Navoiy davlat pedagogika instituti


Mahallalarda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda maktab, oila va jamoatchilik hamkorliki



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/6
tarix07.03.2017
ölçüsü0,52 Mb.
#10591
1   2   3   4   5   6

2.2. Mahallalarda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda maktab, oila va jamoatchilik hamkorliki.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” ning 4- bo`lim 6- bandida “Muassasa tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo- sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini o`z ichiga oluvchi vasiylik va ko`zatuv jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi” deb belgilab berilgan.

O`zaro hamkorlik ishlarini boshlash uchun joylarda o`z tarkibiga mahallalar faollari, obro`li ota-onalardan, o`quv- tarbiya muassasalarining tajribali hodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilotlarning hodimlaridan iborat muofiqlantiruvchi jamoatchilik kengashlari to`zilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o`z zimmasiga olgan vazifalardan kelib- chiqib, o`z tzrkibida turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlari to`zishi mumkin. Jamoatchilik kengashi ma`lum bir muddatga mo`ljallangan ish dasturini to`zish va uni mahalla yig`inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo`ladi.

Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o`z faoliyati to`g`risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug`ulgandsa o`quv- tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot , korxona va idoralarining ta`lim- tarbiya yo`zasidan olib borayotgan ishlari to`g`risida hisobotlarni tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Kengash tashabbusi bilan biron – bir dolzarb mavzuda favqulotda mahalla yig`inlari, o`quv- tarbiya muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqazarur tadbirlar tashkil qilib o`tkazilishi mumkin.

Kengash o`tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslaxatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vasitalarida yoritadi. Kengash yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda mahalla , maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarni mahalla hududidagi o`quv – tarbiya muassasalari, tashkilot va idoralari ishi rejalashtiriliushi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatliligini ta`minlaydi. Ushbu kengashlar maktab, tuman, shahar va viloyat miqyosida tashkil qilinishi va kengash a`zolarining barcha davlat va nodavlat tashkilotlariga, jamg`armalariga, jamoatchilik markazlariga va turli tashkilotlarga o`z vakolatlari doirasida murojaat qilishlariga imkoniyat yaratrilishi kengash vazifalarini tezkorlik bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Ta`lim va tarbiya sohasiga e`tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko`rsatmalarni samarasi bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyati o`ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo`1ishi zarur.

O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlarga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko`rgazmali,ta`sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo`nda , estetik jihatdan keng ko`lamli bo`lishi kerak. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari “Sog`lom avlod uchun”, “Ota- onangga rahmat”, “Odobingga balli”, “Sog` tanda sog`lom aql”, “Mehr chashmasi”, “Qizlar ibosi”, “Bir yigitga qirq hunar ham oz”, “O`g`lim posponim” , “Hayot – ustoz, halq- muallim”, “O`zbekiston Vatanim manim !”, “Milliy burch va mas`uliyat “, “Oila saboqlari”, “Oila etikasi”, “Oila tinch – mahalla tinch”, “Mustaqil hayot bo`sag`asida”, “Askarlik – yigitlik maktabi”, “Oila baxti- Vatan baxti”, “Sportchi oila”, “Oilamiz ohanglari”, “Vatan ostonadan boshlanadi”, “Biz kimmiz” kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.

Axloqiy fazilatlar kishining tarbiyali ekanligini ko'rsatadi go’zallikni oshiruvchi qimmatli sifatli bo'lgan axloqiy fazilat barcha inson uchun kerakdir.

Axloqiy fazilatlar - vatanga, tilga urf odatga, tarixga, kelajak munosabatlarda kishilarning qilgan hatti harakatlarida, qoidalariga namoyon bo'ladi.

Milliy o’zlikni anglashva milliy qadriyatkor tushunchasi shu qadar chuqur o’yg’unlashib ketganki, ularni bir – biridan ajratib,olgan holda talqin qilish nihoyatda qiyin ishdir. Milliy o’zlikni anglash tarkibida milliy qadriyatlar bilan bog’liq na’analar mihim o’rin tutadi.Ular orasida din bilan bog’liq qadriyatlar milliy an’analarimiz ruhiyatimizda ko’zda ko’rinarli o’rin tutadi.Chunki mehr – oqibat, mehr – shavqat, Insoniylik odob va yoshlik, sabr – taqatlilik, ma’naviy barkamollik,ruhiy sog’lomlik singari Milliy va umuminsoniy fazilatlarni ma’naviy ildizlarini oiladan boshlab, bolalar ongiga singdirib borish haqidagi qarashlar o’z aksini topgan.Oilada yoshlarni axloqiy tarbisini shakllantirish ularda fuqarolik burchini, milliy o’zlikni anglash,ota onaga bo’lgan hurmat va qadriyatlarga rioya qilgan holda demokratik jamiyat qurishga o’z hissasini qo’shish hissini tarbiyalashdi.Ular oilada yoshlarni o’z – o’zini kamol toptirishga, o’z imkoniyatlariniishga solib aniq maqsad bilan yashashga, o’zining huquq va erkinliklarini har tomonlama anglashga amaliy yordam beradi.

Oilada yoshlarni axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismi ya’ni milliy qadriyatlar, urf – odatlar, an’analar vositasida shaxsning o’zligini anglashda adolat halollik va poklik o’z vijdoni, iymoni, e’tiqodi oldida o’zining ichki menligini ifoda etuvchi ma’naviy his – tuyg’ularini shakllantirib tarbiyalash o’zbek oilalariga milliy xususiyatdir.

O’zbek oilalarida qadim – qadimdan milliy qadriyatlarga asoslangan,ibo, hayo, andisha, or - nomus, halol–poklik, mehr muhabbat, mehr – oqibatga amal qiluvchi amal qiluvchi axloq qoidalari milliy xususiyatlarimiz shaklida ongimizga singib, avloddan – avlodga o’tib kelayotgan xarakter xislatlarmizdir. Mustaqilligimiz bizdagi qadriyatlar, urf-odatlar,an’analarimizda o’z aksini topgan milliy, madaniy,ma’naviy axloqiy fazilatlarimizni o’zida mujassamlashtira olgan o’zligimizni anglash imkonini berdi.

Sharqona urf-odatlarimizning o'zbek xonadonlaridagi noyob xususiyatlaridan biri - qizlar tarbiyasidir. Azal-azaldan qizlar tarbiyasi bilan momo, onalarimiz shug'ullanganligini biz yaxshi bilamiz, biroq, davrlar o'tib, o'zgarib onalarning ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etilishi munosabati bilan oilalardagi ta'lim-tarbiya jarayonida ayrim salbiy xususiyatlar paydo bo'ldi. Lekin aslida ota-ona munosabatlari oiiada ijtimoiy sog'lom muhit yaratib na'munaii tarbiya maskaniga aylanmog'i juda muhim hisoblanadi.

Qizlarni yoshligidan hayoli, iffatli, har ishda tadbirkor, oila a'zolari va yaqinlariga mehr-oqibatli bo' lib voyaga etishishida oila chinakam tarbiya o' chog' i bo" lib xizmat qiladi.

Demak, milliy qadriyatlar ulug'langan, tarbiya izchil olib borilgan oiiada yetuk farzandlar, korkam xulq egasi bo'lgan o'g'il- qizlar kamolga yetishishi shak-shubhasizdir.

O'zbek milliy mentalitetida oilaning buyuk qadriyat ekanligini e'tiborga olib, uning mustahkamligi va sofligini saqlab qolish barchamizning muqaddas

burchimizdir va ana shu burchni yos avlodga ota-ona, keksa avlod jamoatchi tashkilotlar, ziyolila tomonidan tushuntira olish hozirgi dav talabidir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65 va 66-moddalarida ham alohida to'xtalib, ahamiyat berilgani fikrimizg dalil bo'la oladi.

Ma'lumki, jamiyat madaniyatsi ma'naviy axloqiy qadriyatlarsiz yasha olmaydi. Bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ma'naviy merosimizni chuqur o'rganish hamd rivojlantirishdir. Chunki mustaqill sharofati ila milliy qadriyatlarim tiklanib, dunyoviy va diniy bilimlarga ega bo'lish uchun barcha imkoniyatla eshigi ochildi. Shunday ekan, borada oila, ayollar mahalla maktab, jamoatchilik tashkilotlar hamkorlikda o`z faoliyatlar samaradorligini oshirishlari darkor.

Biz bugungi kunda yoshlar ongiga axloqiy tarbiyani singdirishning mohiyatai dolzarbligini juda yaxshi bilamiz. B, borada onalarimiz oilaning ma'naviy axloqiy ko'zgusi, bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatuvchi katta kuch hisoblanadi. Shunday ekan, oila sog'lom, ezgu maqsadlar sari jamiyat taraqqiyotida, talim-tarbiya maskanlari hamkorligida yosh avlod ongi, ruhida g'oyaviy bo'shliq paydo bo'lishiga yo'l qoymasligi uchun kurashmog'i zarur. Kelajagi buyuk davlat qurishga kirishgan xalqimiz uchun o'z tarixini, fidoyi insonlar hayotini mukammal o'rganishi ular ma'naviyatining, ma'rifatining kuchli bo'lishida asosiy omildir. Demak, yoshlar qalbida mehr-muruwat, himmat, qayg'urish, bir-biriga izzat-ikrom, ehtirom hislarini tarbiyalashda oila, ota-onalar, ayollar, jamoatchi tashkilotlar ta'siri beqiyosdir. Ya'ni har bir shaxsning ma'naviy kamoloti ijtimoiy muhit, yashash sharoitlari, mehnat va turmush tarzi, boshqalar bilan munosabatda bo'lishi negizida shakllanadi va mustahkamlanadi. Millatning o'zligini anglashi, qadr-qimmati, ahilligi, yurtda tinchlik va osoyishtalikning qaror topishi, ijtimoiy munosabatlarning o'zaro hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishi ma'naviyat mezonlari sanaladi. Darhaqiqat, bugungi demokratik sharoitda mustaqillik sharofatini qadrlab, uning mohiyatiga yanada chuqurroq yetmoq uchun oila manfaati jamiyat manfaatiga mos kelsa, ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Ya'ni, oilada sog'lom ehtiyojni yo`zaga keltirsak, oila a'zolari rejasi va maqsadi Vatan, xalq kelajagini bunyod etishga xizmat qilishiga aminmiz. Zero, oila urf-odatlarni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi umriboqiy qadriyatlardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Chunki oila ijtimoiy institut sifatida tarixiy davrlar xususiyatlarini o'zida qamrab olganki, bunda har bir shaxs undagi udum, odatlar evaziga ma'naviy, ma'rifiy bilimlarga ega bo'lishi va bu tabiiy ehtiyojga aylanmog'i darkor.

Mustaqillik yillaridan boshlab milliy qadriyatlarni tiklash, uni rivojlantirish millatning o'z-o'zini anglashi, milliy g'ururni shakllantirish, vatanparvarlikni tarbiyalash bilan o`zviy tarzda amalga oshirilmoqda. Shuning uchun bugungi kunda har bir oila o'z muqaddas qadriyatlarini e'zozlab, undan o'rinli foydalansa, bu qutlug` dargoh ajoyib tarbiya maskani bola oladi. Zero, bunday oilalar farzandlarining davr talabiga binoan yurtimiz kelajagi porloq va obod bo'lishiga xizmat qilishiga hech qanday shak-shubha yo'qdir.

O’zbek halqida asrlar davomida shakllangan, avlodan- avlodga bebaho meros sifatida o’tib kelayotgan urf-odatlarimizning o’quvchilar tarbiyasida ahamiyati juda beqiyosdir. Masalan har bir kishi salom berish, ota-onani qadrlash, kattalarga hurmat, yoshlarga mehr-shafqat,mehmondo’stlik, chanqagan odamga suv, keksalarga joy berish, qo’l yuvmoqchi bo’lgan kishining qo’liga suv qo’yish, sochiq tutush, bemorlarni borib ko’rish,keksalarga yordam berish kabi urf-odatlarimiz bor. Bola tarbiyasida oilaning o’rni katta.Har bir oilaning oilaviy qadriyatlari, urf-odatlari axloq va odob qoidalari mavjud. Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz oilada, keyinchalik esa bu qadriyatlar bog’chada va maktabda o`zluksiz ravishda olib boriladi.O’zbek milliy urf-odatlarimizni kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ongida shakllantirish juda muhimdir.

Chunki insonning ma’lum bir xarakterli inson bo’lib yetishishida yoshlikdagi olingan tarbiya juda muhim rol o’ynaydi. Inson hayotining keyingi davrlaridagi olingan tarbiya esa uning xarakteriga kam ta’sir qiladi.

Hadislarimizda yoshlikda olingan bilim,toshga o’yilgan naqshdir deb bejizga aytilmagan. Bizning yoshlarimiz eng avvalo ma’naviy yetuk bo’lishlari lozim. Bir-birlarini hurmat qilishi ko’cha-kuyda uchraganda albatta salom berishlari kerak. Bular muqaddas hadislarda ham aytilgan:- Salom berib kirmagan odamni ho`zuringizga qo’ymanglar!. Yoshlar,odamlar bir-birlariga nega salom berishlarini tushunib yetishlari kerak. Arabchada” Assalomu alaykum “ degan so’z, sizga, oilangizga tinchlik, omonlik,totuvlik tilayman degani.Biz o’qituvchilar iloji boricha o’quvchilarga har bir urf-odatimizni,ma’naviy qadriyatlarimizni hayotdagi misollar bilan tushuntirsak,ularda qiziqish ortadi. . Rivojlangan mamlakatlardan biri Yaponiyada bola maktabga borganda birinchi o’quv yilida faqatgina axloq va odob qoidalari urf-odatlar o`zining milliy qadriyatlari o’rgatilar ekan.

Bizda ham mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin milliy, tarixiy meroslar, urf-odatlar, qadriyatlarga asoslangan tarbiyaga ehtiyoj tobora sezilmoqda.Chunki shu paytgacha ayrim sabablarga ko’ra ko’r-ko’rona g’arb madaniyatiga sajda qilib o’zimiznikini chetga surib qo’ygan,sal bo’lmasa o’zimizni, o’zligimizni,tilimizni, madaniyatimizni, urf-odatlarmizni unutayozgan,yo’qotayozgan edik. Ana shulardan kelib chiqib maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bugungi kunda o’quvchilarga axloqiy tarbiya berishda milliylikka asoslangan yangicha g’oyalarni kashf etishi ish faoliyatida mahorat bilan yondashishi lozimdir.

Biz pedagogika fanidan olgan nazariy bilimlarimizni kelajakda amaliyotda qo’llab,o’quvchilar ongiga singdirishda tarbiya jarayonidagi turli metodlardan foydalanib,milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni ya’ni o’zbek xalqimizning madaniyati, ota-bobolarimizning axloqiy sifatlarini, go’zal xulqi, rivoyat va xalq og’zaki ijodiyoti,ertaklardan, xalq pedagogikasi namunalaridan,”Qur’oni karim”, ”Hadisi Sharif”,”Al-Adab al-Mufrad”,”Qutadg’u bilig”,”Avesto”,”Kalila va Dimna”, ”Qobusnoma” ,”Odobnoma” kabi qator ilm sarshashmalaridan o’rinli foydalansak maqsadga muvofiq bo’ladi.

Biz bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy ongini o’stirib, o’z milliy g’ururlarimizni anglatib tarbiyalasak, albatta O’zbekistonning kelajagi buyuk davlat bo’ladi.Buyuk davlatni esa o’z vatanini sevadigan, yuksak madaniyatli,o’z millatidan g’ururlanadigan kishilarsiz tasavvur qilish qiyin.

O’zbekiston mustaqilligi tufayli mamlakatimiz hayotida katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanmoqda.

O’zbek xalqining milliy urf-odatlari, ayniqsa ma’naviyatimizning asosi bo’lgan insoniy fazilatlar qayta tiklanmoqda. Bizning o’ziga xos sharqona milliy qadriyatlarimizda insoniy fazilatlar asrlar davomida ulug’lanib, bugungi kungacha davom etib kelmoqda.Bunday qadriyatlarimizdan ota-onaga bo’lgan hurmat, insonlarning bir-biriga bo’lgan samimiy munosabati, do’stlik, oilada erkak kishiga bo’lgan hurmat, sadoqat, to’g’rilik, ustozga bo’lgan hurmat, kattalarga hurmatda bo’lish, kichiklarga izzatda bo’lish va nochor kishilarga yordam berish kabi ajoyib insoniy fazilatlar ulug’lanib kelmoqda. Prezdentimiz I.A.Karimov asarlarining asl mohiyatiga e’tibor bilan qarasak insonparvarlik g’oyalari va bugungi kun hamda kelajak taqdiri haqida qayg’urgan ezgu fikrlarini bayon etgan. Yoshlar ongida milliy qadriyatlarimiz, insoniy fazilatlar, insonparvarlik g’oyalari kabi ezgu fikrlar mujassam bo’lishi kerak.

Insonparvarlik insoniy fazilatlarning ajralmas qismidir,u insonlarni e’zozlashga, qadrlashga, adolatli bo’lishga, saxiy mehnatsevar bo’lishga undaydi.

Insonparvarlik, yakka – yolg’iz faxriylarga,nogironlarga, serfarzand oilalarga, ko’makka muhtoj boshqa fuqorolarga hurmat – e’tibor va xayr – saxovat ko’rsatishi bugungi O’zbekistonda davlat miqyosidagi an’analar safidan mustahkam joy olmoqda.

Yurtboshimiz Islom karimovning ta’kidlashicha:

“Insonparvarlik – bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir.

shafqatsizlik va zo’ravonlik uning tabiatiga yotdir. Bizning xalqimiz o’zining voqealarga boy ko’p ming yillik tarixi davomida ko’p narsalarni boshidan kechirdi – madaniyat,ilm – fan, o’z davlatchiligi yutuqlari nashidasini surdi,o’zaro nizolar,begonalar asorati alamini tortdi,eng yaxshi o’g’il – qizlaridan judo bo’ldi.Lekin tarixning o’yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog’ tushirolmadi. O’zbek oilasida bugungi kunda yaxshilik va yorug’lik, bolalarga mehr,kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg’usiga hamdardlik mujassamlashgandir.

O’qituvchilik faoliyatini eng murakkab tamonlaridan biri ota-onalar bilan umumiy til topa bilish, ularning xurmatiga sazovar bo’lish, hamkorlikda bola tarbiyasi bilan shug’illanishdir. O’qituvchi, sinf rahbari,mehribon tarbiyachidir. Maktabning boshlang’ich sinflaridagi muhim xususiyatlardan biri qadrdon o’qituvchi rahbarligida to’rt yil hamkor, hamdard bo’lib qolishdir. Shu sababdan boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ota-onalar jamoasi bilan ishlashi ham o’ziga xos xuxusiyatga ega.

Yosh ota-onalarda farzandlarini maktabga tayyorlash malakalari yetarli bo’lmaydi shu sababli o’qituvchi ,,Birinchi sinf o’qituvchisi’’, ,,Yosh ota-onalarga esdalik’’larini tavsiya etishi talabga muvofiqdir.

Bu ish shaklidan maqsad ota-onaning maktab oldidagi burchini anglatish,ota-onaning maktab oldidagi pedagog,tarbiyachilikfaoliyatini faollashtirishdir.

Yosh ota-onalar uchun esdalik. Har bir inson farzand ko’rish va uni voyaga etib borishini ko’zlab ish tutayotgan ekan, Ollohga hamdu sanolar aytib,bu buyuk ne’matning qadriga yeta bilishi lozim.Bu ne’mat bolaning ilm maskani-maktabga birinchi qadamidir.

G’ulomiddin ,,Ta’limi soniy’’risolasida:,,Ilm demak jon.Ilm demak hayot(tiriklik) demak.Ilm demak madaniyat,din odobiga sabab demak’’,deb yozgan edi. Bas, shunday ekan ota-ona birinchi farzandining axloqiy tarbiyalanganlik darajasi me’yorda bo’lishi uchun nimalar qilishi kerak:

1.O’qituvchi muqaddas siymo.U sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab,obro’-e’tiborini oshiring.

2. Sinf va maktabjamoasining ta’limiy tarbiyviy tadbirlarda faol qatnashib,taklif va mulohozalaringizni ayting.

3.Bolangizga nima yaxshi, nima yomon ekanligini uqtirib, sharqona rasm-rusum,udum an’analarimizdan uni xabardor qilsangiz,o’qiuvchiga ko’makdosh bo’lgan bo’lar edingiz.

4. Bolangizning o’quv ishlariga yordam berib boring. Uyga beriladigangan topshiriqlarni bajarishda u hozircha sizning yordamingizga muhtojdir.

5. Bolangizda maktab,sinf,o’qituvchi va o’rtoqlari haqida yaxshi fikr uyg’oting,chunki birinchi sinf o’quvchisini maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab holatdir.

6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatiga munosabatini ko`zatib so’rab boring. Bunday suhbatda,,yaxshi’’, ,,juda yaxshi’’, ,,marhamat’’, rahmat’’, ,,baraka top’’kabi sehrli so’zlarni topib ayting. Nojo’ya harakatlar sodir bo’lgan bo’lsa, “Chakka ish bo’libdi’’, “men kutmagan edim’’ kabilarni ishlatishni unutmang.

7. Ota-ona maktabning yaqin yordamchisi, ko’makdoshi bo’lishi,o’z farzandining kamolini o’ylab yashashi kerak.



Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi

Har bir o’quv yilining boshida o’tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy,nazariy,ma’naviy va metodik jihatdan mazmundor tashkil qila bilish,ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib,doimiy qatnashuvchi bo’lishiga zamin hozirlaydi.Bunday majlis o’qituvchidan ko’p bilim va mahorat talab etadi.

Undagi masalalar yo`zasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak.Bular:

- Har bir oila a’zosi va uning shart -sharoiti haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish;



  1. Oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitining soz yoki nosozligini aniqlash;

  2. Har bir o’quvchi shaxsi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish;

  3. Oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.

Birinchi majlisni o’tkazishdan oldin o’qituvchining tayyorgarligi:

1.Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash;

2.Majlis o’tkazadigan joyni jihozlash;

3.Majlis o’tkazish metodini tanlash, suhbat, tushuntirish;

4.Maktab tarixi va kelajakdagi istiqboli haqida qisqa ma’lumot tayyorlash;

5.Donolar bisotidan foydalanish kabilar.

Ma’naviyat darsida o`quvchilarga "Ota-ona ulug` zot" mavzuini yoritishda ota-onani norozi qilganning ahvoli yomon bo`lishini "Ona qarg`ishi" rivoyatini misol qilib gapirib berish mumkin.

"Ona qarg`ishi" rivoyatining qisqacha mazmuni: Bir mushtipar, ko`zi ojiz qolgan onaning bir o`g`li bo`lib, ona o`z o`g`lining qaramog`ida bo`ladi. Kunlardan bir kun o`g`il o`z onasiga shu kungacha xizmat qilganini aytib, onani vaqtincha tashlab, haj qilgani borishni aytadi. Onaizor qanchalik qarshilik qilmasin, o`g`liga yolg`iz tashlab ketmasligini yalinib so`ramasin, o`g`il baribir ona bilan xayrlashib ko`chaga qadam bosayotganda ona: "Iloyim meni yolg`iz tashlab ketganing uchun, borgan joyingda quruq tuhmatga uchragin" — deb alam dardida qarag`ab yuboradi. Bola uyidan ketib, uzoq yo`l yurib, bir qishloqqa yetib keladi, qorong`u tushub qolgani va tunashga joyi bo`lmagani uchun mahaliy masjidga kirib nomoz o`qish va tonggacha u yerda qolishni rejalashtiradi. Shu kecha qishloqdagi bir xonadonga o`g`ri tushadi. Uy egalari uyg`onib ketadi va o`g`ri qo`lidagi barcha narsalarni olib, qochib ketayotib to`g`ri masjidga kirib, o`g`irlangan mollarni namoz o`qib turgan musofir yigitning yoniga qo`yib, o`zi oynadan sakrab qochib qoladi. Xonadon egalari o`g`rini ortidan quvlab kelayotgani, uning masjidga kirganini ko`radilar va borib qarasalar, o`g`irlangan molni namoz o`qiyotgan yigit yonidan topadi.Yigitni ushlab, do’pposlab, ertasiga to’g’ri qozining oldiga olib kelishadi. Xonadon egasi musofir yigitni o’g’rilik qilib, namoz o’qiyotgandan shikoyat qiladi, unga qattik jazo berishni talab qiladi. Qozi shunday xulosa chiqaradi: o’g’rilik qilgani uchun yigitning 2 qo’lini kestiradi, yugurib masjidga kirgani uchun 2 oyog`ini xam kesadilar. Yigitning tana qismi qoladi. SHunda qozi xalqqa murojaat qilib: "Birovning uyiga og`irlikka tushganning axvolini ko`rib quyinglara-a" — deydi. Musofir yigit esa, qozining gapiga qoshimcha qilib: "O`g`rilik qilganning emas, onani norozi qilib, uning qarg`ishiga uchragan odamning axvolini ko`rib qo`yinglar"—deb, olamdan o`tadi,

Rivoyat mazmunini yoshlarga tushuntirgandan so`ng ularni ikki guruxga bo`lib munozara ham qilish mumkin. Bu bilan "Guruh munozarasi"va kichik guruhlarda ishlash usulidan foydalaniladi. Agar, ushbu rivoyatni ukuvchilarga obrazlarni rollarga bulib, uzlarini saxnada jonli ijro ettirsalar, unda "Rolli, saxna kurinishi" usulidan foydalanilgan buladi.

Ushbu rivoyatning mazmunini xar bir ukuvchilarda uz fikrlarini birin-ketin, batafsil surash orkali "Aqliy hujum", "Muayyan holat, vaziyatni urganish", "Nuqtai-nazaring bo`lsin" usullaridan ijobiy foydalaniladi.

Xulosa shuki, kasb-hunar kolleji o`quvchilarida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda turli tarbiviy tadbirlar usullaridan foidalangan holda tashkil etish, amaliyotda o`zining ijobiy natijasini beradi.

Tarbiya jarayonida o`zbek xalqining milliy-ma`naviy merosiga, an`analariga sharqona milliy qadriyatlarga tayangan holda ish ko`rishni nazarda tutadi.

Axloqiy tarbiyada izchillik, tizimlilik - tarbiyaviy ta`sirlarning uyg’unligi va uzluksizligi qoidasi o`quvchilarga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishda izchillikka rioya qilishni, o`quvchiga birdaniga juda ko`p talab qo`ymaslikni, tarbiyada maktab oila, jamoatchilik talabining bir xil bo`lishini talab qiladi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilari ongida axloqiy tarbiyani shakllantirishda hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Oilada, ta’lim-tarbiya maskanlarida ijobiy muhit, qat'iy tartib, ayniqsa ta'lim-tarbiya jarayoni har jihatdan mukammal bo`lsa, unda kamol topayotgan avlodlar kelajagi ularning ota-onalari kutganidan ham nurafshon bo'lajak. Mustaqil Vatanimiz istiqboli uchun esa ana shunday barkamol avlod albatta kerak.



«Yosh vatanparvarlar»

Ma’naviy-ma’rifiy jamoatchilik uyushmasining

Nizomi

Bu tashkilot o`quvchi-yoshlari o`rtasida tuziladi. Tashkilotga o’qishga va yaxshi xulqqa ega bo’lgan, o`zini mustayil Vatan farzandi deb hisoblagan, jamoatchilik ishlariga bopshalarga o’rnak bo’la oladigan, Vatanini chin dilidan sevuvchi o`quvchi-yoshlar qabul qilinadilar. Yoshlar tashkiloti o`z ramzlariga ega bo’ladi:

1. Ko’krak nishoni sakkiz qirrali yulduzcha va uning ichki qismida O`zbekiston Respublikasi gerbi bor.

2. Timsoli—O`zbekiston aks ettirilgan xaritaning kichik namunasi. Uning chekkasida «Yosh vatanparvar» yozuvi bor. «Yosh vatanparvar» tashkilotining shiori:

«Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak!»

Umumiu qoidalar

1. «Yosh vatanparvar» tashkiloti o`quvchilarning ko’ngilli, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy jamoatchilik tashkiloti xisoblanib, ular millatidan kat’iy nazar, O`zbekiston farzandiman degan o`quvchi-yoshlarni ixtiyoriy birlashtiradigan o`z-o`zini boshkdrish tashkilotidir.

2. Tashkilot O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar asosida O`zbekiston Respublikasi yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jamoatchilik birlashmalari bilan birgalikda o`quvchi-yoshlarni Vatanimizning sodiq, farzandlari etib tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida faoliyat ko’rsatadi.

3. Tashkilotning ish yuritishi O`zbekiston Respub-likasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida (28-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin