kerakli qarov, xashak bilan ta’minlash eng
yaxshi faoliyat deb baholanadi. Bu g‘oya ayniqsa, ilk zardushtiylikda
kuchli tus olgan
33
.
«Avesto»da: «… yer
Dostları ilə paylaş: |