Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/6
tarix07.03.2017
ölçüsü0,52 Mb.
#10591
1   2   3   4   5   6

Tashkilotning maqsadi va vazifalari

1. O`quvchi-yoshlarni o`z Vataniga, xalqiga sadoqatdsh qilib tarbiyalash.

2. O’quvchi-yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, jismoniy, ruhiy tomondan kamol toptirish.

3. Xalqiga, milliy, ma’naviy boyliklariga, tarixiy merosiga, mustaqillik g’oyalariga va milliy urf-odatlarga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.

4. Axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli fidoyi inson, tashabbuskor sog’lom avlodni tarbiyalashda o`z-o`zini boshqarish orqali jamiyatga yordam berish.

5. Bilimli, barkamol, madaniyatli uk,uvchi-yoshlarni shakllantirish, ularni oila, mahalla, jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatlarini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarini hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish borasida jamoatchilik faoliyatini amalga oshirish.

6. Maktab va jamoa mulkini, yurtimiz tabiatini avaylab-asrash, e’zozlash, uning ko’payishiga hissa qo’shish.

Tashkilot a’zolarining burchlari

— Ona-Vatanni sevish;

— Vatanga, mustakillik royalariga sadoqatli bo’lish;

— Milliy urf-odatlarga sadoqatli bo’lish;

— Jonajon tabiatni sevish va asrash;

— Davlat ramzlariga yuksak hurmatda va sadoqatli bo’lish;

— Davlat va jamiyat mulkini asrash;

— Vatan taraqqiyotiga o`z hissasini qo’shish;

— Doimo xushmuomala, odobli, xushchaqchaq bo’lish qiyinchiliklarga bardoshli, kamtarin bo’lish;

— Fikri, so`zi va ishi qat’iyatli bo’lishi;

— Ota-onani, qariyalarni, ustozini, dustlarini hurmat qilish;

— O`zidan kichik yoshlarga doimo yordam berish;

— Vatanparvarlik tuyg’ularini doimo ishi va so`z birligi bilan targ’ibot qilish;

— Yon-atrofdagi sodir etilayotgan voqealarga befarq bo’lmaslik.



Tashkilot a’zolari

1. O’quvchilar: «Yosh temuriylar», guruh nomli: «Yosh vatanparvarlar» ning tashkilotiga a’zo bo’ladigan yoshlarning tantanali qasamyodi:

«Yosh vatanparvarlar»ning tashkilotiga a’zo bo’ladigan yoshlarning tantanali qasamyodi:

«Men, «Yosh vatanparvarlar» tashkilotiga a’zo bo’lar ekanman, xalqim, Vatanim va Prezidentimga doimo sadoqatli bo’lishga, mustaqil davlatimizning fidoyi, munosib farzandi bo’ulishga qasamyod qilaman!»



Tashkilot faoliyati

Bu tashkilot belgilangan tartibda ajratiladigan mablag’lar, O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy yordamlari, maqsadli badallari hisobiga o`z faoliyatini amalga oshiradi.



Xalqaro hamkorlik

1. Bu tashkilot O`zbekiston Respublikasining qonunlari, «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda berilgan tartibda xalqaro faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

2. Xorijiy mamlakatlardagi yoshlarning tashkilotlari bilan hamkorlik, do’stlik aloqalarini o’rnatish.

Boshqaruv faoliyati

1. Tashkilotga sardor saylov yo`li bilan saylanadi.

2. Uning ikki o’rinbosari bo’ladi:

a) Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari;

b) Tashkiliy va sport ishlari.

3. Quyidagi bulimlar faoliyat ko’rsatadi;

— Ma’naviyat va ma’rifat;

— Umumiy tashkiliy ishlar;

— Qizlar klubi;

— Shunqorlar klubi;

— Sport;

— O`lkashunoslik va ekologiya;

— Milliy qadriyatlar va urf-odatlar.

Tashkilot boshqaruvi a’zolari umumiy ochiq, ovoz berish yo`li bilan saylanadilar. Tashkilotning boshqaruv hay’ati har chorakda bir marotaba umumiy majlis oldida hisobot beradilar.



Tashkilot a’zolari:

— o`zaro munosabatlardan;

— o’qish va mehnat jarayonidan;

— rahbarlikdan;

— uyushqoqlikdan;

— ongli intizomdan;

— oqilona va foydali faoliyatdan;

— o`z qadr-qimmatini saqlashdan;

— jamoa bilan faxrlanishdan;

— himoyalanganlikdan qoniqish hosil qilishlari kerak.



Tashkilot a’zolariga:

ixtiyoriylik;

— demokratik faoliyat;

— so`z erkinligi;

— tashabbuskorlik;

— faollik;

— ijodiy faoliyat ko’rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak.

Tashkilot katta kuchdir. O’quvchilarning xilma-xil faoliyati xuddi shu jamoada to’planadi. Jamoada o`quvchi ma’naviy -ijtimoiy jihatdan har tomonlama chiniqish maktabini o’taydi.



Irodasi zaif yoshlar va ularni himoya qilish

(“Giyohvandlik ustidan sud” ssenariyasi asosida rolli o’yin)

«Sog’lom xalq, sog’lom millatgina buyuk ishlarga qodirdir». SHu bois bugungi yoshlarning ham ma’nan, ham jisman salomatligi muhim masala hisoblanadi. Hozirgi zamon global muammolari sirasiga irodasi zaif yoshlarni o’z domiga tortayotgan aroqxo’rlik, kashandalik va narkomaniya ham mansub bo’layotgani sir emas. Bu illatga qarshi kurashishda huquq tartibot organlari, tibbiyot xodimlari qatorida muallim va tarbiyachilarning ham xizmatlari beqiyos. Negaki, bu illat faqat tibbiy xastalik emas, balki ijtimoiy, huquqiy hamda ma’naviy inqiroz omili hamdir.

1987 yilda Birlashgan Millatlar Bosh Assamleyasi tomonidan 26 iyun - Narkotik moddalarni noqonuniy ayrboshlash va iste’mol qilishga qarshi kurash Xalqaro kuni deb e’lon qilindi. RIA Novosti axborot agentligining xabariga ko’ra, narkotik iste’mol qilish oqibatida Rossiyada har kuni 80ga yaqin kishi hayotdan ko’z yumayapti. SHuningdek, narkomanlar armiyasi mazkur davlatda 2,5mln. kishini tashkil qilayotgani, yiliga ularning soni 80 ming kishiga ko’payyotgani, iste’molchilarning o’rtacha yoshi 18dan 39 yosh oralig’ida ekanligi ma’lum. Mazkur ma’lumotlar bu illat ko’lamining kengligi, oqibatining ayanchliligi va asosan yoshlarni o’z domiga tortayotganidan dalolat beradi. SHu bois yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish uchun bu illat sabablari va oqibatlari haqida batafsil tushuncha berish juda muhim.

Narkomaniya – bu narkotik va psixotrop moddalarga tobelik xastaligi bo’lib, huquqiy jihatdan jinoyat, tibbiy jihatdan surunkali xastalik, ijtimoiy-ma’naviy jihatdan axloqiy me’yorlariga zid holat sifatida baholanadi.

Narkomaniyaning paydo bo’lishiga ruhiy zaiflik, jismoniy noqobillik, turli ijtimoiy omillar sabab bo’ladi. Bo’sh vaqtning ko’pligi, oilaviy sharoitning og’irligi, ishsizlik, biror ishga noqobillik xissi, umidsizlik, tushkunlik, muhitning nosog’lomligi va boshqalar narkomaniyaning shakllanishiga zamin yaratadi. Bugungi kunda ijtimoiy muhofazalangan, moddiy ta’minlangan to’liq oilalarda tarbiya topayotgan farzandlarning ham bu illat domiga tushib qolish hollari kuzatilmoqda. Demak, narkomaniyaning paydo bo’lish sabablari o’zgarmoqda. Ayrim radikal sotsiologlar narkomaniyani mavjud ijtimoiy qadriyatlar, madaniy qarashlar, mafkuraviy tamoyil va turmushning moddiy sharoitiga qarshi “isyon ko’taruvchilar”, qarshi chuquvchilar sifatida baholaydilar. Ana shu qarshiliklarni narkomanlar o’zlarining affekt holatidagi noadekvat harakatlari bilan namoyon qilar ekanlar. Bu esa jamiyat uchun juda xavfli hisoblanadi. SHu bois narkomaniyaga qarshi ochiq va rasmiy kurash birinchi navbatda huquq-tartibot organlari zimmasiga yuklanadi.

BMTning rasmiy ma’lumotiga ko’ra, Rossiyada huquq-tartibot organlari tomonidan mamlakatga kirib kelayotgan narkotik moddalarning 40% foizi ushlanib qolinar ekan. Har kuni 10kg. geroin musodara qilinar, bu esa 2mln. narkomanning kundalik iste’mol normasi ekan.

Narkomaniya davosi juda qiyin kechadigan dard. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, narkomanlarning o’rtacha umr ko’rishi 6 yilni tashkil qiladi. Narkomanlar o’rta yoshgacha ham yetib bormaydilar, ular dozaning oshib borishidan, turli kasallik va o’z joniga qasd qilish oqibatida hayotdan erta ko’z yumadilar. Narkomanlar jinoyatga tez qo’l uradilar. SHu jihatdan jamiyat uchun juda havfli hisoblanadilar. Bu ofatga qarshi huquqiy, ijtimoiy, tibbiy-biologik, ruhiy va axboriy kurash olib borgandagina samara berishi mumkin.

Bunday kurashni amalga oshirish uchun yoshlar tafakkurida mazkur sohalar nuqtai nazaridan to’liq axborotga ega bo’lish zarurati mavjud. “Giyohvandlik ustidan sud” ssenariyasi asosida amalga oshiriladigan trening ana shunday zaruratni qisman bo’lsada qondiradi. Trening rolli o’yin ko’rinishida amalga oshiriladi. Rolli o’yin metodining asosiy maqsadi tinglovchilarni faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o’zlashtirishda bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan. O’yin har xil muammolarni hal etishdagi imitatsion faoliyatlarni tuzish uchun eng qulay asos hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida rolli o’yinlardan foydalanish tinglovchilarni faol pozitsiyaga ega bo’lishi, masala mohiyatini anglash va unga tezkor munosabat bildirishni taqozo etadi. Rolli o’yinda ishtirokchilar faoliyati o’yin kompleksidan stimul oladi. Ishtirokchilar o’yin davomida vaziyatni tahlil qilishadi. Buning uchun ularga hech kim yordam bermaydi. O’zlarini boshqarish va uyushtirishlari orqali natijalarga erishadilar. Ishtirokchilar murakkab vaziyatlar bilan bog’liq o’yin maqsadlariga shaxsiy harakatlari orqali erishadilar va xulosalarni o’zlari qabul qiladilar. Rolli o’yinlar talabalarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi. Rolli o’yin boshqa o’yinlardan farqli maqsadi jamoaviy yoki individual qaror qabul qilishga asoslanadi.

Trening maqsadi: Narkomaniya illatining ko’lami, sabab va oqibatlari haqida tushunchaga ega bo’lish hamda unga qarshi kurash choralarini rol vazifasidan kelib chiqqan holda individual va jamoaviy holda izlash.

Treningdan kutiladigan natija: YOshlarda sog’lom turmush tarzi tushunchasi shakllanadi, havfli odatlarga qarshi immunitet hosil qilinadi. Narkomaniya kabi illatga qarshi kurashish zaruratini ishtirokchi anglaydi. O’yin davomida qabul qilingan qarorlar ishtirokchining bevosita ishtiroki va shaxsiy xoxish-irodasi orqali qabul qilinadi. Bu esa tarbiyaning bevosita emas, bilvosita ta’sir etish uslublari hisoblanadi.

Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: Ishtirokchilar “portfel”, “mikrafon”, “tibbiyot simvoli” va “odam” qiyofasi tushurilgan jetonlarni tanlab 4ta guruhga bo’linadilar. SHundan so’ng trener bu timsollar nimani anglatishi va uning sohiblari qanday rolni bajarishlari kerakligi haqida tushuncha beradi. “Portfel” – davlat va jamoa rahbarlari, huquq-tartibot organlari xodimlari belgisi, “mikrafon” - OAVlari xodimlari, ya’ni axboriy muhitni tashkil qiluvchi jurnalistlar belgisi, “tibbiyot simvoli” - tibbiy muassasa xodimlari, ruhshunoslar, narkologlar va “odam” – oila a’zolar, do’stlar, yaqin insonlar belgisi hisoblanadi. Trening shartlari tushuntiriladi: har bir rol sohibi so’zga chiqayotganida o’zini tanishtirishi va lavozimini aytib o’tishi shart. SHundan so’ng qisqa videorolik yoki narkomaniyaga bag’ishlangan slaydlar namoyish etiladi. Guruh a’zolari rolga kirishishlari uchun ularga A3 formatda qog’oz beriladi va har bir guruh o’z lavozimi va mavqeiga ko’ra narkomaniyaga qarshi kurashdagi maqsadi va amalga oshiradigan vazifalarini yozib chiqadi. Mazkur ishga 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi. SHundan so’ng guruhlarning taqdimot ishi amalga oshiriladi.

Trening davomida guruh a’zolari muqobil guruhga ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda savollar yoki e’tirozlar bilan murojaat qilishlari mumkin. Bu har bir ishtirokchining faol qatnashuvini ta’minlaydi, yakka tartibdagi faoliyatini belgilaydi.

SHuningdek, trener quyidagi stereotip fikrlarni guruhlar e’tiboriga tashlaydi:


  1. Aytishlaricha, yengil turdagi narkotik moddalarni iste’mol qilish u qadar zararli emas.

  2. Narkotik moddalarni qabul qilish xar kimning shaxsiy ishi, begonalar bunga aralashmasliklari kerak.

  3. Ayrimlar shunday fikrlaydilar: “Narkotiklarning o’zi emas, balki ularni ta’qiqlash va chegaralash ularga nisbatan qiziqishni orttiradi” (Ta’qiqlangan narsa shirindir)

  4. SHunday fikr mavjud: “Narkotiklarni qonuniylashtirish va davlat nazorati ostida ularni tarqatish narkomaniya ommalashishining oldi olinadi”

Mazkur stereotip qarashlarga o’z fikr-mulohazalarini bildirish, asoslash guruh a’zolaridan talab qilinadi.

Trening yakunida uning natijalari xususida fikr almashilinadi.



Treningdan kutiladigan natija: Narkomaniya - global muammo ekanligini ishtirokchilar chuqur anglaydilar. Jamiyatning har bir qatlam vakillari bu umumiy muammoni hal etishda hamkorlik hamda alohida majburiyati borligini his etadilar. (“Eshitib – unutaman; ko’rib – yodda tutaman; bajarib – tushunaman”. (Konfutsiy).

Qo’llanadigan vositalar: ekran, qog’oz, flomaster, marker.
ERKIN TAFAKKUR YURITUVCHI «FIDOYILAR» KLUBLARINING

NIZOMI

UMUMIY QOIDALAR, MAQSAD VA VAZIFALAR

Erkin tafakkur yurituvchi «Fidoyilar» klublari (Bundan keyin «Fidoyilar» klubi deb yuritiladi) barcha umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladi.

«Fidoyilar» klubining maqsadi—erkin fikrlovchi, o`z tafakkuri, ongli faoliyati, bilimlari, amaliy malakalari, iste’dod va qobiliyatlarini, dunyoqarashini ochiq bayon etishga ishtiyoqmand, hozirgi zamon ilg’or g’oyalarini egallagan, islohotlar mohiyatini chuqur anglagan, milliy istiqlol mafkurasini butun qalbi bilan tushunib yetgan yoshlarni tarbiyalash, ular uchun imkoniyat va sharoit yaratish, rarbatlantirib turish, qiziqishlar doirasini rivojlantirish. «fidoyilar» klubining vazifalari:

— har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish, mamlakatimizdagi iqtisodiy, siyosiy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;

— yoshlarni umuminsonii va xalq qadriyatlarini aks ettiruvchi madaniyat bilan tanishtirish;

— qo’shimcha bilimlar, malakalar egallashga bo’lgan ehtiyojlarini shakllantirish;

— yoshlarni yangi tuzumdagi iqtisodiy munosabatlarga tayyorlash;

— jismoniy, ma’naviy sog’lom avlodni va ijtimoiy shaxsni shakllantirishga hissa qo’shish;

— milliy madaniyat va ma’naviyatni o’rganish vositasida Vatanga muhabbat ruhini yuksaltirish;

— jamoa o’rtasida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatish ko’nikmalarini hosil qilishga o’rgatish;

— o’smirlarda insoniy qadr-qimmat his-tuyg’usini, erkin fikrlash, boshqalarga xurmat bilan qarash xulqini singdirish va ularni yanada boyitishdan iboratdir.

«Fidoyilar» klubi ish faoliyatini tashkil etish

«Fidoyilar» klubi mustaqil fikr yurituvchi yoshlarining extiyojlarini to’laroq, qondirish va ular uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Klubga a’zo bo’lish ixtiyoriydir. Klubning bir yoki bir necha yo’nalish bo’yicha shu’balari bo’lishi mumkin. Shuba a’zolarining soni 25 nafardan oshmasligi kerak. Klubning shiori: «Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat, milliy merosga hurmat!».

Klub ishiga tuman, shahar xalq ta’limi bo’limlari qoshida tuzilgan kengash rahbarlik qiladi. Saylab qo’yiladigan kengashlar kamida yarim yilda bir marotaba o`z yig’inini o’tkazadi.

Klub ishiga kasb-hunar kollejlarining ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, muassasalarda direktor rahbarlik qiladi.

Klub a’zolarining huquqiy va burchlari.

Huquqlari:

— har bir klub a’zosining manfaatlarini ximoya qilish;

— xohlagan yunalish (shubani) tanlash va undan chiqib ketish;

— klub faoliyatini yaxshilash buyicha taklif kiritish, barcha masalalar bo’yicha o`z nuqtai nazarini himoya qilish.

Burchi:


— klub obrusi haqida g’amxo’rlik qilish;

— uning maqsad va ishlarini tarrib etish.



«Fidoyilar» klubiga rahbar qilib, qaysi fandan dars berishidan qat’iy nazar, fidoyi, yuksak ilmiy, axloqiy salohiyatga ega bo’lgan vatanparvar, mexnatsevar o’qituvchilar tayinlanadi.

Nizom asosida har bir kasb-hunur kollejlari muassasalari o`z nizomlarini qabul qiladilar.

Tasdiqlangan reja asosida (reja olti oyga yoki bir yilga tuzilishi mumkin) erkin tafakkur yurituvchi «Fidoyilar» klubi a’zolari tomonidan muntazam ravishda ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarribiy-tashviqiy va madaniy tadbirlar o’tkazish yo’lga qo’yiladi. Ular o’rtasida xalqaro ko’rik tanlovlar o’tkaziladi hamda g’olib klublar televideniye orqali namoyish etilishi yo’lga qo’yiladi.

«Fidoyilar» klubi o`quvchi yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish, ular dunyoqarashiga umuminsonii va milliy qadriyatlarni singdirish maqsadlarida faoliyat ko’rsatadi.

YOshlarning o’zbek milliy kurashiga bo’lgan e’tiborini yanada kuchaytirish va milliy kurash bo’yicha yoshlar, professor-o’qituvchilar va xodimlar uchun shu’balar tashkil etish ayni muddao bo’lur edi.

Respublika oliy o’quv yurtlari yoshlari o’rtasida o’tkazilayotgan “Universiada” sport musobaqalari va bu musobaqalarni o’tkazish uchun qilinayotgan ishlar, ya’ni sport inshootlari va maydonlarni qurish, ta’mirlash, sport anjomlari bilan jixozlash kabilar maqtovga sazovordir.



TARBIYAVIY SOATLARNI O’TKAZISH YUZASIDAN USLUBIY TAVSIYALAR

(«CHEKMASDAN YOSHLIK GASHTINI SUR» dasturi asosida)

Respublikamizda ichkilik va chekishni oldini olish maыsadida tajriba-sinov tariqasida «Chekmasdan yoshlik gashtini sur» tarbiyaviy dasturi amalga tatbiq etila boshlandi.

Ushbu tadbirning tashabbuskori — «O`zbekistan British — Amerika Tobakko» qo’shma korxonasi hisoblanadi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur tadbirni qo’llab-quvvatlab boshlang’ich sinflarda axloqiy tarbiyani shakllantirish, o`quvchilarning zararli odatlarga chalinib qolishining, binobarin, ular o’rtasida tamaki chekishning oldini olish maqsadida yuqoridagi qo’shma korxona bilan hammkorlik shartnomasi tuzildi.

Hamkorlik asosida «Chekmasdan yoshlik gashtini sur» tarbiyaviy dastur loyihasi yaratildi,

Dastur loyixasi mualliflari — pedagogika fanlari doktori, prof. D.J. Sharipova va psixologiya fanlari doktori, prof. V.A. Tokareva.

Dastur tashkilotchilari va ishtirokchilari — Xalq ta’limi vazirligi, yoshlarning «Kamolot» jamgarmasi, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazi hamda «Maxalla» xayriya jamrarmasi.

Xalq ta’limi vazirligi ushbu maqsadlar uchun tajriba bazasi, loyihasining metodik asosini belgilab berib, o`quvchi-yoshlar bilan bevosita mashkulot olib boradigan o’qituvchilarning maxsus tayyorlanishini tashkil etdi.

Loyihani amalga tatbiq etish boshlanar ekan, uning qatnashchilari o`z oldilariga har bir o’smir-yoshga hayotning barcha qirralari qiziqarli ekanligini, buning uchun salomatlik va ijodiy boylik lozimligi to’g’risidagi asosiy tushunchani yetkazishni bosh tamoyil qilib qo’ygan. O`quvchilar tomonidan turli muammoli holatlarda, jumladan chekish yoki chekmaslik haqida o`z zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish, qadr-qimmatini hamda muomala madaniyati, do’stlarni tanlash, nizoli vaziyatlarni to’g’ri hal etish, boy milliy an’analarimizni saqlash masalalari bosh vazifa etib belgilandi.

Dasturning maqsadi — o’quvchilarning ijtimoiy salohiyati yuksalishida mustaqil fikr va qaror qabul qilishlariga muammoli bo’lgan vaziyatlarda, shu jumladan tamaki chekishga qarshi mas’uliyatli bir qarorga kelishlariga yordam berish. Dastur o`quvchilarda yo`zaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarning oldini olishda va turli vaziyatlarda mustaqil ravishda mas’uliyatli bir qarorga kelish lozimligi va shaxsning faollik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.

Dasturning mohiyati — shaxs tug’ilmaydi, shaxs shakllanadi.

Dastur — kasb-hunar kolleji yoshlari uchun tarbiyaviy mashg’ulot o’tkazish hamda guruh rahbarlari uchun andoza sifatida ishlab chiqilgan.

Dasturning amaliyotga tatbiq etilishining asosiy xususiyatlari:

— dasturning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;

— dastur bo’yicha kollej o’qituvchilarining mazkur dastur mualliflari tomonidan qisqa, maxsus tayyorgarlik mashg’ulotlaridan «trening»lardan o’tkazilishi;

— dastur ichki imkoniyatlarining kengligi, hayotiyligi, rivojlanib takomillashib borishi;

— dasturning xalqaro andozalariga mos kelishi, chet el tajribasidan unumli foydalanganligi;

— dasturda hamkorlikning yetakchiligi alohida urin tutishi, «Oila-kollej-mahalla-jamoatchilik»;

— dastur bo’yicha — o’qituvchilar va o`quvchilar uchun zarur bo’lgan ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlanishi;

— kollejlarda o’tayotgan tajriba-sinov jarayonining monitoringi mavjudligi;

DASTUR MODDIY ASOSGA EGA.

Tarbiyaviy dastur bosqichma-bosqich tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilmoqda.

I BOSQICH

Navoiy viloyati Navoiy shahri №16-8 maktablari o’rtasida yilining 2- yarim yilligida tajriba-sinov tariqasida o’tkazildi.

Ushbu maktab o’qituvchilari Respublika ta’lim markazida o’tgan yilning oktyabr-dekabr oylarida dastur mualliflari tomonidan qisqa muddatli «trening»lardan o’tishgan. Dastur 6- soatga mo’ljallangan.

II BOSQICH

Ma’naviyat va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, psixologlari va guruh rahbarlari taklif etilgan. Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan bu pedagoglar bevosita yosh-yoshlar bilan tarbiyaviy soatlarda mashg’ulotlar olib boradilar.

«Chekmasdan yoshlik gashtini sur» tarbiyaviy dasturi bo’yicha 24 soatga mo’ljallangan mashkulotlarning mavzusi, o’tkazish tartibi va uslubi:


Tarbiyaviy soatlarning taxminiy mavzusi:


  1. Shaxs va javobgarlik.

  2. Darsga qatnashish mas’uliyati.

  3. Shaxs sifati - uning mustaqilligi va faolligi.

  4. Shaxs obro’si va unga ojamoa o’rtasida qanday erishiladi.

  5. O`z-o`zini baholay olishshaxsning o`zligini belgilovchi omildir.

  6. O`z-o`zini baholay olish-shaxsning ruhiy sifatidir.

  7. SHaxsning o`z-o`zini nazorat qilishi va tarbiyalay olishi. O`z-o`zini tarbiyalay olishning yoshlar shaxsini kamol toptirishdagi ahamiyati. O`z-o`zini hurmat. Kamolga yetmagan shaxs jamoa o’rtasida o`zini qanday his qiladi? Do’stlari va boshqalarning tazyiqi va ta’siri.

  8. Nima uchun chekadigan bolalarning atrofdagilari ham chekishi kerak?

  9. Shaxs va alkogolizm.

  10. Spid -shaxsning o`z-o`ziga va sog’ligiga mas’uliyatsizlarcha munosabati maxsulidir.

  11. Giyohvandlik-shaxs zavolidir.

  12. Ota-ona va farzandldrning o`zaro munosabati.

  13. Ota-onalar farzandlaridan nimalarni kutadi?

  14. Farzand ota-onasidan nimalarni kutadi?

  15. Raxnamo — u kim?

  16. Kim raxnamo bo’lishi kerak?

  17. «Raxnamo» dasturi.

  18. Raxnamolik xaqida baxs.

  19. Jamiyat kommunikatsiyasi.

  20. «Inson xuquqlari» dasturi.

  21. . Shaxs tug’ilmaydi, shaxs shakllanadi.

(Ushbu mavzularda ma’ru`za, testlar, suxbat, maq,sadli o’yinlar,maxsus baxslar,maxsus mashqlar , munozaralar

Tarbiyaviy dasturning «Loyixa-Tajriba-Sinov-Taxlil-Natija» sistemasi shaklida amalga oshirilishi, uning hayotiyligini va davomiyligini, maktablarda olib boriladigan axloqiy tarbiya jarayonini sifat jixatidan yangi bosqichga olib chiqishi uchun zamin bo’ladi.

Xulosa shuki, boshlang’ich sinf o`quvchilarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda turli tarbiviy tadbirlar usullaridan foidalangan holda tashkil etish, amaliyotda o`zining ijobiy natijasini beradi.

Umumiy xulosalar

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtimizda ko’plab bayramlar nishonlana boshlandi. Ular o’z mazmunicha xalqimizning azaliy an’analarini axloqiylik, urf-odatlarini va orzu umidlarini olgan bo’lib, ommaviy tarzda muntazam nishonlanib kelayapti. Albatta, bu bayramlar kishilarga zavqu, shavq bag’ishlashi barobarida, o’quvchilarda axloqiy tarbiya xos bo’lgan, insonparvarlik, an’analarimizga sadoqat, urf-odatlarimizga hurmat xissini shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Quyida berilayotgan mustaqillik kuniga bag’ishlab o’tkazilgan “ O’zbekiston - menning Vatanim” va o’qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlab, “Ustoz - ulug’ zot” nomli bayram tadbirini maktabda o’tkazgan edik, misol tariqasida ushbu tarbiyaviy bayram tadbirlarini ishlanmasini namuna sifatida keltirdim, ushbu shodyonalarni mazmunan boy, esda qolarli qilib o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Mustaqil Respublikamiz amaliyotida qo’llanayotgan baxt qomusimizda belgilab berilgan qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan ma’naviyat qirralari: iymon, e’tiqod, mehr, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat,do’stlik, muruvvatlilik, qanoatlilik va sabr-toqatlilik, saxiylik, milliy g’urur kabi fazilatlarni shakillantirish zarurdir.

Asrlar davomida inson aql zakovati ila bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli.- dedi prezidentimiz I.A.Karimov,-xalqimiz magrur yashadi, mexnat qildi,doimo hurriyat va erk sari intildi. Buyuk allomalarimiz tamonidan yaratilgan og’zaki, yozma ijodiyot, hadisi sharif, xalq kitoblari, pandnomalarda avlod-avloddan o’tib kelayotgan iymon, e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.

Demak,

-barkamol inson uchun zarur bo’lgan ijobiy fazilatlar mohiyati, mazmunini to’g’ri tushunish hamda tahlil qilib munosabat bildirish;



-jamoada yashash, mehnat qilish malakalarini egallash;

-barkamol inson modulini tasovvur etish,uning ma’naviyatidagi zaruriy sifatlarni shakillantirish, shakl va yo’llarini izlash;

O’quvchilarni ma’naviy boy,jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab ularning tarbiyaviy darajasini aniqlash lozim.

O’quvchilar qalbini axloqiylik kabi fazilatlar, odob-axloq nurlari bilan yoritmoqchi bo’lgan tarbiyachi-o’qituvchi chqur bilim,keng mahorat va tarbiyachilik san’atini egallamog’i darkor.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi kursining maqsadi:

-bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni nazariy va amaliy asoslari haqida bilim berish;

-insonni ma’naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalashda o’zbek xalqining milliy va ma’naviy qadriyatlaridan foydalanish, manbashunoslikka o’rgatish;

-tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda o’quvchi-yoshlarning ruhiyati, qiziqish, jamoadagi ijobiy va salbiy sifatlarning mavjudligi darajasiga e’tibor berish;

-tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligini oshrishda yangicha ishlash metodi va shakillaridan foydalanish san’atiga ega bo’lish kabilar.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi kursida tarbiyaviy tadbirlarni olayotgan o’quvchilarda milliy mafkurani shakillantirishga qaratilgan ilg’or ish tajribalardan namuna tariqasida foydalanish lozim.

Pedagoglar ish tajribalarining ko’rsatishicha, qayerda o’quvchilarga yuksak talabchanlik, hurmat,muxabbat,ishonch kuchli bo’lsa, o’sha yerda tarbiyaning ta’siri kuchli bo’ladi.

Yurtboshmiz I.A.Karimov ta’lim tarbiya masalasini mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muximligini shunday ifodalaydi.”Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot,yo najot, yo halokat, yo saodat,yo falokat masalasidir”degan fikrini ko’p mulohaza qilaman.

Buyuk marifatparvarning bu so’zlarini asrmiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bhlgan bo’lsa hozrgi kunda biz uchun ham shunchalik balki undan ham ko’ra muhim dolzarbdir.CHunki ta’lim tarbiya-ong mahsuli,lekin ayni damda ong darajasi va uning rivojini, ham belgilaydigan omildir.

Binobarin,ta’lim tarbiya tizmini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bulmaydi. Ongni tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad-Ozod va obod jamiyatni barpo etib bulmaydi.



Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturi”,asosida ta’lim tarbiya islohatlari keng amalga oshirlmoqda. Xalqimiz ma’rifati va ma’naviyatini yuksaltirishga harakat qilinmoqda.Er,oila,ota-ona,mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat,ishonch,vijdon erkinlik –ma’naviyat ma’rifatning ma’nosi ana shunday juda kengdir.Erkin fuqorani ongli mustaqil fikrga ega bo’lgan aqlan barkamol, jismonan sog’lom,ma’naviy yetuk, shaxsni tarbiyalash xozrgi kunning muhim talabidir.Bu boradagi ishlarni aniq maqsadni amalga oshrish uchun davlat ahamiyatiga mollik dasturlar rejalar dasturlar ishlab chiqildi.Birgina utayotgan yillarning atalishida ham buni kurish mumkin.1997 yil “Inson manfatlari yili deb e’lon qilindi.Jamiyatdagi fuqoralar manfatini himoya qilinmagan ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli bo’lolmaydi.Shu bois ham avvalo inson qadri qimmati oliy darajaga ko’tarildi.1998 yil “Oila yili” deb e’lon qilindi. Ayol onaning jamiyatda,urnini, kelajagini, belgilashdagi bir qancha qarorlar qabul qilindi.Ayolning bola tarbiyasidagi muhim urni ham hisobga olindi va ularga e’tibor yanada kuchaydi. 2000 yil-“Sog’lom avlod yili” deb e’lon qilindi.Bu bilan yuqoridagi maqsadlar,niyatlar bilan birga bir narsaga –ya’ni buyuk kelajak barpo etila boshlandi. Kelajagimiz bulgan yosh avlodni har tamonlama sog’lom insonlar qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar yanada kuchaytirilib yuborildi.2001 yil-“Onalar va bolalar “ yili deb e’lon qilinib,ona va bolalarga katta g’amxurlik ko’rsatildi.Bu oldindan e’lon qilingan yillarning mantiqiy davomi bo’lib,belgilangan ijobiy ishlar yanada kengiroq davom ettirilib borildi.2002 yili”Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilinib,jamiyatimizning hech bir qatlami e’tibordan chetda qolmasligi ko’rsatilishi bilan birga o’zbek xalqining keksalarga hurmat saqlash borasidagi azaliy qadriyatlar ham yana bir bor o’z ifodasini topdi. 2003 yili “Obod mahalla”,2004- yil “Mehr va muruvvat” va 2005- yil “ Sihat- salomatlik” yili, 2006 yil “ Xomiylar va Shifokorlar”yili, 2007 - yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008 - yil “Yoshlar yili”, 2009 –yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010 - yil “Barkamol avlod”, 2011 yil “Kichik beznes va tadbirkorlik”, 2012 yil “Mustahkam oila”yili deb e’lon qilinishi bejiz emas. Bularning barchasi Vatan el –yurt uchun,Vatan farovonligi uchun qilinayotgan buyuk ishlardir.1993 yil ”Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontsepsiyasi”, 1997 yil esa O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g’risidagi qonun”va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bulardan ham asosiy maqsad yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek, ta'lim va tarbiya tizimini tubdan isloh qilish har tamonlama komil insonlarni va yetuk kadrlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Ayniqsa biz yoshlarga bo’lgan e’tibordir, chunki kelajak yoshlar qo’lida. Biz yoshlar “Vatan” degan so’zni el-yurt, xalqimizning farovonligi uchun quyidagilarga o’z qalbimiz va ongimizda rivojlantirib borishimiz zarurdir.

- Axoqiy tarbiya me’zonlariga mos xislatlarni shakllantirish, qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat xislarini rivojlantirish;



-O’zimiz yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish yo’lida g’amxo’rlik qilish;

-O’z xalqimiz, davlatimiz, uning himoyasi uchun hamisha shay bo’lish;

- Mehnatga bo’lgan ijodiy munosabatimizni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi uchun intilish;

- Axloqiy (mehribonlik, shafqatlilik, adolatparvarlik) fazilatlarni o’z ongimizda takomillashtirish;

Ko’rinib turibdiki, biz yoshlarda axloqiy tarbiyani shakllantirish uchun yaxlit umumiy ma’daniyatni shakllantiruvchi metodika tarkib topmaguncha,yangicha yondoshmagancha bu masala o’z yechimini topa olmaydi.

Ayrim hollarda, ta’lim berishda asosiy urg’u bilim berishga qaratilishi va ba’zi tarbiyaviy masalalarda ma’suliyatsizlik tufayli ba’zi yoshlarimizning boshi berk ko’chaga kirib qolish hollari uchramoqda, shu sababli bugungi kunda jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy negizini takomillashtirish maqsadida taqdim qilinayotgan o’quv materiallarining g’oyaviy jihatdan yetuk bo’lishiga erishish zarur. Bunda o’quvchilarda axloqiy tarbiyani singdirish orqali umumiy ma’daniyat saviyasini o’stiradigan, zarur bo’lsa, xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etuvchi tizim orqali ta’sir etish zarur.




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin