Qadimgi Misr
— Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining
quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Miloddan avvalgi 10—6
mingyillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar
terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan.
Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va
kushitlar bo‘lib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi IV ming
yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik
va dehqonchilikka o‘tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning
paydo bo‘lishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar,
to‘g‘onlar qurish zaruriyati tug‘ilgan, buning uchun esa o‘zaro
urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada
jamoada ijtimoiy tabaqalanish ro‘y berib, urug‘ zodagonlari ajralib
chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda
quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular o‘rtasidagi kurash
natijasida, shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari
tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan III mingyillikda ikkala podsholik
birlashib, yagona davlat barpo bo‘lgan. Misrning keyingi tarixi 4 asosiy
davrga bo‘linadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000—
2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250),
O‘rta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi
podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), So‘nggi (Liviya-Sais va
Yeron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
«Artxashastra» ta’limoti.
Qadimgi Hindiston xo‘jaligi, ijtimoiy
tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o‘rganishning asosiy manbayi
«Artxashastra»
asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho
28
Chandraguptianing maslahatchisi
Kautiliya
yozgan deb taxmin qilinadi.
Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‘lib, «artxa» so‘zi – foyda,
moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush
tarzi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan,
ikkinchisi
turli
davlat
idoralarining
rahbarlari
faoliyatiga
bag‘ishlangan,
uchinchi
va
to‘rtinchisida
sud
va
jinoyatchilarni jazolash savollari ko‘rib
chiqilgan, so‘ngra tashqi siyosat usullari
to‘g‘risida, maxfiy xizmat to‘g‘risida,
harbiylar faoliyatini tashkil qilish va shu
kabilar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‘rtta «ilmni» bilishi
zarurligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi.
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida
ko‘riladi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy
soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi
mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‘rnashtirish ishlarini
amalga oshirishi kerak. Yangi ko‘chib kelganlarga yer soliq to‘lash
sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun
davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak.
«Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil topgan.
Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‘xshaydi – undan na sut
sog‘ib olib bo‘ladi»
.
«Artxashastra»da
davlatning
manfaatini
ko‘zlagan holda,
xo‘jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o‘z yerini
ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi
ishlaydigan xo‘jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini
ko‘rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini
bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan
tovar zaxirasi bo‘lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini
ta’minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda
tutilgan.
«Sug‘orish tizimlarini qurish,
– deyiladi unda, –
hosilning
29
manbayi hisoblanadi...»
Sug‘orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar
uchun og‘ir jazo, hatto o‘limga mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini уechishga
katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo‘jaliklari
foydasidan, har turli soliq va boj to‘lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga
mablag‘ ajratib kelgan. Davlat xo‘jaligi va soliq tizimi bilan bog‘liq
bo‘lgan moliya idoralarining to‘g‘ri ishlashi uchun,
«Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-
kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o‘g‘irlovchi
amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu yerdagi o‘g‘irlikni aniqlash
juda qiyin bo‘lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o‘g‘irlashning 40 xil
usulini ko‘rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko‘ra,
osmondagi qushning yo‘lini aniqlash osonligini qayd qilib o‘tadi.
«Suvda suzib yurgan baliq, o‘sha suvdan
ichayaptimi,
yo‘qmi
bilib
bo‘lmaganidek,
ishga
biriktirilgan
amaldor
mulkni
o‘zlashtirayaptimi,
yo‘qmi aniqlab bo‘lmaydi», – deyiladi
asarda. Shu bois suiste’mol qilishning
har xil usullarini o‘rganib olmasdan
avval, amaldorlarni tez-tez o‘zgartirib
turish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida
«Artxashastra»,
podshoni
ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlantirishga,
narx-navoni tartiblashga, davlat budjeti
aktiv balansini saqlashga –
«daromadlarni
ko‘paytirish
va
xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu
atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini,
balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham
ko‘rsatib berdi.
30
Guan szi
Dostları ilə paylaş: |