39
Fuqarolar umumiy mulkining qimmati to‘rt martadan ko‘p farq
qilmasligi kerak.
Platonning har ikkala loyihasida o‘xshashlik mavjud: davlatni
boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada)
oltin va kumushga ega bo‘lishlari va sudxo‘rlik bilan shug‘ullanishlari
mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o‘xshab, dehqonchilikni
iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq deb hisobladi, hunarmandchilik va
savdoni jamiyatda uncha e’tiborli bo‘lmagan mashg‘ulotlar turiga
kiritdi.
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo‘lib
bahoning asosi va darajasi to‘g‘risidagi savolni o‘rtaga tashladi. Uning
fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan tartibga solinib turilishi
kerak, bundan tashqari, asos sifatida shunday baho olinishi kerakki, u
o‘rtacha foyda olishni ta’minlasin.
Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy
fikrlarning yirik namoyandalaridan biri
Dostları ilə paylaş: