Hayvonlar va insonlarpsixikasining o‘xshashligi va farqlari
YUqori darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miya po‘stloqlari rivojlanadi, ular turli xil retseptorlardan kelayotgan signallarga javob berish xususiyatlariga egadirlar, yuqori darajada rivojlangan sut emizuvchilar xatti-harakatning murakkab shakllarini bajara oladilar. Bu insonlar va hayvonlar o‘rtasidagi farqlar yo‘qoladi degan holatlarni berishi mumkin, hayvonlardagi intellektual xatti-harakatlar ularda aql bor, degan taxminlarga olib kelishi mumkin. Bu tushunchalar xato hisoblanib, inson va hayvonlar o‘rtasida bir qator tafovutlar mavjud.
Hayvonlarning xatti-harakatlarida instinktiv biologik xulq-atvor etakchilik qiladi, ularda biologik motivlar mavjud. Ular biologik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan xatti-harakat hisoblanadi. Hayvonlar biologik ehtiyojlardan tashqariga chiqa olmaydilar. Ulardagi har qanday faoliyat albatta instinktlar asosida amalga oshiriladi. Insonlarxatti-harakatlarining 10tadan 9tasi maqsadga qaratilmagan faoliyatga yo‘naltiriladi. Demak, birinchi farq – hayvonlarning xatti-harakatlari instinktiv xatti-harakatlar chegarasidan chiqmaydi.
Insonlar ham, hayvonlar ham mehnat qiladilar. Biroq hayvonlar foydalangan mehnat qurollarini saqlab qo‘ymaydilar. Insonlar esa mehnat qurollarini saqlab qo‘yib, ularni takomillashtiradilar. Hayvonlarda abstrakt ko‘rgazmali vaziyatlar mavjud emas, tashqi vaziyatlardan kelib chiqqan holda mehnat qurollaridan foydalanishlari mumkin, biroq mehnat qurollarini tashlab ketaveradilar. Hayvonlar bir mehnat qurolidan ikkinchisini yasay olmaydilar. Uch yoshli bolaga boshqa mehnat qurollaridan qanday foydalanishni ko‘rsatsalar, bola darhol bu harakatni qaytarishi mumkin, hayvonlarda esa bu holat kuzatilmaydi. Hayvonlar uchun buyumlar ma’lum bir vaziyatlardagina ahamiyat kasb etishi mumkin.
Hayvonlarning xatti-harakatlari aniq vaziyatlarga asoslangan bo‘ladi, ular insonlarga o‘xshab vaziyatlarni mavhumlashtirmaydilar. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin. Gollandiyalik psixologBoytendayk tomonidan quyidagi qonuniyat o‘rganilgan. Hayvonlarning oldiga bankalar qatori qo‘yilgan bo‘lib,ulardan bittasida ozuqa bo‘lgan. Hayvon ozuqani qaysi bankaga qo‘yilganini ko‘rgan. U ozuqani olib istemol qilgan. Ikkinchi tajribada ozuqa ikkinchi bankaga qo‘yilgan. Hayvonlar oldin birinchi bankani, so‘ngra ikkinchisini ochib ko‘rishgan, ular butun tajriba davomida oldin birinchi bankani so‘ngra keyingi bankani ochib ozuqani ola boshlagan. Insonda esa keyingi bankaga qaratilgan faoliyat mavjud bo‘lgan. Ikki yarim yashar inson bolasi ham shu tajribani aniq bajara olgan. Demak, hayvonlarning xatti-harakatlari faqat idrok etilgan holatlarga yo‘naltirilgan bo‘lar ekan.
Agar hayvonlarning xatti-harakatlarida faqat ikkita omil mavjud bo‘lsa, insonlar xatti-harakatlariga yana bir holat qo‘shiladi, bu hayvonlarda mavjud emas, hayvonlar nasliy xatti-harakat va shaxsiy tajribalariga suyansalar, insonlarda yana boshqa omillar ham mavjud. Insonlar jamoaviy tajribalarga ham suyanishlari mumkin, ular boshqa insonning tajribalariga ham tayanadilar. Bu ijtimoiy tajriba hayvonlarda kuzatilmaydi.
Hayvonlar tashqi shart-sharoitlarga moslashadilar, insonlar esa tashqi sharoitlarni o‘zlariga moslashtiradilar.
Hayvonlarda faqat ma’lum bir shart-sharoitlardagina hamkorlikdagi faoliyat amalga oshiriladi, insonlardagi faoliyatlarning hammasi hamkorlikdagi faoliyat bilan bog‘langan.
Insonning psixik faoliyati hayvonlarning psixik faoliyatidan tubdan farq qiladi. Insonning xatti-harakati faqatgina biologik motiv va biologik ehtiyojlar asosida kechmaydi. Ularda ma’naviy ehtiyojlar ham mavjud. Hayvonlardan farqli ravishda inson o‘z oldiga maqsad qo‘ya oladi. Inson qanchalik och bo‘lmasin,xom mahsulotlarni iste’mol qilmaydi.
O‘qish, mehnat faoliyatini inson ongli ravishda amalga oshiradi. Demak, inson bir faoliyatni bajarishdan oldin o‘ziga maqsad qo‘yadi va shu maqsad sari intiladi. Demak, birinchi psixik farqlardan biri inson o‘z ehtiyojlaridan tashqari oldiga maqsad qo‘ya oladi. Ikkinchi psixikfarq inson va hayvonlarning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlaridir. Masalan, sayrga chiqqan vaqtda inson o‘z faoliyatini boshqaradi va shunga qarab harakat qiladi. Inson hatto qattiq chanqagan vaqtda ham ariqdagi iflos suvni iste’mol qilmaydi. Inson qonuniyatlarni tahlil qiladi. Uchinchi psixik farq u boshqa insonlar tajribasiga tayanishi mumkin. Inson o‘z faoliyatini rejalashtirish xususiyatiga egadir. Insonning xatti-harakatlari quyidagi nazariyalarga tayangan holda kechadi.
Birinchi nazariya.Ong insonning ichki xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan jarayondir. Shu bilan u hayvonlardan farqlanadi. Dekartning fikriga ko‘ra hayvonlar mexanizmga o‘xshaydilar, ular tabiat qonunlariga tayangan holda yashaydilar, inson esa ma’naviy mavjudot, u aql qonunlari asosida yashaydi.
Ikkinchi nazariya. Ongning vujudga kelishi bu dialogik nazariya hisoblanadi. Bu nazariyada ongni hayvonlarning evolyusiyasidan chiqarishga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rsatish yaqqol aks etgan. Inson hayvonlardan ijtimoiy jamoada yashayotganligi bilan farqlanadi. Insonning faoliyatida mehnatdan va mehnat qurollaridan foydalanish vujudga kelishi bilan inson faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlagan. Oldin mehnat qurollari oddiy tosh, cho‘p hisoblangan bo‘lsa, ma’lum vaqt o‘tib, ular takomillashtirilgan va rivojlantirilgan. Insonning mehnati hech qachon yakka holda amalga oshmagan, ular jamiyatda birgalikda faoliyat qilishlari bilan hayvonlarning xatti–harakatlaridan farqlanadilar.
Dostları ilə paylaş: |