Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/6
tarix07.03.2017
ölçüsü0,52 Mb.
#10591
1   2   3   4   5   6

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga joriy etishning birinchi bosqichi tahlili keng ko’lamdagi ishlar bajarilganligidan dalolat beradi. Ammo, xolisona baho berganda amalga oshirgan ishlarimiz bugungi kun talablariga tuliq javob bermaydi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra ta’lim sohasidagi o’zgarishlarning yuzakiligi, ta’lim — tarbiya jarayonida faollashtirish omillari, samarali pedagogik texnologiyalardan yetarli darajada foydalanilmayotganligi, yoshlarning o’qishga bo’lgan munosabati kabilar haqida yorqin taassurot hosil qilish mumkin.


Yuqoridagi fikr mulohazalardan har bir o’quv predmetini o’rganishdan maqsad, vazifalari, mazmuni va o’rganish tartibini aniq belgilab olish zaruriyati kelib chiqadi.

O’quvchilarining o’zlashtirishi, qizshqishi, individual xususiyatlari va shart—sharoitini hisobga olib hamda chet el tajribalariga tayanish lozim.

Hozirgi vaqtda yurtimizda yoshlarda demokratik tafakkurni rivojlantirish jarayoni xalqimizning asrlar davomida takomillashib kelgan qadriyatlari hamda ilg’or umumbashariy qadriyatlar asosida amalga oshirilmoqda.

Insonning milliy madaniyat muhitida o’zini erkin his qilishi turlicha bo’lgani kabi, umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish va o’zlashtirishga moyilligi ham turlichadir. Bu jihatni yoshlarda demokratik tafakkurni rivojlantirish jarayonida hisobga olish zarur. Shaxs ma’naviy dunyosining individual rivojlanish tarixi, u o’zlashtirgan qadriyatlar tizimining umuminsoniy qadriyatlarga mosligi demokratik tafakkurga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish demokratik qadriyatlarni o’zlashtirishga xizmat qiladi. Bunda milliy standart va andozalarga asoslangan xususiyatlarni sun’iy ravishda saqlab qolishga intilish emas, ularning ijobiy jihatlarini saralab, umuminsoniy mohiyatga ega bo’lgan demokratik qadriyatlar tizimiga singdirish jarayonining muvaffaqiyatli xar bir shaxs va hamda millatning o’zligini anglashi va namayon qilishiga bog’liq bo’ladi.

Demokratik tamoyillar yaratadigan qadriyatlar inson tabiatiga mos, rivojlanish bosqichlariga monandligi tufayli yoshlarda demokratik tafakkur tarzining yuksalishiga ko’maklashadi. Faqat har bir shaxs o’z ijtimoiylashuvi jarayonida ularning afzalliklarini chuqur his etishi, ongli ravishda ularni o’z qadriyatlari tizimiga qo’shib, demokratik qadriyatlar beradigan imkoniyatlardan foydalanish uchun faollik ko’rsatishi zarur. Ana shu “ichki mexanizm” harakatga kelgandagina demokratik tamoyillarga amal qilish ko’nikmalari eski ko’nikmalarni mag’lubiyatga uchratadi, ularni ijtimoiy va individual ong orasidan siqib chiqaradi.

Globallashuv sharoitida jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari shaxs erkinliklariga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi axborot vositalari, ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar infratuzilmasi faoliyati shaxs erkinliklarining tashqi chegaralarini kengaytiradi, shu bilan birga, jamiyatni modernizasiyalash imkoniyatlarini oshiradi. Albatta, bu jarayonlar oshkora yoki ko’zga ochiq tashlanmaydigan kurash, vujudga kelayotgan ziddiyatlarni yengish natijasida ro’yobga chiqadi.

Ziddiyatlarni hal qilish jarayoni vaziyatni o’z ehtiyojlariga qarab o’zgartirish, shaxs va guruxlarning birlashishiga sabab bo’ladi. Shu tariqa shaxs erkinliklari chegarasi kengayib boradi. Barcha fuqarolar shunday harakat qilsa, jamiyatda inson erkinligini ta’minlash uchun kurash ko’nikmasi shakllanadi. Bu borada erkinliklar axloqiy, madaniy muloqot me’yorlari bilan cheklanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Obyektiv ahamiyatga ega va shaxs faolligi bilan bog’liq subyektiv jarayonlarning uyg’unlikdagi ta’siri jamiyatni ruhiy sog’lomlashtirishga beqiyos xizmat qiladi. Natijada axloqsizlik, loqaydlik, boqimandalik, tushkunlik, kelajakka ishonchsizlik alomatlari yo’qola boshlaydi.

Hozirgi davrda mafkuraviy kurash o’ta murakkablashib, alohida davlatlar chegaralaridan chiqib, eng dolzarb umuminsoniy muammolardan biriga aylanmoqda. Uning shakllari, usul va vositalari o’zgarib, takomillashib bormoqda. Bunday vaziyatda turli tahdid va ta’sirlarga faqat yoshlarning ongini mustahkam egallagan kuchli g’oya, demokratik tafakkur asosida doimo hushyor va ogoh bo’lib qarshi turish mumkin. Ayniqsa, g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish tamoyiliga amal qilgan holda, ma’naviy – mafkuraviy ishlarni uzluksiz amalga oshirish katta ahamiyatga ega.



2-BOB. AXLOQIY TARBIYANING MAVJUD METODLARINI TAKOMILLASHTIRISHGA YANGICHA YONDOSHUVLARDAN FOYDALANISH YOLLARI

2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim jarayonida axloqiy tarbiya berish yollari

Umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf bolalarni axloqiy tarbiyalash dars jarayoni, sinfdan va maktabdan tashqari turli-tuman ishlarda olib boriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari odob va odobsizlik haqida tushuncha oladilar.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiya tushunchalarni darsda “Odobnoma”, “O’qish”, “Musiqa”, “Konstitutsiya asoslari” “Tasviriy sa’nat” fanlari orqali oilada,bog’chada uzluksizlik bilan shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. Axloqiy tarbiya yoshi va o’quvchining to’g`ri yo’nalish olishi uchun xal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muxitni (oila, o’rtoqlar va do’stlar muxiti) ham hisobga olganda shaxsning butun xayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning yo’l va usuldari o’quvchilarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni tashkil qilishda aloxida xususiyatga ega. Ushbu yo’llarni ko’rib chiqaylik. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi: inson xayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to’g`risida keng tasavvur beradi.

Axloqiy tasavvurlar, qarash, muloqaza, baxoni berishni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi:

o’quvchilarni o’zlarining axloqiy tajribalarini mushoqada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;

— turli manbalardan axloq to’g’risida olingan bilimlarni to’g’rilaydi;

— shaxsning o’zini axloqiy tarbiyalashga yordam beradi.

Axloqiy bilim asosan axloq to’g’risidagi sushbatlar, ma’ruzalar, mavzuiy kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchrashuvlar, o’quvchilar konferensiyasi va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.

Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda o’quvchi-larning yosh xususiyatlarini, ularning shaxsiy axloqiy tajribalarini, axloqiy me’yorlar to’g’risidagi xabar dorlik darajasini, axloqiy soshasidagi o’zlashtirgan bilimlarining axloqiy talablari bilan munosabatini xisobga olish zarur.

Axloqiy me’yorlarni tushuntirish axloqiy bilimlarning poydevori bo’lib xizmat qiluvchi dunyoqarashga tayanilganda samarali amalga oshiriladi. Masalan, insonning vatanga munosabatining axloqiy moxiyatini ochib beruvchi axloqiy tushunchalar, davlatning ijtimoiy tuzilishi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ijtimoiy va madaniy qadriyat aniq tushunilgan xoldagina o’zlashtirilishi mumkin.

Axloqiy bilim axloq soxasidagi bilimning etik tasvirlari bilan qo’shilib ketgandagina eng yuqori samaraga erishiladi.

SHaxsning axloqiy rivojlanishi axloqiy extiyojlarni shakllantirishni o’z ichiga oladi: mexnatga, muloqotga, madaniy qadriyatlarni o’zlashtirishga, bilish qobiliyatini rivojlantirish va boshqalarga extiyoj seziladi. Bu extiyojlar o’quvchilar faoliyati va munosabatlarining real tajribasida rivojlanadi. Ko’p qirrali faoliyat jarayonida xatti-xarakatning ijtimoiy foydali ko’nikmalari, axloqiy odatlar, barcha axloqiy takror munosabatlar shakllanadi.

Axloqiy odatlarni tarbiyalashda o’quv yurtining umumiy muxiti katta axamiyatga ega. An’analar, jamoa qonunlari bilan qo’llab-quvvatlanayotgan fe’l-atvorning shakllanish usullari o’quvchilar tomonidan yengil o’zlashtiriladi Fe’l-atvor tajribasini tashkil qilish asosan barqaror ijobiy ta’sir vositalarini yaratishdadir.

Axloqiy me’yorlarni o’zlashtirish insonning bu me’yorlariga emotsional munosabati bilan boydi. Axloqiy me’yorni ma’lum ma’noda u yoki bu xatti-xarakatni keltirib chiqarishga undovchi sabablar xam belgilaydi.

Axloqiy tuyg’u, axloqiy iztirob va axloqiy munosabatlar qat’iy shaxsiy ma’naviy qiyofaga ega. Ular insonni oliyjanob xarakat va niyatlardan qoniqtiradi, axloqiy me’yorlarni buzganlarida vijdon azobiga soladi.

Bolalik yoshi tuyg’ularning rang-barangligiga muxtoj va tarbiyachining vazifasi boladagi tuyg’ular ob’ektiga ijtimoiy zarur yo’nalish bera bilishdir.

Psixologlarning aniqlashlaricha, kichik maktab yoshi axloqiy talab va me’yorlarni o’zlashtirishga moyilligining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu shaxs rivojlanishiga o’z vaqtida axloqiy poydevor qo’yish imkonini beradi. Kichik yoshda shaxsning axloqiy rivojlanishini belgilovchi tarbiyaning moxiyati bolaning xissiy xozir javobligiga tayanuvchi insonparvarlik munosabat va o’zaro munosabatlarini shakllantirishdan iborat.O’smirlik yoshida yaqin atrof muxitini o’zlashtirishda muayyan tajriba paydo bo’ladi, tengdoshlar bilan barqaror aloqalar o’rnatiladi, o’z-o’zini anglash, xususiy shaxsini tasdiqlashga extiyoj kuchayadi. O’smir atrofdagi kishilar namunasiga ergashadi, ideal axtarish, o’z mavqsini belgilash vositasini tanlashga intiladi.

O’z-o’zini anglashni rivojlantirish, o’z o’rnini topish extiyoji o’spirin uchun xarakterli xususiyatdir. Bu extiyoj inson shaxsiga qiziqish, insonlarning ishlariga, ularning asoslangan doirasiga taxliliy yondashish tuyg’ularini shakllantiradi.

O`z-o’zini anglash xissiyoti rivojlanishining ma’lum bosqichida o’spirinda xayotda o’z o’rnini topish extiyoji paydo bo’ladi. Bu extiyoj shaxsning ijtimoiylanuvchi jarayoni, ilgarigi xayotiy tajribasi, ruxiy va jismoniy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari qanday o’tishiga bog’liq ravishda nixoyatda qarama-qarshilikda namoyon bo’ladi.

O`z mavqsini belgilashga intilish o’spirinlik vaqtida tez-tez namoyon bo’lib turadigan faol mustaqillikning o’sishi bilan qo’shilib ketadi. Xozirgi o’quvchilarning intelektual rivojlanishi ayrim xollarda eng avvalo atrofidagi odamlar bilan o’zaro munosabat va o’zaro ta’sirda oliy ma’naviy tuyg’u va axloqiy xatti-xarakat tajribasidan o’zib ketadi.

Usmirlik va o’spirinlik yoshi tarbiya uchun qiyin davr xisoblanadi, xolbuki, agar tarbiyachi o’quvchini, oilasini, uning rivojlanishida yuzaga keladigan qiyinchiliklarning xarakterini bilsa, bu qiyinchiliklarning oldi olinishi mumkin.

Maktab o’smirni oilaviy xayotga tayyorlashi lozim. Mana shunday tayyorlashning muxim vositalaridan biri yaxshi tashkil etilgan tarbiyadir. Jinsiy tarbiya axloqiy tarbiyaning elementidir. Uni to’g’ri amalga oshirish shaxsning garmonik rivojlanishi, uning axloqiy sog’lomligi uchun katta axamiyatga ega. Bundan tashqari axloqiy tarbiya berishda xalq pedagogikasining o’rni beqiyos—xalq pedagogikasidagi xalq og`zaki ijodi (topishmoq, rivoyat, xikoya, ertak, maqol, masal), xalq yozma ijodi (yozma manbalar — dostonlar), xalq —amaliy san’ati (kulolchilik, naqqoshlik, zardo`ztlik, zargarlik va b.) alloma, donishmand va buyuk mutafakkirlar ma’naviy, ilmiy, ma’rifiy ijodi misol bo`ladi. Ushbu mavzuda faqat o’tmishning ijobiy tomoniga, ya’ni xalqimizning o’tmishda asrlar davomida yaratilib kelingan progressiv ijobiy faoliyati natijalariga e’tibor berar ekanmiz, bunda asosan xalqimizning o’zligini anglashda bevosita o’tmish ma’naviy merosiga – madaniyatiga jahon sivilizatsiyasidan o’zining munosib o’rniga ega bo’lgan madaniiy munosabatlariga to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi.

Madaniyat – bu voqelik, ob’ektivlik, jamiyatning ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy va ma’naviy xayoti soxasida insonlarning qo’lga kiritgan mehnat faoliyatlari natijalaridir. Madaniyat ikkita – katta soxaga: ma’naviy va moddiy madaniyatda bo’linadi.

Agar moddiy – ishlab chiqarishda va moddiy ne’matlarni iste’mol qilishda insonning ijtimoiy – biologik mavjudod (istemollik) sifatida mohiyati namoyon bo’lsa, ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanishda ma’naviy faoliyatida insonning ijtimoiy-madaniy (sotsial) mavjudod sifatidagi mohiyati namoyon bo’ladi.

Ma’naviyatni – teranlikka, mukamallikka, go’zalikka, ezgulikka, yaxshilikka, obodonchilikka, to’kin-sochinlikka, baxt-saodatiga eltuvchi yo’l deb tushunmoq kerak. YA’ni, ma’naviyat – shunchaki shaxs xislatlari, fazilatlari va ular yaratgan barcha ne’matlar majmui bo’lmasdan, balki insoniy – ijobiy xislatlar, fazilatlar va ma’naviy komil insonni tarbiyalashga xizmat qiluvchi ma’naviy madaniyat majmuidir.

Ma’naviy madaniyat – bu tarixiy qadriyatlar, ilmu-fan, san’at, adabiyot, falsafa, huquq, ta’lim, tarbiya va diniy, dunyoviylik asosida ishlab chiqilgan ma’naviy ne’matlar majmuidir. Milliy, diniy va dunyoviy urfu-odatlar, an’ana va marosimlar, zamonaviylik va siyosiy, ilmiy, falsafiy, huquqiy-axloqiy, etika, estetik va diniy qarashlar, g’oyalar, normalar, ommaviy axborot va shunga o’xshash soxalarning aql, qalb, ong va tafakkur maxsuli natijalaridir. Qadriyatlar tarix saboqlarida namoyon bo’lguvchidir.

Qadriyat – bu ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotlar maxsuli, voqelik, borliqdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy, madaniy ahamiyatni barcha ob’ekt, sub’ekt (misol: inson, insoniyat, tinchlik, erkinlik, do’stlik, go’zallik, yaxshilik, madaniy, moddiy va ma’naviy meros, urf-odatlar va h.k.) bo’lib, xalqimiz intelektual mentalitetini tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida, ya’ni, qadriyatlar darajasiga ko’tarilishi mumkin bo’lgan turli ijtimoiy, ijobiy soxalar – axloqiy, huquqiy, estetik, ilmiy, diniy, dunyoviy – me’yorlar, normalarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish natijasida turli urf-odatlar, an’ana va marosimlar, yo’nalishlar, ishlab chiqarilgan maxsulotlar, xalq ommaviy harakati, jamiyatda progressiv rol o’ynab, takrorlanib, zamonaviylashib, zamonga muvofiqlashib boradigan voqea, hodisa natijalari ma’naviy qadriyatlardir.

Ma’naviy qadriyatlar – ma’anviy e’tiqodni vujudga keltiradi, e’tiqod esa irodani mustahkamlaydi. Demak, e’tiqod ma’naviyatning ustuni, iroda esa e’tiqodning tarkibiy qismini tashkil etadi va ma’naviyat mustahkam manbaiga va asosiy yo’nalishiga ega bo’ladi. Ma’naviy yo’nalishlarning xarakteriga muvofiq, ular uch guruxga:

- milliy ma’naviyat;

- mintaqaviy (regional) ma’naviyatga;

- umuminsoniy ma’naviyatga bo’linadi.

Milliy ma’naviyat – har bir ham mamlakat, davlatning ma’naviy merosi, kuch-qudrati, kelajak ravnaqidir, o’tmishi va uning jahon sivilizatsiyasida xalqning, millatning o’rnini belgilab beruvchi, kelajak avlodga namuna bo’lishga layoqatli ma’naviy sifatlari, ma’naviy salohiyati – ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, mafkuraviy, maishiy faoliyati majmuasidir, ma’naviyatning madaniylashgan merosidir. Bu esa bevosita umumbashariy ma’naviy madaniyatning ajralmas bir qismidir.SHu sababli milliy ma’naviyatimiz milliy istiqlol mafkuramizning asosiy negizi hisoblanadi va o’tmishda kimligimizni bilishga, o’zligimizni anglashga manbaviy vosita hisoblandi.

Mustaqillik tufayli, biz bu milliy ma’naviyatimizni tiklashga, o’rganishga, uni yanada jahon sivilizatsiyasining tarkibiy-ajralmas qismida mustahkam bo’lib qolishga imkoniyat yaratildi. O’tmishga munosabat aniq yo’nalishga ega bo’ldi.

O’zligimizni bilish uchun o’tmishga bo’lgan munosabat masalasida shuni ta’kidlash lozimki, dastlab xalqning o’zi o’tmishiga bo’lgan munosabati, davlati, davlat siyosatida o’tmishga bo’lgan munosabatda eng muhimi davlat boshlig’ining o’z xalqi, o’z davlati o’tmishiga bo’lgan munosabati alohida o’ringa, muhim ahamiyatga egadir. Bu jarayonlarga ijtimoiy-siyosiy tizim ham alohida rol va ahamiyatga egadir.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan kundan boshlab nafaqat o’tmishni eslash, balki o’tmishimizni chuqur o’rganishga, “biz kim edik, kimmiz, kim bo’lamiz”ligiga amal qilib, yurt boshimiz o’zining butun diqqat e’tiborini o’tmishimizga, o’tmish ma’naviyatimizni o’rganishga, uni davlat siyosati darajasiga ko’tarishga harakat qildi va amalda qo’llashga, o’tmishimiz “Sobiq Sovet” davrida targ’ibot qilinganidek xalqimiz “savodsiz”, “ma’naviyatsiz” bo’lganmi, bo’lmaganmi, uni aniqlashga kirishdi.

Hurmatli Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlab o’zining har bir chiqishida, ma’ruzalarida, yozgan risola va asarlarida alohida e’tibor berib o’tmishni chuqur o’rganish, tariximizni ob’ektiv taxlil qilishga e’tibor qaratdi va qaratmoqda. O’zligimizni bilishga asosiy manba bo’lgan o’tmish ma’naviy-axloqiy merosimizni chuqur o’rganishda va bu sohada o’zining nazariy xulosasini berdi.

Hurmatli Prezidentimizning bu masalada quyidagi asarlarini ko’rsatish mumkin.

Jumladan, - 1993 yildayoq

- “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” asari. Unda “Ma’naviyat – ona suti ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan kiradi” degan keng mazmunli fikrni bildirgan edi.

- “Bozor munosabatlari va ma’naviyat” 1992 yilda so’zlagan nutqi.

- “Ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajaga qo’taraylik” – 1994 yil 22 sentyabrdagi so’zlagan Oliy Kengashdagi nutqi.

- “Ota bobolarimiz e’tiqodini hurmat qilaylik” 1992 yil 5 apreldagi nutqi.

- YUrtimizning nufuzli zotlari bilan 1993 yil apreldagi “Elni Vatan manfaati birlashtiradi” mavzuidagi uchrashuvi.

- “Ilmu-fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilsin” mavzuida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi umumiy yig’ilishida 1994 yil 7 iyuldagi ma’ruzasi.

- “Ma’naviy qadriyatlar – milliy iftixorimiz” mavzuidagi Oliy Majlis 1-nchi sessiyasi (XII-chaqiriq)da 1990 yil 24 martdagi nutqi.

- “Bilimdon, ma’naviy yetuk insonlarni yetishtiraylik” XII-chaqiriq Oliy Kengashning XIIIsessiyasida 1993 yil 2 sentyabrdagi ma’ruzasi.

- “Ma’naviy meros qudrati” – 1992 yil 31 avgustda “Mustaqilligimiz 1-yilligiga bag’ishlangan tantanada so’zlagan nutqi va boshqa asarlari va nutqlarida o’zligimizni anglashda xurmatli prezidentimiz quyidagi nazariy fikrga keladi. Ya’ni, “O’zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, ulug’ ajdodlarimizdan avlodlarga o’tayotgan ma’naviy merosning kuchliligida, fuqarolarimizning el-yurtga, ona zaminga bitmas-tuganmas mehrida, milliy g’ururimizda”-degan xulosaga keladi.

Ma’naviyat ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan singadi va bu fikrni amalda qo’llash maqsadida ma’naviy merosimizni o’rganishlikni davlat siyosati darajasiga ko’tarishga da’vat etadi. Umuman 1994 yil oxirigacha I.A.Karimovning qariyb shu mazmunda 40-dan ziyod kitobi chop etildi. Bu kitoblarda milliy qadriyatlarimizni, ma’naviy merosimizning naqadar salohiyatli ekanligini isbotlab beradi, o’zligimizni bilish uchun, kelajak istiqboli uchun ma’naviy merosimizni o’rganish naqadar zarur ekanligini ta’kidlaydi.

Shu sababli ma’naviyatni rivojlantirish, o’tmishga to’g’ri munosabat o’rnatish maqsadida, uni davlat siyosati darajasiga ko’tarish maqsadida prezidentimiz tashabbusi bilan – 1994 yil 23 aprelda “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida”gi va “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi 1996 yil 9 sentyabr farmonlari. “Ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 iyuldagi maxsus qarorlari va boshqa qarorlarida o’z aksini topgan. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 1997 yildan boshlab oliy o’quv yurtlarida “Ma’naviyat va ma’rifat asoslari” fani maxsus kursi o’qitila boshlanishi bu sohada muxim axamiyatga ega bo’ldi. SHu bilan bir qatorda, 1999 yilda “Vijdon erkinligi to’g’risida (yangi taxlilda) qaror qabul qilinishi;

1992 yildayoq Vazirlar Maxkamasi qoshida “Din ishlari bo’yicha” maxsus qumitaning tuzilishi va “Navro’z” bayrami, Ro’za va Qurbon xayitlarini o’tkazishning qayta tiklanishi – tarixiy axamiyatga ega voqealardir.

YUqoridagi Prezidentimiz farmonlari, hukumatimiz qonun va qarorlari asosida ma’naviyatimizni o’tmishimizning salohiyatli merosi va qadriyatlarini o’rganib, amalda bajarishni davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi va uning xalqimiz istak va maqsadlariga muvofiq bo’lishi uchun birqancha tadbirlarning o’tkazilishi o’zligimizni anglashda muxim ma’naviy axamiyatga ega bo’ldi.

Mana qariyb 10 yilgi Oliy maktablarda ma’naviyatimiz fan sifatidagi – maxsus kurs yosh yoshlarimizga o’qitilib o’tmishimiz ma’naviyati asosida ta’lim-tarbiya berilmoqda.

- Mustaqillikka erishganimizdan beri jahonga mashhur o’tmishda o’tgan buyuk ajdodlarimiz, buyuk siymolarimizning va ulug’ shaharlarimiz yubileylari nafaqat O’zbekistonda, balki jahon miqyosida o’tkazilishlari – jumladan, YUNESKO (BMT huzuridagi fan-maorif, madaniyat sohasi bo’yicha tashkilot) hamkorlikda, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Maxdumi A’zam yubileylari, Mirzo Ulug’bek tavalludining (1994 yili) 600 yilligi, Amir Temur tavalludining (1996 yili) 660 yilligi, hozir esa 670 yil, Qarshi shaxri 2700 yilligi, 1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining – 2500 yilligi, 1998 yilda Axmad Farg’oniy tavalludining – 1200 yilligi, 1998 yilda Imom al-Buxoriyning tavalludiga – 1225 yil to’lishi, 1999 yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, “Alpomish” eposining 1000 yilligi, Kamoliddin Bekzodning 545 yilligi – 2000 yilda, 2001 yilda “Avesto”ning 2700 yilligi yubileylari o’tkazildi.

Undan tashqari quyidagi qadimiy shaharlarimizning yubileylari nishonlandi: Jumladan, 2001 yil Termiz shaxrining 2500 yilligi yubileylari nishonlandi, 2006 yilda Qarshi shaxrining 2700 yillik yubileylari, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg’ilon shaxrining 2000 yillik yubileylari o’tkazildi.

Bulardan tashqari qanchadan-qancha o’tmishimizga, o’tmish ma’naviyatimizga bog’liq bo’lgan tadbirlar o’tkazildi va o’tkazilmoqda.

Xo’sh, bulardan maqsad va asosiy xulosa nima? u ham bo’lsa:

1. O’tmishimiz nihoyatda ma’naviy meros va qadriyatlarga boy ekanligi, o’zligimiz faxrli, g’ururliligi, milliy g’urur va iftixorli ekanligidan dalolat beradi va uni o’rganish, namuna olish zarur va dolzarbligidan iboratdir.

2. O’tmishimizdan kelajak avlod g’ururlanib, namuna olish, uni zamonaviy yutuqlar bilan boyitib, vatanga sadoqat, vatanparvar, insonparvar, o’z xalqiga, el-yurtiga mehribon komil inson, barkamol avlod ruhida tarbiyalashdan va tarbiyalanishdan iborat.

3. SHu maqsadda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning o’tmishini, ma’naviy merosini mustahkamlash va rivoojlantirish, insonning o’z erkini, imkoniyatlarini namoyon qilib, o’zligini chuqur anglab, “biz kim edik, kimmiz, kim bo’lamiz” kabi falsafiy, aql, qalb, ong, tafakkurga rioya qilib, kelajagimiz buyuk bo’lishligi uchun – ona suti bilan kirgan, ota namunasiga, ajdodlar o’gitiga asoslangan holda yoshlarni ma’naviyatli qilib tarbiyalashdir.

4. Hurmatli Prezidentimizning quyidagi fikriga amal qilish va faoliyat ko’rsatish davr talabidir. I.A.Karimov shunday degan: “Ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajaga ko’taraylik! Umumbashariy va milliy qadriyatlarni uyg’unlashtiraylik, uning negizida milliy ong va demokratik tafakkur tarbiyasini kuchaytiraylik”. (I.Karimov 1994 yil 22 sentyabr Oliy Kengashidagi nutqi).

O’tmishdan, o’tmish ma’nviyatidan, nimalardan va qanday namuna olish mumkin? Jumladan,

- “Avesto” xalqimizning qadimiy yozma muqaddas kitobi. U 21 kitobdan iborat, hozirgi kunda 4-tasi bor.

“O’zinga ravo ko’rmaganni, o’zgaga ravo ko’rma” shioridan;

- Abu Abdulloh Muhammad Imom Buxoriy – hadis ilmi sultoni – 600 ming hadisni yig’ib 100 ming hadisni ajratib 7275 to’g’ri hadislarni to’plagan “AS-sahix” 4-ta kitobida o’z aksini topdi. Islom dunyosida u yagonadir. Undan o’rganishni;

- Movarounnaxrda o’tmishda aslzoda boy zodagonlar, sarkarda, siyosiy arboblar, shahzoda va podshohlar o’z xazinasidan – xalq uchun jamoa binolari – xonakoxlar, miyon saroylar, masjidu-maqbaralar, madrasayu-oliyalar, ko’prik, yo’llar, davolanish uylari, qalandar xonalar qurib qoldirganlar. Ulardan namuna olishni;

Amir Temur, temuriylar davri ma’naviyatidan samarali, zamonga muvofiq foydalanishni Sobiq Sovet davrida ma’naviyat haqida o’tmish ma’naviyati haqida biron davlat arbobi shug’ullanmaganligidan xulosa chiqarishni o’rganmoq, kelajak yoshlarga o’rgatmoq hozirgi davr va istiqlolimiz taraqqiyoti taqqoza etmoqda.O’zbekistonda sog’lom turmush tarzini rivoji bilan uzviy bog’langan bo’lib, sog’lom va barkamol avlod tarbiyasida alohida ahamiyat kasb etadi. Ana shu muhitni, sharoitni insoniylashtirmay turib, yoshlarning jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarini o’rganmasdan ularning ongi va tafakkuridagi o’zgarishlarni bilish qiyin. Inson tafakkuri uning yashash tarzi va yashamoq orzularining mushtarakligi orqali shakllanadi.

Islom Karimov sog’lom avlod dasturini tasdiqlashga bag’ishlangan majlis (2000 yil 24 fevral)da so’zlagan nutqida ta’kidlagan ediki, mustaqillik yillarida O’zbekiston bolalari zamonga mos, Vatanimizga, xalqimizga munosib ravishda o’zgarib bormoqda. Biz XXI asrga kirib bormoqdamiz. Bu asrda qaysi davlat qudratli, qaysi xalq kuchli bo’ladi, degan savolga yurtboshimiz «aholisi intellektual nuqtai nazardan barkamol, yoshlari bilimli, or-nomusli, vatanparvar bo’lib o’nib-o’sadigan davlat»9 deb javob beradi. CHunki mustaqil O’zbekistonning barcha ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlarining zamirida komil insonni tarbiyalash vazifasi yotadi. XXI asrdan boshlab insoniyat taraqqiyoti intellektual taraqqiyot va intellektual avlod qo’liga o’tadi. «YAngi ming yillikda davlatlarning, xalqlarning taqdirini moddiy boylik emas, intellektual, ya’ni ma’naviy-ma’rifiy boylik hal qiladi»10.

Bunday ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy ahamiyatga molik bo’lgan vazifa va mas’uliyatni yoshlar ongiga chuqur singdirmay turib erkin, ozod va sog’lom turmush tarzini barpo etib bo’lmas edi. CHunki, har bir yosh avlod kelajagi porloq bo’lgan ijtimoiy tuzumda yashashi uchun oldin uni mafkuraviy, g’oyaviy va estetik jihatdan anglashi, tafakkurini shu ruhda tarbiyalab ma’naviy yuksalish yo’liga qadam tashlash lozim. SHu bois yoshlarning ma’naviy-axloqiy tafakkuriga ta’sir etadigan mafkuraviy omillar tizimini ishlab chiqish zaruriyati tug’ildi va bu narsa mamlakatimizda amalga oshirila boshlandi.

Mustaqillikdan so’ng yangi zamon, yangi mafkura va yangi ijtimoiy-milliy manfaatlarga mos keluvchi, xalq ma’naviy ehtiyojini ifodalovchi yangicha sog’lom turmush tarzi xususiyatlarini tarbiyalab, voyaga yetkazish zaruriyati paydo bo’ldi. CHunki yoshlar ongini o’zgartirmasdan, uni erkin va ozod Vatan istiqbolini belgilovchi qarashlar bilan qurollantirmasdan turib xalqimiz intellektual salohiyatidan yangi ijtimoiy tuzum hamda vazifalar yo’lida foydalanib bo’lmas edi. SHu boisdan «Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o’z yaqinlariga mehribonlikni tanlagan yo’li – kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. YAngicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir»11. Bu sharoitda yoshlardagi tashabbus va g’ayrat, sabr-toqat va matonat, shijoat va ijodkorlik tuyg’ularini qo’llab-quvvatlash, yangi tafakkurni rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega. YUrtimizda uzoq yillar davomida qaror topib kelgan va shakllangan axloqiy-estetik tasavvurlar, ma’naviy ko’nikmalarni yoshlar ruhiyatida tiklash va yangi zamon talablari asosida rivojlantirish katta ijtimoiy muammoga aylandi. SHu tarzda mustaqil O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish davridagi «siyosatda ham, ijtimoiy hayotda ham, fanda ham vakkuum – bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak»,12 degan g’oya ilgari surildi. Jamiyat taraqqiyoti va yosh avlod dunyoqarashi, ma’naviyati, sog’lom tafakkurini vayronkor g’oyalar ta’siridan saqlab qolish muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo’yildi.

Bunday vazifa o’qituvchi va tarbiyachilarning tajribasi, bilim va malakasi orqaligina bolalarda nafaqat tabiiy fanlarni chuqur o’zlashtirish, shuningdek, tarixni bilish, mamlakat tabiati va jamiyatdagi voqea-hodisalarga insonparvarlik mezonlari orqali munosabatda bo’lish salohiyatlari ham shakllanib, rivojlanib boradi.

I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlariday, yosh bolaning miyasi, ongi nimani o’ziga singdira oladi, nimani qabul qilmaydi? Bolalarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o’rgatish, chuqur anglatish mumkin?

Mana shunga o’xshash ijtimoiy muammolar kun tartibida turgan bir paytda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ini ishlab chiqilishi mamlakatimiz va xalqimiz tarixida juda katta voqea bo’ldi.

Umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlar orasidan axloq va odob, estetika, psixologiya va san’at, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini o’tadigan fanlar yetarli o’rin olmaganligi, darsliklarning bugungi kun talabiga javob bermasligi ko’rsatildi. Eski mafkura asosida yozilgan darsliklar bolalarning yangicha tafakkur egalari bo’lib shakllanishiga to’sqinlik qilardi. SHuning uchun «darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg’or namunalarini aks etishi»13 talab qilindi va keyingi yillarda shunga erishila boshlandi.

Zamonaviy yoshlar buyuk ma’naviyat va sharqona komillik an’analarining vorislaridir. Ularni mustaqillik g’oyalari asosida axloqiy tarbiyani shakllantirish va rivojlantirish komil inson konsepsiyasida katta ahamiyatga ega.

Umuman olganda, O’zbekistonda axloqiy tarbiyaning yangicha dunyoqarashga asoslangan jihatlari yoshlarning ijtimoiy hayotda zamonaviy bilim va tajribaga ega bo’lishiga, mehnatga va ma’naviy muhitga xolisona yondoshishga, har bir sohada olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishiga qaratilgan.

Bizga ma’lumki mamlakatimiz aholisining qariyib 60 % ini yoshlar tashkil qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalash eng dolzarb masaladir. Bu jarayonda integratsiya, xususan ma’naviy-axloqiylikda integratsiyaning roli kattaligi ahamiyatlidir. Hozirgi davrda o’quvchilarning axloqiy tarbiyasini shakllanishida odobnoma fanlarning roli beqiyosdir. O’quvchilarning mustaqil fikrlashi, atrofda bo’layotgan voqea hodisalardan to’g’ri xabardor bo’lishi, ya’ni olamdagi vujudga kelayotgan muammolar va ularning hal etilishi jarayoniga qiziqishi, shuning bilan birga o’zi ham shu tizimli jarayonda ongli ravishda ishtirok etishi ma’naviy barkamol, yetuk shaxs sifatida shakllanayotganligidan dalolat beradi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot, odamlar dunyoqarashining o’zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzot hayotiga ta’siri, davlatlar va xalqlar o’rtasida o’zaro birlashishga intilishi kuchaymoqda. Ayni vaqtda milliy xususiyatlar va ma’naviy merosni saqlab qolish tamoyillari ham yaqqol sezilmoqda».14 Bu esa konvergensiya (lotincha converge-yaqinlashish, o’xshashlik)15 tamoyiliga asoslangan bo’lib, integratsiyalashuv jarayonidir.

Odobnoma fanlardan dars o’tish jarayonida ko’rgazmali qurollar, ta’lim-tarbiyaning ilg’or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o’qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish lozim. Darslarni olib borishda boshlang’ich sinf o’quvchilarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish, mavzuning tushuncha tamoyillarini sharhlashda hayotiy misollar, bugungi dunyoda ro’y berayotgan voqea-hodisalar tahlilidan, internet va matbuot materiallaridan keng foydalanish yaxshi samara beradi. Bu jarayon yoshlarning hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi, g’oyaviy-mafkuraviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlari kengayotgan bir vaqtda yangicha dunyoqarashi shakllanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Globallashuv borasida xalqimizda vatanparvarlik, insonparvarlik va o’z-o’zini anglash tuyg’ularini saqlab qolish ham mafkuraviy jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Prezidentimizning 2005 yil 28-dekabr kuni yoshlar shaharchasida o’tkazgan uchrashuvida ham asosiy e’tiborni yoshlarda yangicha dunyoqarashni, tafakkurni shakllantirish hamda yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash eng zaruriy vazifa ekanligiga qaratildi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Bizning maqsadimiz mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat».16

O’quvchilar faolligining oshib borishi, ularda yangicha dunyoqarashning shakllanib borishida ma’naviyat ularni jipslashtiruvchi, taraqqiyotga yo’naltiruvchi, ularning imon-e’tiqodini mustahkam qilib, yirik bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda ma’naviyat integrativ omil bo’lib xizmat qiladi.

O’quvchilarda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish uzoq tarixiy taraqqiyot bilan uzviylikda hamda bugungi kun jahon xalqlari voqeligi bilan hamohang tarzda amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlamoq zarur. O’quvchilar ongi va tafakkurini zamonaviy g’oyalar bilan qurollantirish eng avvalo, bozor munosabatlariga xos tafakkurni tarbiyalash muhim. O’zining insonparvarlik tamoyillariga boy bo’lgan “o’zbek mentaliteti bozor munosabatlari hamda hozirgi zamon informatsion intellektual texnologiyalarining ustuvorligi davrida yana qanday muhim xususiyatlarga ega bo’lish zarur? O’zgarayotgan zamon va yangilanayotgan makon dunyo xalqlari fe’l-atvori tizimida miya faolligi, sa’y-harakatlarda tezkorlik, topqirlik va ayni chog’da farosat, muammolarni hamkorlik asosida hal etish xususiyatlarini rivoj topishini taqozo etmoqda”17.

SHunday ekan, yosh-yoshlarning milliy mentalitetida keng ko’lamli dunyoqarashni tarbiyalashda ta’lim muassasalari, ijtimoiy institutlar, o’zini-o’zi boshqaruvchi jamoat tashkilotlarining faoliyatini kuchaytirish, har bir sohada integratsiyalashuvning zamonaviyligiga e’tiborni qaratish joizdir.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin